Microsoft Word texnik tizimlarni boshqarish fanidan


 Korxonada xo’jalik hisobini tadbiq etish va undan foydalanish tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/56
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#181668
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A

4. Korxonada xo’jalik hisobini tadbiq etish va undan foydalanish tartibi. 
Mehnat jamoalari xizmat ko’rsatish faoliyatining xususiyatini hisobga olgan 
xolda xo’jalik hisobining u yoki bu iqtisodiy andozasini tanlaydilar, ularning har biri 
o’ziga xos xo’jalik hisobi daromadini vujudga keltirish va taksimlash usullarini 
belgilaydilar. Xo’jalik hisobining birinchi andozasida ATK ning foydasini 
belgilangan me’yor bo’yicha taksimlanadi. Undan davlat byudjetiga daromad soligi 
va ish bilan ta’minlash jamgarmasiga ajratma o’tkaziladi. Sungra xosil bo’lgan 
korxonaning xo’jalik hisobidagi foydasidan yuqori muassasalar uchun kelishilgan 


85
shart asosida pul mablagi ajratiladi. SHundan keyin korxonaning ixtiyorida kolgan 
foyda, shu korxonaning nizomiga asosan, quyidagi jamgarmalarga taksimlanadi: 
-moddiy ragbatlantirish; 
-jamoaning ijtimoiy rivojlanishi; 
-ishlab chiqarish, fan va tenika taraqqiyoti. 
Keyingi ikki jamgarmadan esa besh foiz hisobida ATK ning zaxirasidagi 
jamgarmasi xosil qilinadi. Xo’jalik hisobining bu andozasida ish xaqi va moddiy 
ragbatlantirish mablaglari alohida vujudga keltirilmaydi, aksincha «Mehnatga xaq 
tulashning yagona jamgarmasi» bunyod etiladi. Xo’jalik hisobining 1 andozasida
iqtisodiy ragbatlantirish jamgarmasining miqdorining o’zgarishi olingan foydaning 
o’zgarishiga bevosita bog’lik bo’ladi. Ammo jamoaga tulanadigan ish xaqiga uning 
xo’jalik hisobi faoliyatining natijasi ta’sir etmaydi, chunki ish xaqi va moddiy 
ragbatlantirish jamgarmalari alohida bunyod etiladi. Masalan, agar jamoa ko’p yoki 
oz foyda kursa ham bu asosiy ish xaqiga ta’sir ko’rsatmaydi, u har qanday holatda 
o’zgarmay 
kolaveradi. 
SHuni 
takidlash 
kerakki 
korxonaning 
ishchi 
va 
xizmatchilariga tulanadigan maosh me’yordagi ish xaqi jamgarmasidan hamda 
korxona ko’rgan foydani me’yor bo’yicha taksimlangan moddiy ragbatlantirish
mablagidan qo’shimcha mukofot ko’rinishida xosil bo’ladi. SHunday qilib ATK ning 
jamoasi 1 andozani tanlab ish xaqi darajasining kam o’zgarishiga ega bo’ladi. 
Xo’jalik hisobining 2 andozasida ish xaqi va moddiy ragbatlantirish mablaglari 
birgalikda kushilib «Mehnatga xaq tulashning yagona jamgarmasini» xosil qiladi. 
Agar birinchi xolda ragbatlantirish jamgarmasining ulchami fakat olinadigan foydaga 
bog’lik bo’lgan bo’lsa, ikkinchisida xo’jalik hisobi daromadining miqdori 
ragbatlantirish va ish xaqi jamgarmasi ulchamlariga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi, 
ya’ni daromad qancha yuqori bo’lsa, ular shuncha ko’p bo’ladi. Mehnatga xaq 
tulashning yagona jamgarmasini vujudga keltirish qator afzalliklarga ega. Avvalo u 
ishlab chiqarish jamgarmalaridan samarali foydalanish bilan hodimlar oladigan pul 
ulchami orasidagi bog’liklikni o’ta aniq ifodalaydi. Agar xo’jalik hisobining 1 
andozasi me’yorga muvofik foydani taksimlashga asoslangan bo’lsa, moddiy 
ne’matlarni tejash yoki bexuda sarflash fakat iqtisodiy ragbatlantirish mablagining 


86
ulchamiga ta’sir etsa, ikkkinchi andoza barcha Mehnatga xaq tulash jamgarmasiga 
o’ta ta’sirchandir. Ikkinchi andoza ne’matlarni jadal tejashga qaratilgan, barcha 
jamoaning Mehnat samaradorligini oshirishga moddiy kizikishni kuchaytiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin