YIGIRMA TO‘QQIZINCHI MO’JIZA Salmon Forsiy Rasululloh bilan dastlab ko‘rishganda arabcha gapirolmas edi. Arabcha,
forscha bilgan yahudiylardan Madinada bir savdogar kishi bor edi, uni tilmochlikka
chaqirdilar. Salmon Forsiy Rasulullohni maqtab Tavrot, Injilda ko‘rgan sifatlarini bayon
qildi ersa, tarjimon yahudiyning dushmanligi qo‘zg‘aldi. So‘zni teskari aytib, Rasululloh
haqida loyiqsiz so‘zlar bildirdi. Muni anglab Rasululloh g‘amgin bo‘ldilar. Shu hollarida
Jabroil alayhissalom kelib Salmon so‘zini tarjima qildi ersa, yahudiy sharmanda bo‘lib:
— Ey Muhammad, o‘zing ersa forsiy tilga komil ekansan, tilmochlikka meni nega
chaqirding? — dedi.
Anda Rasululloh:
— Bu tilni hech bilmas edim, birodarim Jabroil shu hozirda o‘rgatdi, — dedilar.
So‘ngra yahudiy:
— Mundan ilgari sening payg‘ambar ekanligingga gumonim bor edi. Endi aniq bildim,
Tavrot, Injilda sifati yozilgan, Muso alayhissalom o‘z qavmiga topshirgan oxirzamon
payg‘ambari siz ekansiz, — deb darhol iymon keltirdi. Raziyallohu anhu.