Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
253
bosgan qadamlarini qayoqqa qo‘yishini bilmay, dunyoning eng bilimdon siyosatchilari 
ham hayronlikda qoldilar. Hozircha kema teshilib, suv boshdan oshdi. Endi ishning orti 
qanday bo‘lur, Alloh o‘zi anglamasa, boshqa chorasi yo‘qdur. 
TABUK G‘AZOTI 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan kelib, sakkiz oylik tinchlik bilan Madinada 
turdilar. So‘ngra Rum podshosi Qaysar Hiraql sonsiz ko‘p askar yig‘ib Madina ustiga 
yurish qilmoqchi bo‘libdur, yana nasoro arablaridan Lahm, Juzom, G‘asson qabilalari 
ham ularga qo‘shilib, bularning oldingi askari Balqo’ shahriga kelib qolmish, degan 
xabarlar Rasulullohga yetdi. Va bu xabarlar xalq o‘rtasida ham keng tarqaldi. 
Rasulullohning odatlari ersa, Allohdan vahiy kelmagan ishlarda sahobalar bilan maslahat 
qilur edilar. Agar dushman ustiga safar qilmoqchi bo‘lsalar, yo‘llarini yashirib, kun 
chiqish ersa kun botishga, deb xalqqa bildurur edilar. Bir qabila ustiga yurish bo‘lar 
ekan, uning teskari tomonidagi ikkinchi qabilani anglatur edilar. Rasulullohning bunday 
qilishlari o‘z ummatlari uchun yo‘l ko‘rsatish edi. 
Islom shariatida yolg‘on gapirish, aldash xalqaro muomala ishlarida harom qilingan 
bo‘lsa ham, urush kunlarida o‘rni kelar ekan hiyla ishlatish payg‘ambarimizning siyosiy 
sunnatlaridan hisoblanur. Buzuqni tuzuk qilguvchi yolg‘on so‘zlar, tuzukni buzguvchi chin 
so‘zdan albatta yaxshidur. 
Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu safarda u odatlarini qo‘yib, qaysi yoqqa 
kimlar ustiga borishlarini xalq ichida ochiq aytdilar. Aning uchunkim, yo‘l yiroq, havo 
issiq, dushman kuchlik edi. Safar jamalg‘asini shunga qarab qilish kerak edi. Har 
tomonga jarchilar yuborib, butun qabilalarni qurol ostiga chaqirdilar. Boylar esa 
chog‘aylarni ta’min qilishga, bor kishilar yo‘qlarga yordam qilishga, safarning kerak 
yarog‘ini, yo‘lning oziq-ovqatini to‘liqlamakka buyurdilar. Bu yo‘lni boy kishilarga 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari yurib tashviqot qildilar. Chunki bu g‘azotlari 
payg‘ambarlik davri — yigirma uch yil ichida bo‘lib o‘tgan g‘azotlarning eng og‘iri edi. 
Hazrati Abu Bakr Siddiqning to‘rt ming tangaga yetarlik boyliklari bor ekan, hammasini 
Rasululloh oldilariga keltirib qo‘yganlarida: 
— Oilang uchun qancha qoldirding? — deb so‘rab edilar: 
— Allohni, Allohning payg‘ambarini qoldirdim,— dedilar. 
Hazrati Umar ersa borlik boyligini teng yarmini keltirdi. 
— Uyingda nima qoldi? — dedilar. 
— Shul kelturganimning yarmini qo‘ydim, Yo Rasulalloh, — dedilar. 
Sahobalar ichida Hazrati Usmondan oshgan boy kishi yo‘q edi. Ul to‘qqiz yuz tuya, yuz 
ot, o‘n ming tanga oltin aqcha yordamga keltirdi. Ot-tuyalarni butun 
saymonjabduqlarigacha tayyorlagan edilar. Buni ko‘rib Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: 
— Ey boro Xudoyo, men Usmondan rozi bo‘ldim, sen undan rozi bo‘lgaysan, — deb duo 
qildilar. 
Yana ansor sahobalardan Osim ibn Adiy degan kishi yetmish tuyaga yuk bo‘lgulik xurmo 
keltirdi. 
Muhojir sahobalardan Abdurrahmon ibn Avf yuz uqiya kumush yordam qildi. Bulardan 
bo‘lak ansor-muhojirlarning boy kishilaridan yordam qilmagan hech kim qolmadi. Bu 
ulug‘ ehsondan xotinlar ham quruq qolgilari kelmay, osingan-taqingan oltin-kumush 
ziynatlaridan ko‘p narsalarini yordamga berdilar. Shu bilan askarning oldi-orqasi yig‘ilib 
safar saymoni tugallandi. Bu safargi qo‘shinning son-sanog‘i haqida rivoyatlar turlikcha 
bo‘lsa ham, har holda ellik mingdan kam emas edi. Bularning o‘n mingdan ortiqrog‘i otliq 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin