www.ziyouz.com kutubxonasi
376
xotinimdan boshqa hech kimga aytmagan edim. Senga buni Xudo bildirdi, bo‘lmasa
qaydan bilar eding? Endi musulmonligimni bildirib seni oldingda qolay desam, Makka
xalqiga bergan omonat mollarim kuyib ketarmikan deb qo‘rqaman, — dedi.
Makka fath bo‘lguncha dinini yashirincha tutib, u joyda turishga Rasululloh ruxsat
qildilar. Hazrati Abbos sakson sakkiz yoshga kirib, Madinada vafot topdilar, raziyallohu
anhu.
Muoviyadan boshlanib davlat sakson necha yil davom etgan Umaviya davlati eng oxiri
Marvon Xarga kelganda Abu Muslim Xurosoniy inqilobi orqalik yiqilib tugadi. So‘ngra
Payg‘ambarimizning amakilari Hazrati Abbos nabiralaridan Abdulloh Saffoh degan kishi
saltanat taxtiga o‘ltirib, Abbosiya davlati shundan boshlandi.
Rasulullohning amakilari ichida ochiqdan-ochiq qarshilik ko‘rsatib, dushmanlik qilgan
kishi Abu Lahab edi.
Ammo Hazrati Alining otasi Abu Tolibning Rasulullohga qilgan fidokorliklariga qaralsa,
Raxmatal- lilolaminning shafoatidan bu kishi ham quruq qolmasa kerak. Buning haqida
iymonga kirdi-kirmadi deb tekshirib o‘ltirish bizning ishimiz emasdur. Yaxshisi shulki, ul
zotga Rasululloh uchun hurmat va muhabbatimizni bildirib, boshqa tomoniga o‘tmay
sukut qilishdur.
Rasulullohning oltita ammalari ichida Zubayr ibn Avvomning onalari Safiya binti
Abdumuttalib Islomga musharraf bo‘ldi. Otika, Arvo ikkovlarining dinga kirganlari
gumonlikdur. Qolganlari ersa vahiydan ilgari o‘lgandirlar.
Payg‘ambarlarning da’vatlari yetmagan kishilar kofir yo musulmon bo‘lmaydi. Ikki
payg‘ambar orasida o‘tgan din da’vati ularga yetmagan odamlarning ham hukmlari
shudir. Qiyomatda bularning joylari jannat bilan do‘zax o‘rtasidagi «A’rof» degan o‘rinda
bo‘lishi Qur’oni karimda aytilmishdur.