Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
odamlardin o‘rtaga yarashchilar tushdi. Undog‘ ulug‘ ish ustida Baytulloh oldida nohaq 
qon to‘kishdin saqlanaylik, deb o‘zlari insofga keldilar. Oqil orachilarning ko‘rsatishlari ila 
Bani Shayba darvozasidin kim ilgari kirsa, shuning hukmiga hammamiz rozi bo‘laylik, 
deb qaror chiqardilar. 
Shul kuni Payg‘ambarimiz kelmagan bo‘lib, bu voqeadin xabarlari yo‘q edi. Shu orada u 
kishi darvozadin kirib keldilar. Buni ko‘rgan Quraysh xalqi hammalari bir og‘izdan ajab 
yaxshi ish bo‘ldi, chin so‘zlik, ishonchlik kishimiz Muhammad Amin keldi, buning 
hukmiga barchamiz rozimiz, deyishdilar. Payg‘ambarimiz bu ishning tubiga tushungandin 
keyin yelkalaridagi ridolarini yerga yozib, Hajarul asvadni ridoga soldilar, o‘n bir urug‘ 
Qurayshdin bir kishidin kelsin, Bani Hoshim urug‘idin mana men bo‘ldim, Hajarul asvadni 
hammamiz barobar ko‘tarib, o‘rniga qo‘yaylik, deb o‘n birlari barobar ko‘tardilar. O‘z 
joyiga yetkazganlarida Payg‘ambarimiz qo‘llari bilan o‘rnashtirib qo‘ydilar. Shuning bilan 
o‘tga suv sepgandek fitna bosildi. Payg‘ambarimizning bu qilgan tadbirlariga, mundoq 
aql topganlariga barchalari rozi bo‘lishib, ofarin qilishdilar. Bu tadbirlari bilan qancha 
odamlarni nohaq qonlari to‘kilishidin saqlandi. Shundoq bo‘lib, bu voqea ham ziyonsiz 
o‘tdi. 
Endi Payg‘ambarimizning yoshlari qirqqa yaqinlashdi, vahiy kelishiga olti oy chamasi 
qolganda har turli yaxshi tushlarni ko‘rar edilar. Qandoq tush ko‘rsalar, hech o‘zgarmay, 
shundoq kelur edi. 
Endi bu joyda tushning haqiqati nima ekanligini o‘quvchilarga tushuntirishni lozim 
topdim. Chunki tush ko‘rishning ko‘p chuqur haqiqati bordur. Agar buni yaxshi tushunib 
bilsa, bu bizga ko‘rinib turgan tabiat olamining ustida yana bir haqiqat olamining 
borligini bildiradur. Buning bilan Xudoning borliq birligi, payg‘ambarlar so‘zlarining haq 
rostligiga yo‘l ochiladur. Endi bilmak kerakkim, insonning haqiqiy ruhi (joni) fan olimlari
tabiat olimlarining deganlaridek qondin chiqqan bir quvvat emas, balki din olimlarining 
ulug‘ rahbarlari, payg‘ambarlar aytganlaridek, tabiat usti — haqiqat olamidin Xudo amri 
bilan inson vujudiga vaqtlik qo‘yilgan omonat bir gavhardur. Mana bu ruh qondin paydo 
bo‘lgan ruh bilan bek qattiq aloqalik bo‘lib, Xudo hikmati bilan shu parda ostiga 
yashiringanlikdin, insonlar ahli parda ostidagi asrorga yetisholmaydi. Chunki tabiat 
olamining ichidagi sirlarni tekshirishda fikr maydoni har qancha keng bo‘lsa ham, ammo 
tabiat olamidan ustungi diniy masalalarda payg‘ambarlarning rahbarligi ostidagina yo‘l 
topilmasa, yolg‘iz aql bilan haqiqatni topish imkondin tashqaridur. Shuning uchun bu 
haqda rahbarlik qilish uchun payg‘ambarlarni yubordi. Mana, inson haqiqati shu 
gavhardur. Bu gavhar azaliy emas, abadiydur. Ya’ni, bu ruh ilgari yo‘q edi, keyin 
yaratildi, demakdur. Endi u yo‘qolmay mangu yashaydi. Har inson o‘lgandin keyin, uning 
ruhi dunyodagi qilmishiga qarab, qilgan amaliga loyiqlab belgilangan joyda, yaxshi bo‘lsa 
rohatda, yomon bo‘lsa mehnatda (mashaqqatda) turadur. Payg‘ambarimizning: «Inson 
qabri jannat bo‘stonlaridin bir bo‘ston yoki do‘zax chuqurlaridin bir chuqurdur», degan 
so‘zlarining asli haqiqati shuldur. Qiyomat kuni Alloh taolo insonlarni shu ruh bilan 
tirgizur. Qur’oni karimdagi: «Va yas’alunaka anir-ruhi, qulir ruhu min amri robbiy» 
oyatining ma’nosi: «Ey Muhammad, ruhning haqiqatini sendin so‘raydilar, sen aytgin, 
ruh Allohning amridin paydo bo‘lgandur». Mana shundin ham insonning shu ruhi 
muroddur. Bu ruhning esa arvoh olami ila aloqasi bordur. Arvoh olami deb, farishtalar 
olamini ayturlar. U ruhning asli vatani tabiat olami ustidagi farishtalar olamidur. Boshqa 
hayvonlardin insonlarning farqi shu ruh orqali bo‘lur. Ilmiy taraqqiyotlar, ijodiy fikrlar 
hammasi shu ruh natijasidur. Endi insonning tush ko‘rishi shuki, uxlagan chog‘ida shu 
ruh tan xizmatidin bo‘shanib, yuqorigi o‘z olamiga sayr qilib chiqqay. Dunyoda 
bo‘ladigan hodisalarning ma’lumoti tamomi ila ul joyda bordur. Inson ruhi shu dunyoda 
bo‘ladurgan ba’zi voqealarni ul joyda ko‘rgay. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin