Microsoft Word texnik tizimlarni boshqarish fanidan


Kibernetika-transport va texnika xizmati ko’rsatish korxonalarida boshqarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/56
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#181668
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A

3.Kibernetika-transport va texnika xizmati ko’rsatish korxonalarida boshqarish 
jarayonlarining axborot tavsifi. 
«Kibernetika»-qadimgi yunoncha so’z bo’lib, «boshqarish maxorati» degan 
ma’noni beradi, mazkur atamani kadimgi yunon filosofi Platon, so’ng esa frantso’z 
fizigi va matematigi Amper ishlatganlar. 1948 yilgacha sobiq SSSRda akademik A. I. 
Berg kibernetikaga asos solgan edi. «Iqtisodiy kibernetika» atamasi ilmiy boshqaruv 
nomi sifatida 60-yillardan boshlab V. S. Nemchinov, L. V. Kantorovich, V. V. 
Novojilov, O. Lang va boshqalarning asarlarida qo’llanilgan. Boshqarish 
muammolarini yechishda o’yinlar nazaryasi, navbatlar nazaryasi, zaxiralarni 
boshqarish andozalari keng ishlatilmoqda, shular qatori chizikli dasturlashtirish, 
imitatsiya andozalashtirish, iqtisodiy tahillashlar ham o’ta ko’p holatlarda 
qo’llanilmokda. Iqtisodiy kibernetika-matematik andozalashtirish va tizimli tahil 
qilish usullarini qo’llanuvchi ilmiy sohadir. U iqtisodiy tizimlarni optimallashtirish va 
takomillashtirish, iqtisodiyotni boshqarish ishlarida qo’llaniladi. 
Iqtisodiy kibernetikada uch asosiy yo’nalish bor: 
1). Iqtisodiy tizimlar va andozalar nazariyasi; 
2). Iqtisodiy axborot nazariyasi; 
3). Iqtisodiyotda boshqaruvchi tizimlar nazariyasi. 
Korxonada ishni avtomatik tarzda nazorat qilib turadigan va hisobga oladigan 
turli moslamalar va asboblar; «mashina vaqtini» va bekor turib qolish vaqtini 
sabablari bo’yicha alohida kayd qiladigan moslamalar: ma’muriy-ishlab chiqarish 
aloqasi va signalizatsiya vositalari; xujjatlarni saqlash, izlash va o’zatish vositalari; 
bo’lim va bo’linmalar, tsex va kismlar ichida kulyozma shakllarini distantsion tarzda 
yetkazib berish uchun teleavtograflar; hisob-perforatsion va elektron hisoblash 
mashina (EXM)lari ishlatilmokda. Axborot bilan ishlashning tavsifiga karab 
boshqarishning texnika vositalarini bir necha guruhga bo’lish mumkin: axborot olish 
vositalari; axborotni qayd qilish va saqlash vositalari; axborotdan nusxa ko’chirish va 
uni ko’paytirish vositalari; axborot berish vositalari; axborotni hisoblash yo’li bilan 
ishlash vositalari. Axborotlarni ishlab chiqishning iqtisodiy-matematik usullaridan va 
zamonaviy vositalaridan (EXM, jamgarish, ruyxatga olish, tasvirlash moslamalari va 


55
xokazo) foydalanish negizida korxona faoliyatini boshqarish funktsiyalarini 
bajarishni ta’minlaydi, ya’ni avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi (ABS) paydo 
bo’ladi. ABSni joriy qilish tufayli katta xajmdagi axborotlarga tezkor ishlov beriladi: 
axborotlar okimini tartibga solish va axborotlardan unumli foydalanish darajasini 
oshirish, boshqarish hodimlarni serMehnat hisoblash operatsiyalaridan ijldiy Mehnat 
uchun bushatish; ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatiga rahbarlik bo’yicha qarorlarni 
optimallashtirish va boshqarish Mehnatning umumiy madaniyatini oshirish 
ta’minlanadi. Barcha pogonalardagi rahbarlar va ijrochilarning mustakilligi va 
ma’suliyatliligi usgan sharoitda menejment kerak. Korxonani menejmentning 
avtomatlashtirilgan sistemasini vujudga keltirishda dastlabki kadam uning iqtisodiy-
tashkiliy andozasini ishlab chiqish hisoblanadi. Iqtisodiy-tashkiliy andoza deganda 
bo’lajak boshqarish sistemasining qoidalarida, talabalarda bajariladigan ish tartibida, 
mezonlar to’plamida va xokazolarda tashkiliy tuzilishi tushuniladi. Korxonani 
avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasining iqtisodiy-tashkiliy andozasini ishlab 
chiqish ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etishning mavjud tizimini tartibga 
solish va takomillashtirish maqsadida uni tekshirish va tahil qilishdan boshlanadi. 
Birinchi navbatda korxonaning mavjud ishlab chiqarish tuzilishi, Ya’ni ishlab 
chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’linmalari hamda xizmatlarning tarkibi va o’zaro 
aloqasi chuqur tahil qilinishi lozim. Tashkiliy tuzilmani tahil etishda tuzilishli 
bo’linmalarda ayrim menejarlar bajaradigan boshqarish funktsiyalarini puxta 
o’rganish lozim. Tahildan maqsad-ishning xajmi va mazmuni korxonaning
extiyojlariga va extiyojlarni bajarish bilan band bo’lgan hodimlarning miqdoriga 
qanchalik mos kelishini aniqlashdir. SHu asosda ayrim boshqarish hodimlari 
vazifalarini kushish hisobiga mayda boshqaruv bo’linmalarini yiriklashtirish va 
ortiqcha tuzilmali boshqaruv bo’linmalarini tugatish bo’yicha tavsiyalar ishlab 
chiqiladi. Korxonani avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasini axborot bilan 
ta’minlashga: me’yorlash-ma’lumotnoma bazasi: kodlashtirish va tsif tizimi; axborot 
tashuvchi tizim; xujjat aylanma tizimi kiradi. Axborot okimlarini o’rganishning turli 
usullari: tarmok andozasi asosida, kolipli andozalashtirish, grafa analitik va boshqa 
usullar bilan o’rganish mavjud. Bularning eng soddasi har bir bo’limda tuziladigan


56
tuzilish-axborot sxemasi asosida bo’linmalar o’rtasidagi xujjat aylanmasi va o’zaro 
aloqani o’rganishdir. Korxonadagi xujjat okimlari umumiy axborot andozasida biron-
bir kichiq tizim o’rnini aniqlash, boshqarish jarayonini matematik ta’minlash va 
uning texnika majmui uchun talablar bildirish imkonyatini yaratadi. Matematik 
ta’minlash deganda ushbu korxonada avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi hal 
qiladigan barcha majmui vazifalar bo’yicha axborotlarni mashinada ishlashning 
algoritmlari va dasturlari tizimi tushuniladi. Xozirgi EXM ko’p dasturli rejimda
ishlashi mumkin. Bunda bir qancha masala bir vaqtni o’zida hisoblash mashinasida 
bo’ladi va ikkinchi bir masalani bajarishga o’tish uchun masalalardan birinchi 
yechishni to’xtatish hamda keyinchalik to’xtatilgan dasturga kaytish mumkin. ABSni 
texnika jihatdan ta’minlash kurilmalar va mashinalarning uch asosiy guruhini o’z 
ichiga oladigan texnika vositalari majmuidan iborat: axborotni ishlash tizimiga 
ma’lumotlarni kiritadigan vositalar; axborotni tuppa-to’g’ri EXM ga beradigan aloqa 
kurilmalari va kanallari; axborot kiritish va berish maslamalari bilan jixozlangan 
EXM. Iqtisodiy axborot-bu moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, almashtirish, 
taksimlash, jamgarish va iste’mol qilishning ijtimoiy jarayonlari xaqidagi axborotlar. 
U iqtisodiy ma’lumotlardan olinadi. Mamlakatimizdagi axborot tizimi boshqaruv 
axborotini ham, xabar beruvchi tezkor ishlab chiqarishni hisobga olish, buxgalteriya 
hisobi, bank axboroti, statistikani ham o’z ichiga oladi. Bu barcha sohalarda
ma’lumotlarni kayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi va avtomatlashtirilgan 
boshqarish sistemasi rivojlanganligini ko’rsatadi. Har bir boshqaruv organining, har 
bir boshqaruv tizimining, shu jumladan, avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasining 
vazifasi bu ko’rsatkichlardan mamlakatning oliy bosqichida boshqarishning barcha 
darajalarida yechim yoki qaror qabul qilish uchun eng ko’p foydali axborot olishdan 
iboratdir. Xulosa qilib aytish mumkinki, korxona faoliyatini boshqarish jarayonida 
iqtisodiy kibernetika usullaridan foydalanish shart.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin