www.ziyouz.com kutubxonasi
268
sababdan Rasulullohga buning hasadi qo‘zg‘almish edi. Hasaddin chiqmish dushmanlik
o‘ti o‘z egasini kuydirib, kul qilmaguncha undan qutulish yo‘qdur. Bu baxtsiz kishi Xudo
yondirgan chirog‘ni o‘chirmoqchi bo‘lib, Rasulullohga doim dushmanlik qilur edi.
Shundog‘ bo‘lsa ham ulug‘ axloqqa ega bo‘lgan Rahmatan lilolamin unga Allohdan tavfiq
tilar edilar. Azaliy baxtsizlik uni o‘rab olgan ekan, yillab oldida yonib turgan, yer-ko‘kni
yoritgan nuri Muhammadiydan bu bechora zarrachalik ham foyda ololmay, eng oxiri
dunyodan iymonsiz o‘tdi. Bu sirning tagiga kim yetdi?
Haqiqat sirriga hech kimsa yetmas, Shariat ushlaganlar yo‘lda qolmas. Hasaddin saqla o‘zni ey birodar, Bu so‘zni aytdilar barcha Payg‘ambar. Hasad o‘ti jahannam o‘tidur bil, Ani ko‘rmay desang mundin hazar qil. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buning zohiriga qarab janozasini o‘qidilar.
Xudodan gunohini tilab, qabri ustida duo qildilar. Bundan maqsadlari ersa, uning o‘g‘li
Abdullohning ko‘nglini ko‘tarish, urug‘i Xazraj qabilasini xush qilish edi. Rasulullohning
bu ulug‘ axloqlari sharofatidan bir necha munofiqlar ko‘ngillariga iymon nuri kirib
gumonsirash balosidan qutuldilar. Shundog‘ bo‘lsa ham bundan keyin munofiqlikda yurib
tavbasiz o‘lgan kishilarga janoza o‘qilsa, qabrlari ustida turib duo qilma degan amr
bo‘lib, Tavba surasida shu oyat keldi:
«Va la tusalli ala ahadin mota abadan va la taqum ala qobrihi». Ma’nosi: «Munofiqlardan
o‘lganlar bo‘lsa, ularning hech biriga janoza o‘qima, qabri ustiga kelib turma»,
demakdur.
Shu oyat tushgandan so‘ngra munofiqlardan kim o‘lsa, unga Rasululloh janoza o‘qimas
bo‘ldilar.
Quraysh qabilasi yengilib, Makka shahri fath bo‘lgandan keyinoq Arabiston o‘lkasida
Islom dini rivojlana boshlagan edi. Uning ustiga Tavba surasida kelgan Allohning farmoni
bo‘yincha bu yildan keyin Islom diniga kirmagan Arabiston mushriklari hajga kela
olmaydigan, johiliyat odatlaricha Baytullohni ziyorat qila olmaydigan bo‘ldilar. Bu yorliq
butun Arabistonga anglangach, arablar Islomdan boshqa to‘g‘ri din yo‘qligini tushunib,
sel oqqandek bo‘lishib, Madinaga kelgani turdilar. Uzoq-yaqin Arabiston o‘lkasida
yashaydigan ko‘chmanchi qabilalardan raislari boshliq elchilar kelishga boshladi. Shu
bois bu yilni hadis, tarix kitoblarida elchilar yili deb atadilar.