Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
bo‘lg‘aykim, hech narsa ko‘rmay, yaxshi eomonlarga yo‘liqmay, to‘g‘ri yo‘limizda 
ketaverdik. 
Urganch qishlog‘idan chiqib, Andijonga yaqinlashgan sayin urush alomatlari ko‘rina 
boshladi. Shundoqki Andijon, Namangan poezdlari butunlay to‘xtalgan, temir yo‘llari 
buzilib, stanqiyalari kuydirilgan ekan. Shu kabi alomatlar ichida yurganimizcha omon son 
Andijonga yetdik. Shahar ichiga kirgach qarasak, butun ko‘chalarda chuvalib ochilib 
yotgan paxta toylari hisobsiz edi. So‘rasak, biz kelishdan uch o‘rt kun ilgari Madaminbek 
shaharga hujum qilib kirganida, har ikki tomon askarlari paxta toylarini o‘zlariga qalqon 
qilib otishishgan ekanlar. So‘ngra bularni shahardan chiqarish uchun qal’aga qamalgan 
bolshevik askarlari tomonidan otilgan to‘p ambaraklaridan shahar xalqi, xonadon uylar, 
bozor rastado‘konlari anchagina zararlanmishdir. 
Shu vaqtlarda Rusiya mamlakati bo‘ylab boshqa joylarda ham bolsheviklarga qarshi 
xalq ko‘tarilmish edi. Ichki Rusiyada Kolchak, Vrangel kabi harbiy kishilar, O’rinburg 
kazaklaridan Duto‘v, Aninkovga o‘xshash generallar bosh ko‘tarmish edilar. Mamlakat 
bo‘yicha har joydagi qurollangan harbiy kuchlar uchun kerakli bo‘lgan narsalar, iqtisodiy 
ishlar vayrongarchilikka uchraganligidan, hojatga yetarlik emas edi. Yoqulg‘ular esa 
yo‘qolishga yetib, temir yo‘l parovozlariga ko‘mir yo‘qligidan o‘tin yoqishga majbur 
edilar. Yana u kunlari O’zbekistondagi butun ruslarning soni hozirgi sonidan yuzdan 
biricha ham kelmas edi. Buning ustiga uzun Dashti qipchoq cho‘llap orqali oramiz 
ajralganligi tufayli, vatanimiz O’zbekiston Ovrupo bosqinchilari markazidan yiroq turishi; 
yana 6u kunga qaraganda ozu o‘p diniy, milliy hissiyotimizning borlig‘i kabi narsalar u 
kunlari biz uchun kerakli bo‘lgan butun ishlarimizni qulaylashtirishga yo‘l ochmish edi. 
Qisqasi, Vatanimiz O’zbekistonni bosqinchi qizil askarlar qo‘lidan qutqazib olish 
sharoiti shu chogda tugilmish edi. Ulardan foydalanish yo‘llarini nega topolmadilar? 
Buning birdan bir sababi u kunlari xalqimiz ichida siyosat olamiga tushungan, oz bo‘lsa 
ham zamonaviy ilm o‘qib bilgan kishilarimiz yo‘q hisobida bo‘lishidir. Buning misoli 
shulkim, qurilish va binokorlik asbob-uskunalari agar to‘ligi bilan topilar ekan, unga 
rahbarlik qiluvchi muhandislar, tajribalik usta shchilar bo‘lmasa u binoning qurilishi, 
albatta, mumkin emasdir. Shunga o‘xshash bir millat o‘z milliy davlatini qurib olishi 
uchun zamonasiga loyiq butun asbob skunalarni qo‘lga keltirgan taqdirda ham, shu 
narsalarni o‘z o‘rnida ishlata bilgudek, milliy hissiyotlik siyosiy arboblarga, albatta, 
muhtojdir. 
Hozirgi o‘qimishlik, tushungan Vatan bolalarimiz, agar milliy hislik bo‘lmas ekanlar, 
ulardan bizga, ya’ni o‘z xalqiga foyda yetishi hech vaqt mumkin emasdir. Balki bolta 
sopini o‘zimizdan chiqargak yov qo‘lida tub ildizimiz bilan kesib quritishga qurol 
bo‘ladilar. U holda esa o‘zlaridan umid etilgan vatan o‘gillarining qo‘llari bilan vatan 
ahllarini ko‘mishga chuqur qaziladi demakdir. Endi milliy hissiyotlarini saqlash uchun 
o‘zlarida ikki narsaning bo‘lishi, albatta, shartdir. Birovi din, ikkinchisi esa har millatning 
o‘ziga xos ona tilidur. Bolsheviklar hokimiyati qurilgan kundan boshlaboq, diniy 
marosimlarimizni asosi bilan yo‘qotishga kirishganlikdan hozirgi bolalarimizning diniy 
hissiyotlari yo‘q hisobida qolmishdur. Buning ustiga yana o‘z ona tillaridan ham ajrar 
ekanlar, u chogda diniy va milliy hissiyotlari butunlay yo‘qolib, ko‘p uzoqlamayoq 
ruslarga yutilib ketishlari shubhasizdir. Bu esa ota-bobolarining suyaklari bilan bir 
qatlami ko‘tarilgan go‘zal O’zbekiston ona vatanlarini bosqinchilarga qoldirib, o‘zlari 
inqiroz chuquriga yuz tuban yiqilgan holda, tarix yuzidan abadiy o‘chiriladi demakdir. 
Bunday odamlar shu millat oldida eng katta jinoyatchi, olchoq odamlardir. O’z ota 
obolarini unutib, boshqalarga qo‘shilgan bunday kishilar haqida pashambarimiz 
Muhammad alayhissalom norozilik bildirib la’nat o‘qidilar. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, shahar ichiga kirgach ruhi o‘chgan 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin