Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
266
Xudo yorlaqab bu balodin qutulmas ersa, bunday kishi bir kuni cheksiz qiynovga 
qolishida hech gumon yo‘qdur. 
Aql oldida yomon bilan yaxshining, albatta, chegarasi bo‘lishi kerak. Lekin nafs—
shaytonning oldida uning chegarasi yo‘qdur. Iymon aqlga, shayton nafsga 
yo‘lboshchidur. Haqiqatda esa, inson aqli hech vaqt yomon yo‘lga yurgisi kelmaydi. 
Chunki inson aqli har bir ziyonlik narsadan uni qaytarib turguvchi Xudo tomonidan 
qo‘yilgan aning qorovulidir. Endi bu qorovul o‘z erki, kuch-qudrati, quvvati o‘zi bilan 
turgan taqdirdagina unga topshirilgan vazifani bajara oladi. Agar bu qorovul shaytonga 
yengilib, bu uni yetaklab olur ekan, u holda butun ishlar teskarisiga aylanadi. Sog‘ni 
telba, hushyorni mast yetaklaganidek bo‘ladi. Yo‘q esa asli yaratilishda nafsning bilagini 
Alloh taolo aqlga topshirgan edi. Chunki sog‘ odam boshlamasa, telba kishi qanday yo‘l 
topib yura olgay? Agar aqlga nafs yo‘lboshchilik qilsa, har ikkovi ham halok bo‘ladi. 
Endi aqlning erkin bo‘lishi, uning o‘z kuchi, o‘z sifati bilan buzilmay turishi uchun Alloh 
taolo tomonidan yuborilgan dinning qonunlariga itoat qilish, albatta, lozimdur. Agar 
shunday bo‘lmas ekan, aql oynasi zang bog‘lab o‘z safosidan ajrab, haqni botildan, 
yomonni yaxshidan farq qilolmaydi. Agar bu ikkovi o‘z chegarasidan chiqmagan 
bo‘lsalar, ul holda hech vaqt bir-birlaridan ajramaydilar. Balki shariat aqlni, aql shariatni 
har ishda tasdiqlaydi. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Yuqoridagi oyat Allohdan kelgani uchun o‘zlarini masjid 
ustunlariga bog‘lamish yetti kishining tavbalari qabul bo‘lib, barchalari bo‘shandilar. 
So‘ngra ular kelib: 
— Yo Rasulalloh, buning shukronasi uchun butun mol dunyomizni Xudo yo‘lida sadaqa 
qildik, — dedilar. 
Anda Rasululloh: 
— Bu to‘g‘rida Allohdan menga buyruq yo‘qdur, — deb qabul qilmadilar. 
Shu chog‘da Allohdan vahiy kelib, ushbu oyat tushdi: 
«Xuz min amvalihim sadaqotan tutahhiruhum va tuzakkiyhim va salli alayhim, inna 
salotaka sakanun lahum, vallohu sami’un alim». 
Ya’ni, «Bu kishilarning mollaridan sadaqa olgilkim, ularni gunohlaridan sadaqa poklaydi. 
Xayr-barakalarini ziyoda qiladi. Ularga sen duo qilg‘ilkim, sening duoying ko‘ngillariga 
orom bo‘ladi». 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabuk safaridan kelgach, tinchlik bilan Madinada 
uch oygacha turdilar. Hijratning to‘qqizinchi yili zulqa’da oyining oxirlarida Hazrati Abu 
Bakr Siddiqni shu yilgi hojilarga amir qilib, Makkatullohga yubordilar. Chunki Ibrohim 
Halilullohning zamonidan boshlab xayrli haj qilish arablarga odat bo‘lgan edi. Islomiyat 
boshlangandan keyin ham ilgarigi odatlaricha haj qilishib turdilar. 
Lekin ularning qilgan hajlarida islomiyatga to‘g‘ri kelmaydigan ishlar ko‘p edi. Shunday 
bo‘lsa ham Makka fath bo‘lguncha Rasululloh sabr qilib, Makka shahri olingandan keyin 
bu ishni bajarishga Hazrati Abu Bakr Siddiqni buyurdilar. U kishi ham uch yuz askar olib 
Makkaga yurdi. Mana shu kunlarda ersa Payg‘ambarimizga vahiy kelib, Tavba surasi 
nozil bo‘ldi. Bu surada kelgan bir necha oyatning mazmunicha musulmonlar arab 
mushriklaridan butunlay aloqani uzishga va haqqa bo‘ysunmagan mushriklar bilan jihod 
qilishga buyurilmish edi. 
Bu sura boshida: «Alloh va Allohning payg‘ambari kofirlardan, mushriklardan bezordur. 
Bular bilan hech qanday aloqa qilmanglar. Mundan keyin o‘rtanglarda hech bir to‘g‘rilik 
ahdnoma, shartnomalar tuzilmasin», degan mazmunda oyat keladi. 
Bundin so‘ng Allohning amri bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mushriklardan 
butun aloqani uzdilar. Qarshilik qiluvchilarga urush ochdilar. Haqqa bo‘ysunmagan 
mushriklar bilan jihod qilmoqqa, agar taslim bo‘lib haq yo‘lga kirmasalar, alarni 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin