www.ziyouz.com kutubxonasi
375
To‘rt yuz sakson tangaga sotib pulini Rasulullohga keltirdi. To‘y mahriga shu pulni sarf
qilib, xurmo, mayiz bilan sahobalarga nikoh to‘yi qilib berdilar. Ichiga xurmo qipig‘i
to‘lg‘izilgan bir yostiq, jundan to‘qilgan bir sholcha, qurbonlikdan qolgan bir qo‘chqor
terisi, bir dona choyishab, bir dona suv tashiydigan idish, 2 dona ko‘zacha berdilar.
Fotimani uzatganda unga qilgan asboblari shular edi. Tushirilgan uylari ichiga qum
to‘shab, shuning ustiga qo‘chqor terisini solib yotar edilar. Nikoh o‘qilgandan so‘ngra bir
kosa suv keltiringlar, deb buyurdilar. Unga «Bismillah» aytib duo o‘qigandan keyin shu
suvdan olib Hazrati Alining yuzlarini, ko‘kraklarini siladilar. Hazrati Fotimaga ham
shundoq qilganlaridan so‘ngra:
— Ey bor Xudoyo, bularga va bularning nasllariga barakot bergil, — deb duo qildilar.
Hazrati Fotimadan olti bola tug‘ildi. O‘g‘illari ersa Hasan, Husayn, Muhsin, qizlari Zaynab,
Ummu Kulsum, Ruqayya edilar. Muhsin yoshligidayoq vafot topdi. Imom Hasan, imom
Husaynlar bo‘lsa, Payg‘ambarimizning duolari shularga yetib, nasllariga Xudo baraka
berdi. Ko‘pincha aziz va avliyolar shulardan chiqdilar. Islom tuprog‘ida bu zotlarning
qadamlari yetmagan joy yo‘qdur.