Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
264
edi, askardan qolishga Yo Rasulalloh», dedilar. Bularga ham Ka’bga qilgandek so‘z 
qildilar. Negakim askarlikdan qochish Islom qonunida eng ulug‘ gunohlardan 
hisoblanadur. 
Munofiqlardan va boshqalardan bo‘lib, bu safardan qolgan kishilarning soni saksondan 
ziyodroq edi. Ularning yuzaki uzrlarini qabul qildilar. Bularning ishini ersa, Alloh hukmiga 
qo‘ydilar. Buning sababi shul erdikim, bu uchovlari ulug‘ sahobalardan bo‘lib, biror 
to‘g‘rida diyonatlariga gumon tushmagan edi. Qur’on hukmida jihod safaridan uzrsiz, 
sababsiz qolmoq tarki farz qilmoqdur. Bu ersa ulug‘ gunohlardin sanalur. Shu uchun 
Rasululloh bularga hech kimsa so‘z qilmasin, salom bermasin, deb amr qildilar. Bu 
buyruq chiqqach, yer usti ularga tor bo‘lib, hech joyga sig‘madilar. Bularning ikkovi 
yoshi ulug‘ kishilar edi. Uylaridan chiqolmay yig‘lashib o‘ltirishdi. Ka’b ibn Molik uyda 
o‘ltirishga chidayolmay, ko‘cha aylanib, bozorga chiqib yurar edi. Lekin unga uchragan 
kishilar ersa teskari qarashib, salomlashmay o‘tar edilar. Bu qiyinchilik bilan qirq kun 
o‘tkazdilar. Qirqinchi kuni bo‘lganida Rasulullohdan bir kishi kelib: «Hukm shuldurkim, 
xotinlaringizdan yiroq turgaysiz», dedi. 
Yana o‘n kun xotinlaridan ham ajrab boshqa turishdi. Bularning qayg‘ulik tunlari ersa 
ellik kunga to‘ldi. 
Ka’b ibn Molikning Abu Qatoda degan sahoba qarindoshlaridan bo‘lur edi. Bu ikkovi 
orasida do‘stlik aloqasi kuchlik edi. Bir kuni yolg‘izlikka chidayolmay, nima ish qilishini 
bilmay zerikkanlikdan ham qarindoshi, do‘sti Abu Qatodaning bog‘iga bordi. Qarasa, bog‘ 
eshigi ichidan berkitilmish ekan. Tomdan oshib tushib, uning ustiga kirgach, salom 
berdi. Ul qaradi-yu, ammo salomiga javob bermadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bularga hech kim gapirmasin, degan edilar. Buni ko‘rib Ka’b: 
— Ey Abu Qatoda, men Rasulullohni do‘st tutishimni sen bilarmiding, Xudo haqqi 
aytsang-chi! — dedi. 
Ul indamadi. Xudo haqqi, deb uch qayta qasam qilib so‘rasa ham indamagach, 
xafalikdan yorilib ketgudek bo‘lib yig‘laganicha qaytib ketdi. Hech joyga sig‘masdan 
bozor aylanib yurib edi, shu orada qarasa, Shomdan kelgan bir savdogar nitbiy 
(nubiyalik): 
— Ka’b ibn Molikni menga ko‘rsatib qo‘yinglar,— deb so‘rog‘lab yurganini ko‘rdi. 
Kishilar uni ko‘rsatgach, nitbiy yonidan bir xat chiqarib berdi. O‘qib qarasa, G‘asson 
qabilasining podshosi nasoro arablaridan Islom dushmani Horis ibn Abu Shimrdan kelgan 
xat ekan. Unda shunday yozilmish edi: «Menim eshitishimcha, Muhammad senga jafo 
qilmishdur, xorlik ko‘rgan joyda Xudo turg‘ulik qilmasin. Xatni olishing bilan bizga yetish 
chorasini qilgil, yaxshilik ko‘rursan». Buni anglagach, bu ham menga ortiqcha balo 
bo‘lmasin, deb u xatni kuydirib tashladi. 
Hazrati Ka’b hikoya qilurkim: «Shunday bo‘lib, Rasulullohning suhbatlaridan ajrab, 
buning ustiga xalqqa aralasha olmay, g‘am-qayg‘u bilan ellik kunni o‘tkazdik. Bir kuni 
bomdod namozini tom ustida o‘qib, g‘am-g‘ussaga botgan holda yig‘lab o‘ltirib edim. 
Salh tog‘ining tepasidan turib bir kishi: 
— Ey Ka’b, suyunchi! — deb qattiq qichqirdi. 
Yiroqdan buning tovushini eshitib, bir yaxshilik vaqti keldi, deb suyunganimdan darhol 
turib, Allohga shukr sajdasini qildim. Shu kuni bomdod namozida Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam tavbamiz qabul bo‘lganligini bildirmish ekanlar. Bu xushxabarni bizga 
yetkizmak uchun bir kishi ot choptirib kelibdur. Yana bir kishi tog‘ ustidan qattiq 
qichqirib ekandur. Muning tovushi ilgariroq eshitilibdur. Qichqirgan kishini ko‘rib, borlik 
kiyimlarini aning suyunchisiga berib, o‘zim yalang‘och qoldim. Qo‘shnilarimdan kiyishga 
omonat kiyim olib, Rasululloh ziyoratlariga keldim. Kishilar to‘p-to‘p oldimdan qarshi 
chiqishib, meni tabrikladilar. To‘g‘ri kelib Rasulullohga salom berdim. Muborak yuzlari 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin