www.ziyouz.com kutubxonasi
349
ELLIK BIRINCHI MO’JIZA Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabuk g‘azotiga ketayotganlarida ulug‘
sahobalardan Abu Zar G‘iforiyning mingan tuyalari charchab, yurolmay askardan ajrab
keyin qolmish edi. Bu to‘g‘rida Rasulullohga xabar qildilar ersa:
— Agar uning yaxshilikdan nasibasi bo‘lar ekan, ortimizdan yetib kelgay, — dedilar.
Tuyasi yurolmagach, Abu Zar yukini yelkasiga qo‘yib askar ortidan yo‘lga tushdi. Kun
issiq, yo‘l yurish qiyin edi. Rasululloh bir manzilga tushib edilar, yiroqdin bir kishi qorasi
ko‘rindi:
— Abu Zar bo‘lg‘ay, — dedilar.
Haqiqatan qarasalar Abu Zar ekan.
— Abu Zarni Alloh yorlaqasin, yolg‘iz yurib, yolg‘izlikda o‘lar. Qiyomatda yolg‘iz tirilgay,
— dedilar.
Hazrat Usmon xalifalik zamonlarida Abu Zar ul kishi bilan kelisha olmaganlikdan Makka
bilan Madina oralig‘idagi Rabza degan joyga surgun qilindi. U yerda qo‘shni bo‘lgudek
hech bir kishi yo‘q edi.
Rasululloh aytganlaridek Abu Zar G‘iforiy shu yerda yolg‘izlikda yashab vafot etdi,
raziyallohu anhu.