Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
Luboba degan bir kishi bor edi. Qurayza yahudlari bilan ul kishi ilgaridan beri aloqalik 
edi. Yahudlar shul kishini so‘rashib, Rasulullohga yana kishi yubordilar. 
Bu ishga Rasululloh ruxsat qilgandan so‘ngra, uni (Abu Lubobani) ko‘rishib xotun-bolalari 
ovoz chiqarib yig‘lay boshladilar. Alarg‘a bek og‘rinib rahmi keldi. So‘ngra Abu 
Lubobadan yahudlar maslahat so‘rashib aytdilarkim: 
— Ey Abu Luboba, Muhammadning hukmiga shartsiz tushib borsak qandoq bo‘lur ekan? 
— Ha, yaxshi bo‘lur, — deb u qo‘lini bo‘g‘ziga qo‘yib, o‘limga ishorat qildi. Ya’ni, 
Rasulullohning hukmiga shartsiz taslim bo‘lib, tushar bo‘lsangiz, barchangizni o‘limga 
hukm qilg‘ay degan mazmunni anglatdi. Bu esa Xudo va aning Rasuliga xiyonat qilmoq 
edi. Bu haqda o‘zi uchun oyat nozil bo‘lishidan qo‘rqib, Rasulullohga ko‘rinmay qochib, 
Madinaga keldi. 
Masjid ustunlaridan biriga o‘zini mahkam bog‘latib, qo‘l-oyoqlariga zanjir soldirdi. YOz 
mavsumi bo‘lib, kunning nihoyat isigan vaqti edi. Tavbasi qabul bo‘lgunchalik yemasga, 
ichmasga va shu azob bilan o‘lishga deb qattiq qasam qildi. 
Bu ishdan Rasulullohning xabarlari yo‘q edi. Keyin xabar topib aytdilarkim: «Agar to‘g‘ri 
oldimga kelgan bo‘lsa, Xudodan tilab gunohini kechirar edim. Endi o‘zicha bu ishni 
qilmishdur, tavbasi qabul bo‘lib, Xudodan ruxsat kelmaguncha unin qo‘l-oyog‘ini 
yechmagayman». 
Shunday bo‘lib, Abu Luboba olti kecha-kunduz masjid ustunida bog‘lanib yotdi. Har 
namoz vaqti kirdi ersa, xotini kelib, qo‘l-oyog‘ini bo‘shatur edi. Namozdan keyin yana 
burungidek bog‘lab ketar edi. Kunning issig‘ligi, o‘zi bog‘langan bo‘lib, ochlik-chan-
qoqlik, uyqusizlikdan oxiri esi og‘ib, yiqildi. Shu chog‘da oyat nozil bo‘ldi va aning 
tavbasi qabul bo‘ldi. 
«Asallohu an yatuba alayhim, innalloha g‘afurur rahiym», ya’ni: «Alloh taolo alarning 
tavbalarini qabul qilar vaqti yetdi, albatta, Alloh taolo bandalarining gunohlarini 
Kechirguvchi va alarga Mehribondur», demakdur. 
Bu oyat nozil bo‘lgan chog‘da, sahar vaqti edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam 
onamiz Ummu Salamaning uyida edilar. Rasululloh suyunganlaridan kuldilar. Onamiz 
Ummu Salama: 
— Yo Rasulalloh, Xudo sizni kuldirdi, nimaga kulursiz? 
Anda Rasululloh: 
— Abu Lubobaning tavbasi qabul bo‘ldi, shunga suyunganimdan kulurman, — dedilar. 
Anda onamiz Ummu Salama: 
— Yo Rasulalloh, andoq ersa, Abu Lubobaga suyunchilik bu xabarni yetkazaylik, — 
dedilar. 
— Ha, tezroq yetkizgil, mo‘minni suyuntirmak yaxshi ishdur, — dedilar Payg‘ambarimiz. 
Suyungudek ishlar bo‘lsa, mo‘minlar bir-birlarini suyuntirmoq, suyunchilamoq mana 
shundan qoldi. 
So‘ngra onamiz Ummu Salama: 
— Ey Abu Luboba, senga muborak bo‘lsin, tavbang qabul bo‘ldi, — deb qichqirdilar. Buni 
anglagan sahobalar har tomondin yugurishib kelib, qo‘l-oyog‘ini bo‘shatmoqchi 
bo‘lganlarida, ul: 
— Rasulullohdin boshqa kishi meni yechmagay, — deb qasam qildi. Buni anglab, 
Payg‘ambarimiz o‘zlari kelib bo‘shatdilar. 
Shundoq bo‘lib, Qurayza qal’asining qamali bir oycha cho‘zildi. Qo‘rg‘on tagida birinchi 
safda Hazrati Ali, Zubayr ibn Avvom boshliq bir bo‘luk jonfido mo‘minlar hujumga 
hozirlanmoqda edilar. Shu chog‘da Hazrati Ali qichqirib aytdikim: 
— Ey mo‘minlar, olg‘a yuringlar. Alloh haqqi, Uhud urushida Hamza ichgan shahodat 
sharbatini ichgayman yoki bu kun shu qal’ani olg‘ayman. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin