Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
265
suyunganlaridan kulib yaltirab ketgan edi. 
— Ey Ka’b, senga bashorat bo‘lg‘aykim, tug‘ilgan kuningdan buyon bunday yaxshilik 
yuzini ko‘rmagandirsan, tavbang qabul bo‘ldi, — dedilar. 
— Bu iltifot sizdanmi, Yo Allohdanmi? — deb so‘radim. 
— Yo‘q, bu ish mendan emas, balki Allohdan bo‘ldi,— dedilar. 
Anda Ka’b aytdi: 
— Muning shukronasiga butun molimni Xudo yo‘liga sadaqa qilurman. 
— Yo‘q, ozrog‘ini sadaqa qil, qolgani bo‘lsa, o‘zingda tursin, shundoq qilganing 
yaxshiroqdur, — dedilar. 
Hazrat Ka’b: 
— Yo Rasulalloh, men sizga rost so‘zlaganim uchun bu yaxshilikka yetdim. Endigi 
qolmish umrimda, yolg‘onga yaqin kelmaslikka, chin so‘zdin boshqani gapirmaslikka ahd 
qildim, — dedi. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu uchovlarini tavbalari qabul bo‘lishi 
haqida kelgan Tavba surasidagi shu oyatni unga o‘qib berdilar: 
«Va ala salosatillazina, xullifu hatta iza zoqat alayhimul arzu bima rahubat va zoqat 
alayhim anfusuhum va zannu alla maljaa minallohi illa ilayhi summa toba alayhim, 
liyatubu innalloha huvattavvabur-rohim». Ya’ni: «Tabuk g‘azotidan qolg‘on uch kishiga 
ham Alloh tavba nasib qildi. Ular ersa xafalikdan shu holga kelganlar ediki, yer yuzi shu 
kengligi bilan ularga tor bo‘ldi, g‘am-g‘ussaning ko‘pligidan o‘z joylariga ham o‘zlari 
sig‘madi. Bildilarkim, Allohdan o‘zga sig‘inarlik hech o‘rin yo‘qdur. So‘ngra bular qilgan 
gunohlariga tavba qildilar. Alloh taolo tavbalarini qabul qildi. Shu uchunkim, ul Alloh 
tavba qabul qilguvchi bek mehribondur». 
Yuqorida qissalari o‘tgan shu uch kishidan boshqa madinalik sahobalardan yana o‘n ikki 
kishi uzrsiz, ruxsatsiz bu g‘azotga chiqmasdan Madinada qolishgan edi. Bulardan yetti 
kishi Rasululloh bilan qanday ko‘rishishlarini bilisha olmay, oxiri o‘zlarini masjid 
ustunlariga bog‘lashdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga ko‘zlari tushdi 
ersa: «Anavilar kimlar?» deb so‘radilar. 
— Yo Rasulalloh, Abu Luboba va uning yo‘ldoshlaridur. Siz bilan safarga chiqolmay 
qolganlari uchun pushaymon bo‘lishib, masjid ustunlariga o‘zlarini bog‘labdurlar. 
Allohdan gunohlarini so‘rab, sizdan afv o‘tinadilar, — deyishdi. 
Anda Rasululloh: 
— Qasam qilurmankim, ularni Alloh o‘zi bo‘shatmaguncha, men bo‘shatmaydurman. 
Keltirgan uzrlarini qabul qilmaydurman. Chunki ular dunYo rohatini meni suhbatimdan 
ortiqroq ko‘rdilar. Mo’minlar bilan g‘azotga chiqishdan bosh tortdilar, — dedilar. 
Rasululloh so‘zlari ularga yetgach, qattiq qayg‘urishib: 
— Alloh gunohimizni kechib, o‘zi bo‘shatmaguncha hech vaqt biz ham o‘zimizni 
bo‘shatmaymiz, shu bog‘langanimizcha Allohdan umid qilib turamiz, — deb aytishdi. 
So‘ngra ular haqida Alloh taolodan bu oyat keldi: 
«Va axaruna’tarafu bizunubihim xalatu amalan solihan va axara sayyian asallohu an 
yatuba alayhim innalloha g‘afurur-rohim». Ya’ni, «Ulardan boshqalari ham qilgan 
gunohlariga iqror bo‘lishib o‘kindilar, yaxshilik ishlari ham bor edi, bu yomon ishni ham 
qildilar, yorlaqovchi rahmlik mehribon Xudo bularning ham gunohlarini kechirgusidir». 
Tanbeh (eslatma): Kishi bir gunoh ishni qilgandan keyin, uning yomonlig‘ini ko‘ngli sezib 
pushaymon bo‘lar ekan, albatta bu ish mo’minlikning belgisidur. Chunki dilida iymoni bor 
kishi bir gunohni qilib qo‘ysa, ortidan unga pushaymon qilishi aniqdur. 
Alloh saqlasin, har qancha gunoh ishlarni qilsa ham parvoyiga kelmasa, uning 
yomonligini ko‘ngli sezmay, balki undan lazzatlansa, bunday odamning ko‘ngliga iymon 
nuri aslo kirmagandur, yoki kirgan bo‘lsa ham u chirog‘ o‘chganligining ochiq alomatidur. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin