www.ziyouz.com kutubxonasi
334
O‘TTIZ TO‘RTINCHI MO’JIZA Imom Bayhaqiy «Daloilun-nubuvva» degan kitobida shundan keltiribdur:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishini dinga da’vat qildilar. Uning bir qiz bolasi
o‘lmish edi.
U:
— Agar o‘lgan bolamni tiriltirur ersang, men senga iymon keltirayin, — dedi.
— Andog‘ ersa, uning qabrini ko‘rsatgil, — dedilar Rasululloh.
Qizning otasi qabr ustiga boshlab keldi ersa, Rasululloh:
— Ey Faloniy, — deb chaqirdilar.
— Labbayka, yo Rasulalloh, — deb javob keldi qabrdan.
— Dunyoga qaytib chiqmoqni yaxshi ko‘rurmisan? — deb Rasululloh undan so‘radilar
ersa.
Ul:
— Yo Rasulalloh, Xudo haqqi, dunyoga qaytmoqni xohlamaydurman. Ota-onamdan
Allohni yaxshi ko‘rdim, dunyodan oxirat rohatini ortiq topdim, — dedi».