Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə309/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
270
ko‘rilgandan so‘ngra noiloj bo‘lishib, uzoq-yaqin demay, nomani olib yo‘lga tushdilar. 
Endi sizlardan ersa, alar qilgandek ish bo‘lmasin, — dedilar. 
RUM PODSHOSI QAYSARGA YUBORILGAN NOMA 
Rum podshosining oti Hiraql, laqabi Qaysar edi. Rasululloh aytdilar: 
— Bu nomani Rum podshosi Qaysarga kim yetkazib topshirur, unga Alloh taolo jannat 
ato qilg‘ay. 
Buni anglagach, sahobalardan Dihyatil Kalbiy degan kishi: 
— Yo Rasulalloh, men topshirurman, — deb o‘rnidan turdi. 
Nomani olib hazrati Dihya yo‘lga tushdi. Arab yeridan o‘tib Shom tuprog‘idagi Busro 
shahriga yetdi. Bu shaharning hokimi ersa G‘asson qabilasining raisi Horis degan kishi 
edi. Nomani ko‘rib, maqsadga tushungandan keyin, hazrati Dihyaga yo‘lboshchi qilib 
Adiy ibn Hotamni qo‘shdi. Bular birgalashib Shom shahriga keldilar. Shu kunlarda 
Qaysar o‘z poytaxti Qunstantiniya shahridan Damashq shahriga kelmish edi. Bu yerdin 
Quddusi sharif ziyoratiga bormoqchi edi. Mana shu kunda nomani yetkurib keldi. 
Qarasalar, Qaysar arkon davlatlari bilan ibodat marosimlarini o‘tkazish uchun Shom 
shahrining katta kalisosiga (cherkoviga) shu kuni kelmoqchi ekandur. Buni anglab 
hazrati Dihya darhol shu joyga hozir bo‘ldi. Lekin u joydagi kishilar Dihyaga aytdilar: 
— Podshoga noma berishning tartibi bordur. Qachon Qaysarga ko‘zing tushdi ersa, 
darhol yerga bosh qo‘yib, unga sajda qilursan. Qachon u bosh ko‘tarishga ruxsat qilur 
ekan, bosh ko‘tarib nomani topshirursan. Agar shundoq bo‘lmas ekan, nomang qabul 
qilinmagay. 
Anda hazrati Dihya: 
— Men bu ishni hech vaqt qila olmagayman, chunki Allohdan o‘zgaga sajda qilmoq Islom 
dinida yo‘qdur,— dedi. 
Shu bilan hayron bo‘lib turgan chog‘da bir kishi kelib aytdi: 
— Senga bir tadbir o‘rgatay, bu shuldurki, qaysi joyga Qaysar keldi esa, shu joyga bir 
minbar keltirib qurgaylar, ul minbar ustida Injil o‘qib, va’z aytgay. Agar nomani shu 
minbar zinasiga chiqarib qo‘ya olsang, u joyga qo‘yilgan nomaga hech kim tega 
olmagay, Qaysar minbarga chiqar chog‘ida nomani o‘zi olib o‘qigay, o‘qigandan so‘ngra, 
noma keltirgan kishini o‘zi chaqirgay, bu to‘g‘rida odat shuldur, — dedi. 
Hazrati Dihya bu maslahatni xush ko‘rib, qurilgan minbar ustiga nomani chiqarib qo‘ydi. 
So‘ngra Qaysar kelib va’z aytmoq uchun minbarga chiqar vaqtida zinaga qo‘yilgan 
nomaga ko‘zi tushdi. Nomani olib, ochib qarasa, arabcha xat bilan yozilmish ekandur. 
Darhol tilmoch chaqirib, buyurdikim: «Noma yuboruvchining o‘z qavmidan kelgan 
kishilar bor ersa, darhol ularni keltiringlar. Bu to‘g‘rida alar og‘zidan so‘z so‘rab 
eshitgayman», dedi. 
Shu kunlarda Abu Sufyon boshliq bir necha Quraysh raislari tijorat uchun Shom shahriga 
kelishgan edi. Darhol alarni Qaysar huzuriga keltirdilar. Qarasalar, Qaysar boshiga toj 
kiygan, shon-shavkati bilan arkon davlatlari atrofini o‘ragan holda o‘ltiribdur. O‘z odatlari 
bo‘yincha unga ta’zim qildilar. So‘ngra Qaysar tarjimon orqalik «Payg‘ambarlik da’vosini 
qilgan kishiga sizlardan kimning nasabi yaqinroq?» deb so‘radi. 
Anda Abu Sufyon: 
— Bu o‘ltirgan kishilar ichida Muhammadga menim nasabim hammadan yaqinroqdur. 
Chunki Abdul Manof degan kishi har ikkovimizning to‘rtinchi bobomizdur. U bilan biz bir 
otaning bolalaridurmiz, — dedi. 
Qaysar bu so‘zni anglagandan so‘ngra Abu Sufyonni chorlab, o‘zining oldiga yaqin 
o‘ltirg‘izdi, qolganlarini ersa uning orqasiga turg‘izdi. So‘ngra: 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin