Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


G‘OLIB IBN ABDULLOH CHOPULI



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

G‘OLIB IBN ABDULLOH CHOPULI  
Shu yilning Safar oyida G‘olib ibn Abdullohni bosh qilib Banil Mulavvih qabilasi ustiga 
askar yubordilar. Madinadan chiqib Kadid degan joyga kelganlarida Islomga qarshi 
qabila raislaridan Horis ibn Molik degan kishi yo‘liqib qolib, uni asir oldilar. Bu kishi ersa 
Rasulullohning eng qattiq dushmanlaridan edi. Qo‘lga tushgandan so‘ng o‘zini qutqarish 
uchun: «Musulmon bo‘lish niyati bilan Rasulullohni ziyorat qilgani chiqqan edim» dedi.  
Anda G‘olib ibn Abdulloh aytdi:  
— Agar bu so‘zing rost bo‘lsa, biror kun bizga bandi bo‘lib turar ersang, senga hech 
zarari yo‘qdur, balki savob topgaysan. Agar bu so‘z bilan joningni qutqazmoqchi 
bo‘lsang, qo‘limizda tutqun turishing biz uchun yaxshiroqdur, — dedi.  
So‘ngra uning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, ustiga bir kishini qorovul qo‘yib: «Agar qarshilik qilar 
ekan, boshini kesgil», deb buyurdi. Shunday qilib yurib o‘ltirib bir toqqa kelib yetdilar. 
Shu tog‘ni oshib o‘tsalar, dushman ustiga tushilur edi. Tog‘ tubida to‘xtashib, Jundub ibn 
Makis degan kishini dushmandan xabar olib kelmakka yubordilar. Bu kishi ersa kechki 
paytda dushman ishini payqamoq uchun tog‘ ustiga chiqib, qorni bilan uzala tushib 
yotdi. 
Shu chog‘da dushmanlarning birovi chodiridan chiqib kelib edi, ko‘zi tog‘ ustiga tushdi. 
Anda xotinini chaqirib:  
— Tog‘ boshida kishi qorasi ko‘rinur. Bunday narsa ertalab yo‘q edi. Idish-oyoq degan 
narsalaringni yo‘qlab ko‘rgilchi yana itlar sudrab ketib tog‘ ustiga chiqarib tashlagan 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
bo‘lsa, ko‘ringan narsa o‘shal bo‘lgay, — dedi. Xotini qarasa uy ichida hech narsa 
yo‘qolmabdur.  
Anda xotinning eri:  
— Bu ko‘ringan narsa kishi bo‘lg‘ay, mening ikki o‘q bilan sadog‘imni keltur-chi, — dedi.  
Xotin o‘q-yoyini keltirib edi, qorani ko‘zlab nishonga otdi. Otgan o‘qi adashmay to‘g‘ri 
kelib, yotgan kishiga bo‘yni aralash tegdi. Lekin bu odam erlik qilib qimirlasam bilib 
qolmasun deb, joyidan qo‘zg‘olmadi. So‘ngra ortidan yana bir o‘q uzdi, bunisi ham 
adashmay kelib ikki yelka orasiga qadaldi. 
So‘ngra u xotiniga qarab:  
— Bu ikki o‘q bilan poylagan joyimni xato qilmay urdim, bu ko‘ringan narsa agar jonlik 
bo‘lganda, qimirlagan bo‘lur edi. Men dushman josusimi deb o‘ylagan edim, unday emas 
ekan. Ertalab turganingda bu otgan o‘qlarimni keltirib qo‘ygil, it g‘ajilab qo‘ymasin, — 
deb chodirga kirib yotdi.  
Islom tingchisi tun qorong‘usida yaralarini bog‘lab, askar ustiga keldi. Bo‘lgan ishni 
alarga bildirib edi, barchalari undan rozi bo‘ldilar. Shu bilan dushmanlarni g‘aflatga 
bostirib qo‘yib, sahar vaqti yetganda birdaniga ular ustiga hujum qildilar. Qarshilik 
ko‘rsatganlari o‘ldirildi, qolganlari esa har yoqqa tarqalib qochishdi. Borlik mol-
hayvonlarini o‘ljaga olib yo‘lga tushdilar. Tarqoq yotgan qabila xalqi buni anglashgandan 
so‘ngra yig‘ilishib orqalaridan quvishib chiqdilar. Ularning soni esa musulmonlardan bir 
necha barobar ortiq edi. Ikki askar bir-birlariga yaqinlashib keldilar. O‘rtada bir soy 
qolmish edi. Shu payt havo buzildi, qattiq jala quyib, sel yog‘ib, soy suvga to‘ldi. Shu 
bilan sel haybatidan dushmanlar suvni kechib o‘tishga jur’at qilolmadilar. Musulmonlar 
o‘lja mollarini haydashganicha sog‘-salomat Madinaga kirib keldilar. 
Askar boshlig‘i G‘olib ibn Abdullohni bu safarda qilgan xizmati Rasulullohga ko‘p yoqmish 
edi. Urush ishlarida uning ko‘rsatgan ustaligini Rasulullohga maqtadilar. Buni anglagach, 
uni ikki yuz kishiga boshliq qilib, Bani Murra qabilasiga hujum qilishga buyurdilar. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin