Microsoft Word texnik tizimlarni boshqarish fanidan


 Rahbarlik qilishning samarali usulini tanlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/56
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#181668
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A

2. Rahbarlik qilishning samarali usulini tanlash. 
Harakat va xodisalarni rejalashtirish bosqichlarida transport yoki texnika 
xizmatlari ko’rsatish korxonaliriga mirishkorlik bilan xo’jalikka rahbarlik qilish 
usullarini tanlash katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy korxonaning menejmenti 
(rahbari) rejalashtirishning ma’lum bosqichida ishlab chiqarishning kerakli 
samaradorligiga erishish uchun boshqaruv apparatlari yordamida boshqarishni 
murakkab jarayonlarini amalga oshiradi. Boshqarish jarayonida menejment ulkan 
Mehnat, moddiy-xom ashyoviy va moliyaviy mablaglarga bosh bo’ladi. Bunda u 
kiyinchiliklardan biri-iqtisodiy xodisalarning ko’p omilligidir. Misol uchun, prof. V. 
M. Mandritsaning takidlashicha, ishlab chiqarishning rentabelligiga bir vaqtning 
o’zida 362 ta omil ta’sir qiladi, tashish tannarxiga esa-186 ta. SHu omillar orasidan 5-
7ta asosiysini ajratib olish uchun, menejment iqtisodiy-statistik, iqtisodiy-matematik 
usullar, hisoblash texnikasi va EXM sohalarida ma’lum bilimga ega bo’lishi kerak. 
Har qanday yechimni ishlab chiqish va uni qo’llash uchun korxona va uning bo’linma 
rahbarlari, ba’zi masalalarni, savollarni yechish uchun hamda Bularni xo’jalik-ishlab 
chiqarish faoliyatiga qo’llash uchun, o’z vaqtida va aniq ular faoliyatidagi 
natijalarning majmuini tahil qilish maxoratiga ega bo’lishlari lozim. Buning uchun 


52
menejment butun korxona rejasiga (davlat buyurtmasiga) asoslanib, har bir 
bo’linmalarga rejali topshiriqlar berish uchun rejaning nazorat va uslubiy ilmiy 
ishlanmasi va dalillanishi bilan ishlay bilmog’i kerak (19-chizma). 
19-chizma Javob qaytishli boshqarish. 
Har qanday iqtisodiy yoki xo’jalik masalalari bir necha usullar bilan 
yechilishi mumkin, lekin menejment o’z hodimlarining shu masalalarini yechish 
yo’llari to’g’risidagi fikirlarini bilish va umumiy manfaatga asoslanib yechim qabul 
qilishi kerak. Bunda u istalgan samaradorlikka erishishi uchun bir butunni bo’laklarga 
bo’lishi yoki bo’laklarni bir butunga yiriklashtirishi kerak hamda o’zining istiqbolini 
ko’ra bilishi va masalaning yechilishi natijasini u o’zining hodimlariga yetkazishi 
lozim. Bekorga aytishmaydi, birinchi rahbar nimaga erishsa, hammasi yaxshilikka, 
hamma bo’lim va bo’linmalarning rahbarlari (menejerlar) teppa teng bo’lib olishadi, 
yomon Oqibat uchun esa fakat menejment yakka o’zi aybdor bo’ladi. Ma’lumki 
korxona ishini tahil qilishda ko’rsatkichlarni solishtirish, zanjirli o’rin almashtirish 
usullari, indeks usuli va boshqalar keng qo’llaniladi. Bu usullar tahil qilinayotgan 
ko’rsatkichga omillarning ta’sir qilishini aniqlash imkonini bermaydi, chunki ular 
stoxostik extimolligiga ega. Misol uchun avtomobillarni yirik avtokorxonalarga 
yigish avtomobillardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ammo yuqorida 
keltirilgan usullar bilan miqdoriy ta’sirini aniqlash mumkin emas, chunki ta’sir etish 
o’zining xususiyati bo’yicha extimollik omiliga kiradi. (transport xizmatiga baho 


53
belgilash-tarif). Xo’jalikni boshqarishda samarali usullardan biri bo’lib-ko’p omilli 
korrelyatsion-regression usulni qo’llash tavsiya etiladi. CHunki u eng muhim 
xodisalar (Yi) funktsiyasiga ta’sir kiluvchi, ko’p sonli muhim omillar (Xi) orasidan
berilgan vaqt oraligida kurilayotgan funktsiyani oshishi yoki kamayishiga sabab 
bo’layotgan; 
-foyda, rentabellik, daromadlar, tashish tannarxi va boshqalar asosiy omillarni 
ajratib olishga yordam beradi. Bu ko’rsatkichlarning har biri yordamida iqtisodiy 
funktsiya (Yi) texnik iqtisodiy, foydalanishli, sifatli, ijtimoiy, tashkiliy omillar (Xi) 
orqali aniqlanishi mumkin. Har bir tahilning turi va bosqichi o’zining mustakil 
usullarini ishlab chiqishi mumkin. Tashish xajmi, daromad, yuk aylanmasi va shunga 
o’xshashlarni aniqlovchi o’z formulalari bor. Ko’rsatkichlar qiymatini aniqlab, 
korxona daromadiga ta’sir qilayotgan asosiy omillarni aniqlash mumkin. Hisoblar 
EXM da dasturiga binoan yechiladi. Koeffitsentlarning juft korrelyatsiyasining tahili 
hisoblashning mantikiy bosqichi bo’lib hisoblanadi. SHular bo’yicha omillar, juft 
korrelyatsiyalarning 
koeffitsentlarining 
qiymati 
aniqlanadi.(rijk0,75-0,99).Bu 
izlanayotgan hodisa mulьtikolleniarnostning ta’sirini yo’qotish uchun zarurdir. 
Matematik qonunlar 0,75-0,99 dan yuqori bo’lgan ikki omildan birini chiqarishni 
talab qiladi. Tahil qilishdan tashkari, ushbu ko’p omilli andozani shu andozaga kirgan 
bosh omillarni bashorat qilish uchun ishlatish mumkin. 


54

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin