Microsoft Word texnik tizimlarni boshqarish fanidan


Reja tuzishning variantlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/56
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#181668
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A

2.Reja tuzishning variantlari. 
Reja tuzishda uning har xil variantlarini olish mumkin. Buning uchun 
iqtisodiy-matematik usullar va EXMlardan foydalaniladi. Rejani tuzishga ajratilgan 
vaqtning chegaralanganligi va rejali hisobotlarni tulik rasmiylashtirishga holis 
imkoniyatlar yo’qligi sababli rejaning alohida bo’limlarini ketma-ket ishlab chiqish 
emas, balki parallel bajarish kerak. Ularni yechish davomida har xil masalalarning 
asosiy o’zaro boglangan ko’rsatkichlari moslashtiriladi. Rejaning barcha bo’limlarini 
tulik moslashtirish rejalashtirishning ba’zi kisimlarini yoki xatto uning butun 
jarayonini bir necha bor takroran kaytarib ishlov berish bilan erishiladi. 
3.Korxona tuzilishi va rejalashtirish. 
Rejalashtirish bilan korxonaning tuzilishi orasida ma’lum bog’liklik bor. 
Korxona tuzilishini loyihalash uchun uning muhim rejalariga asoslanish lozim. 
Tashkiliy tuzilishni ishlanmasining ketma-ketligi rejalashtirish jarayoni unsurlarining 
ketmaketligiga o’xshash. SHunday tashkiliy tuzilishni tanlash mumkinki, 
korxonaning muhim rejalariga mos kelsin va atrof muhit bilan o’zaro ta’siri 
samaralikni ta’minlasin va mo’ljallangan maqsadga erishilsin. Tashkiliy tuzilishning 
ishlanma harakatining ketma-ketligi quyidagicha: 
-korxonani gorizontal bo’yicha keng bloklarga bo’lishni amalga oshirish; 
-turli lovozimlarning vakolatlari nisbatini aniqlash; 
-lavozim majburiyatlarini aniqlash. 
4.Tavakkallikni baholash. 
Bozor sharoitida korxonalarning faoliyat ko’rsatishlari xo’jalik holatlarining 
barqarorligi, raqobatning mavjudligi, extiyojning o’zgaruvchanligi va tuzilishining 
o’zgarib turishlari, ishlash sharoitlarining doimiy o’zgarishlari, ya’ni korxonalarning 
tavakkalli ishlashlari bilan bog’lik bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida 


46
korxonalar o’z ishlarini uddalamok uchun yangi toifadagi rejalashtirishga o’tishlari 
lozim. Bozor sharoitida tavakkallikning mavjudligi mijozlar va tashish xajmlarini 
yo’qotish, extiyojini noto’g’ri baholash, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik, 
extiyot materiallarni keragidan ortiqcha bunyod etish kabilar o’zlariga mos eng 
munosib (optimal) reja yechimlarini beradigan variantlarni aniqlash lozimligini 
belgilaydi. Tavakkallikni baholash usulidan «muvozanatli ifodalash»-xo’jalik 
muhitida amalda hisobga olinadigan tavakkallik omillarining juda aniq rasmiy 
chizmasini rejali yechimini tuzishda imkoniyat beradi. Avtomobilь transporti va 
TXKda bunday tavakkallik omillari sifatida transport xizmatiga bo’lgan 
extiyojlarning tasodifiy o’zgarib turishlari (beqarorligi), raqobatlarning mavjudligi, 
tashish shart-sharoitlaridagi o’zgarishlar, mijozlar bilan bo’lgan munosabatlar va 
boshqalar o’rin to’tadi. Avtomobilь transportida yetarli yuqori darajadagi 
tavakkallikni izoxlaydigan omil bo’lib uning ish texnologiyasi hisoblanadi. Xuddi 
shunday omborxona ishlari doimo ta’minlay olmaganligi uchun avtomobilь transport 
korxonalari o’zini extiyot rezervlari bilan qoplash mumkin bo’lgan beqaror extiyojini 
ta’minlashga qurbi yetmaydi, bundan tashkari 20-30 % yuk xajmi yakka xol 
talabnomalardan iborat bo’lib, qaysiki oldindan ko’rish mumkin emas. Bu ham 
tavakkalning oshishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, rejani tanlashda holis 
baholash bilan birga rahbar yana rasmiylashtirishga bo’ysinmaydigan, insonga 
bog’lik bo’lgan (bir tomonlama, shaxsiy) omillarni ham hisobga oladi. Bozordagi 
holatni, transport va texnik xizmatlarga bo’lish mumkin bo’lgan extiyoj darajasini 
rahbar yoki menejment (echim qabul qilayotgan shaxs) o’zining tajribasi, sezgisi 
(farqi, farosati), o’tgan davr vaziyatlarini tahili bo’yicha turlicha baholaydi. Bunday 
baholashlar, shaxsiy (sub’ektiv) baholash hisoblanadi va rejani tanlashga ta’sir 
ko’rsatadi. Avtomobilь transporti va aholi transportlariga TXK korxonalari 
faoliyatida tavakkallik omillarini tahil qilish va baholash hamda rejali yechim qabul 
qilish uchun xozirgi vaqtda rejali yechim qabul qilish texnologiyasining uslubiy 
asoslari ishlab chiqilgan. Ushbu ishlanmaga rahbar yoki menejment mo’ljallashi 
mumkin bo’lgan holis tavakkallik omillari, rahbarning shaxsiy afzalligi va ma’lum 
maqsadlari majmuasining mavjudligi hisobga olingan. Tavakkallik o’lchash va 


47
baholash masalalari ba’zi bir boshlangich ifodalarga e’tibor berishni talab qiladi. 
Masalan: tavakkallik vaziyati nima? Tavakkallikning o’zi nima? Bu savollarga 
qisqacha bunday javob o’rinli bo’lishi mumkin. Tavakkallik vaziyati deganda u yoki 
bu xodisa yechimining miqdor jihatdan bajarilishi extimol darajasini aniqlash 
imkoniyati tushiniladi. Miqdor ulchami, bu tavakkallik darajasini aniqlashda hisobga 
olinadigan extimollik qiymatidir. Tavakkallik deganda qabul qilingan rejali 
yechimlarni bajarmaslik extimoli tushuniladi, qachonki bu yechimlarning xaqikiy 
bajarilishi tasodifiy kattalik bo’lib mavjud xo’jalik muhiti sharoitida noaniqlik 
omillari ta’siriga bog’lik bo’lsa. Bashorat qilish va tavakkallik xavfini oldini olish 
uchun biznes-reja foydalaniladi. Biznes-reja bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar 
faoliyatini boshqarish vositasi (mexanizmi) bo’lib xizmat qiladi, shuning uchun 
sungi yoritiladigan izlanish materillari biznes-reja va bozorning muvofiklashtirish 
muammolarini yechishga qaratilgan. Bundan maqsad transport xizmati bozoridagi 
o’zgarishlarni keltiradigan tavakkalligi va avtomobilь transportida amaldagi xo’jalik 
mexanizmi bilan bog’lik tavakkallik elementlarini hisobga oluvchi eng kulay 
yechimlar ishlab topishdan iborat bo’ladi. SHunday unsurlardan, xususan jarima 
sanktsiyalarining turli tizimlari: shartnoma majburyatlarini buzish, xom ashyo
zaxiralarini me’yoridan oshirib saqlash, ishlab chiqarish jamgarmalarini xizmat 
muddatidan ziyod foydalanishlar hisoblanadi. Xozirgi kunda yuk tashuvchi 
avtomobilь transporti korxonalarida xavfli yuklarni tashishda, yo’llar kurilishida 
tavakkalli baholash uslublari mavjud. Reja yechimlari qabul etishdagi tavakkallikni 
hisobga olish va baholash quyidagi chora-tadbirlar evaziga erishilishi mumkin. 
1). Korxonalarning xo’jalik faoliyatlaridagi tavakkallikning chora -tadbirlari 
toifalarini ishlab chiqish bilan; 
2). Korxonaning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini rejalashtirish texnologiyasi 
(ma’lum uslublar bilan rejalashtirishni amalga oshirish jarayonlarining majmui)da 
tavakkallik bilan chora-tadbirlarni hisobga olish yo’li bilan;
3). O’zgarib turgan xo’jalik sharoitida tavakkalli suxbat tarzida (dialog 
tizimida) olib boriladigan andoza tayyorlash tavakkallikning xususiyati va 


48
istalayotgan darajasiga qabul etilgan yechimini shaxslarga beriladigan reja andozasini 
ishlab chiqish bilan; 
4). Yuklarni tashish xajmi, asosiy mablaglarni yoshiga karab aniqlash 
kabilarda tavakkallik omillari hisobiga oluvchi rejalashtirish uslublarini ishlab 
chiqish bilan; 
5). Reja yechimlarini qabul etishda eng optimal tavakkallik darajasini 
baholash uslublarini ishlab chiqish bilan. 
Korxona faoliyatining tavakkallik omillarini hisobga olgan rejalashtirish 
texnologiyasi (ayniksa bozor munosabati sharoitida) dolzarb ilmiy muammo 
hisoblanadi, uning amaliy ahamiyati transport barcha mutaxasislarning manfaatiga 
dahildordir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin