73
ishlab chiqish oldidan uning dolzarb savollarini surov o’tkazish orkali holatlarini
aniqlash, jamoa a’zolarining fikrlarini bilish lozim.
3.Xizmat ko’rsatish samaradorligining ijtimoiy mezonlari.
Ijtimoiy rejalashtirish korxonaning rivojlanish boshqaruvchanligini oshirishda
uning vazifalarini kulaylashtirish vositalaridan biridir. Ma’lumki har bir korxona
o’ziga xos tashkiliy tuzilish tizimiga ega. Har bir bo’linma va bo’limlar ma’lum
vazifalarni bajaradilar va jamiyatni faoliyat ko’rsatishiga xissa kushadilar. Ushbu
darajani korxona samaradorligining o’zaro bog’lik bo’lgan mezonlari yordamida
aniqlanadi. Avtokorxonada ishlab chiqarish samaradorligining
ijtimoiy mezonlari
quyidagilar:- korxonaning yuqori rentabelligi. Bunda ishlab chiqarish-iqtisodiy
vazifa. Korxona ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishning maqsadli funktsiyasiga
boshlangich ma’lumotdir. Bu vazifaning mazmunini korxona jamoasining a’zolari
amalga oshiradilar;
-korxona jamoasining uyushganligi. Bunda jamiyatning ayrim a’zolari,
ijtimoiy guruhlar, umuman jamiyat extiyojlarini kondirish uchun zarur bo’lgan
faoliyat yo’nalishidan biri iqtisodiy manfaat kurishdir.
Har xil mulkchilik
xukumronlik qilgan sharoitda usha jamiyat a’zolarining manfaatlari birligi qaror
topadi. Oqibatda korxona umumiy, jamoa, shaxsiy maqsadlarini amalga oshirish
masalalarini muvaffakiyat bilan hal qiladi;
-korxona a’zolarining o’z Mehnatidan, uning sharoitidan konikishlari. Individ
(odam)lar o’z ixtiyorlari bilan korxona ishlab chiqarishida katnashadilar, shu sababli
jamoa va shaxsiy manfaatni ustun to’tadilar. Agar jamoa ularni koniktirmasa, Mehnat
qonunlariga binoan boshqa jamoaga o’tadilar. SHu sababli korxona rahbarlari
hodimlarning ijodiy kuchlarini va kobiliyatlarining Mehnat jarayonida ma’lum
darajada kondirilishini saqlashlari lozim.
-Korxona boshqaruvchanlik darajasi. Tarbiya
vazifasi ishlab chiqarish
jarayonlaridagi odamlarning faoliyatini tashkil etish va umumlashtirish uchun ularga
maqsadli ta’sir ko’rsatishdan iborat. Boshqarish faoliyatining pirovard natijalari turli
74
tavsifga ega bo’lganligi sababli yaxlit va o’zaro aloqador bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy
va siyosiy samaradorlik mezonlari to’g’risida gapirish mumkin.
Ijtimoiy mezonning jamiyatda uyg’un rivojlanishini ta’minlashdagi
tutgan
o’rni hisobga olinadigan bo’lsa, u iqtisodiy mezon sifatida maydoga chiqadi.
-Korxona a’zolarining ijtimoiy tashkilotlardagi faolliklari. Ijtimoiy siyosiy
tashkilotlarda, ya’ni kasaba uyushmalarida, xalq demokratik partiyalarida, har xil
ijodiy uyushmalarda ma’lum faollik ko’rsatishlari korxona
samaradorligiga ijobiy
ta’sir qiladi.
-korxona jamoasining harakatchanligi. Bu korxonaning umumiy vazifasini
aynan ifodalaydi. Bunda ko’pgina odamlarning kichiq harakatlarining tartibchanligini
oshirishga qaratilgan. SHuning uchun ham bu mezon alohida o’rin egallaydi. Xulosa
qilib aytish mumkinki, ijtimoiy rejalashtirishning xayotiyligi yuqoridagi mezonlarda
o’z ifodasini topgan bo’lsa, ijodkor xalqning korxonalarning korxonalarni
boshqarishda faol katnashishlari bitmas-tugalmas
ijodiy energiyadir, yangi
muvaffakiyatlar garovidir.
Dostları ilə paylaş: