www.ziyouz.com kutubxonasi
41
O’rta asr vahshiylari — mo‘g‘ul askarlari o‘z vaqtida islom markazi bo‘lgan Bag‘dod
shahriga bosib kirganlarida, ular nazdida o‘ljaga arzimas, g‘oyat qimmatbaho, nafis,
nodir kitoblar Dajla daryosiga tushganlikdan, olti oylab daryo suvi qorayib oqqanligi
tarixlarda yozilmishdir. Undan ham jirkanchli ishlarga yigirmanchi asrda madaniy
yirtqichlar hoki-miyati davrida yo‘l qo‘yilganlikdan, anchagina tarixiy asarlarimizni, xalq
qo‘lida saqlanib yotgan qimmat-baho, nodir qo‘lyozma kitoblarimizni egalari
qo‘rqqanlaridan o‘tta yoqtirib, suvga oqizishga majbur bo‘lmish edilar. Yolg‘iz o‘zimning
To‘qmoq, So‘qulukdagi biror arava kelgudek har turli kitoblarim esa, shu ko‘milganicha
chirib yer ostida qolmishdir. Bu kabi fojialar yolg‘iz chet o‘lkalardagina emas, balki
hukumat mar-kazi Petrograd kutubxonalarida ham bo‘lmish edi. Shundoqqi, butun islom
olami ko‘z tikkan, 1300 yildan ortiq tarixiy sharafga ega bo‘lgan Mushaf Usmoniy, ya’ni
hazrat Usmon ustida shahodat topgan Qur’-on, shu kutubxonada saqlanib kelar edi. Oti
musul-mon bir necha gumrohlar tomonidan uning anchagina varaqlari olinmishdir.
Marhum Tatariston muftiysi hazrati Rizafahriy boshliq Musohazrat va boshqa olimlar bu
fojiadan xabar topgach, darhol chorasiga kirishib, bu ulug‘ tarixiy Qur’on shu kunga davr
saqlanib qolinishiga sababchi bo‘ldilar. Alloh ularni rahmat qilsin! Hozirda esa bu Qur’on
Toshkent muzeyxonasida saqlanib, chetdan kelgan sayohatchilarga, ayniqsa
musulmonlar uchun bek hurmatli nodir estalik hisoblanadi.
Shunday qilib, Qorako‘l shahrida bir oy — qirq kun chamali turg‘anim so‘nggida, u
yerdan qaytib To‘qmoqqa keldim va yana bir voqea ustidan chiqdim. Shundoqki, hozirgi
kunlarda Arabistonda turishgan Oltinxon, Mubashshirxonlarning ustozi, asli Koson
zodagonlaridan, Farg‘ona viloyatida obro‘yi baland bo‘lgan, zamonasiga ko‘ra ulug‘
olimlardan sanalgan, marhum Nosirxon to‘ra kommunistlarga qarshi qo‘zg‘o-lon
ko‘tarmish edi. Nima qilishlarini bilolmay, suvga oqqan kishiday hayronlikda turgan
musulmonlar, o‘z diniy olimlarini ilohiy kuchdan xoli bo‘lmasa kerak deb gumon
qilganliklaridan, mol-jonlarini ayamay, u kishiga qo‘shiluvchilar o‘lka bo‘ylab ko‘paymish
edi.
Biroq, ish vaqtidan o‘tgan, ne fursatlar qo‘ldan ketgan edi. Uzoq-yaqindagi
bolsheviklarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar butunlay bostirilib, ishlari markazga
bog‘lanmish edi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning «Har oqil kishi o‘z
zamonasiga tushungan bo‘lsin», degan hikmatlik so‘zlariga amal qilish va
payg‘ambarimizning 23 yillik nubuvat davridagi ibratlik tarjimai holidan xabardor bo‘lish
hammadan ko‘proq islom olimlariga lozim edi. Zamonaviy siyosat olamidan xabarsiz
bo‘lganlikdan u kishining butun ishlari teskarisiga aylandi. Yolg‘iz qo‘zg‘olonchilargina
emas, shular bahona o‘zlariga to‘g‘ri kelmagan, ikki kishiga so‘zi o‘tarlik odamlardan
Namangan, Koson atroflari bilan hech joyda qoldirmay, otib-chopib o‘ldirdilar. Qolgan
qo‘lga tushganlari qattiq qamoqda yoki uzoq surgunlarga yuborilib, yo‘qotildi. Bechora
Nosirxonto‘ra qochib yurgan yeridan ikki o‘spirin o‘g‘li bilan ushlanib, Toshkentga
keltirilgan so‘nggida, eng qattiq, yer osti, qorong‘u zindonda yotqonlig‘ini eshitgan edik.
So‘ngra ikki o‘g‘li bilan birlikda o‘lim jazosi berilib, dunyodan yo‘qotilmishdir. Agar 6u
kishi o‘rnida siyosat olamidan xabardor, onglik boshqa birov bo‘lganida, ishni boshqacha
tashkiliy ravishda olib borar edi. Bu qadar ulug‘ qo‘zg‘olon maydonida to‘kilgan yerlik
xalq qonlari bekorga ketmas edi. Chunki, janubiy tomondagi Afg‘on va Hindiston
chegaralari qo‘lga keltirilsa, u yoqdan yordam yetkazish imkoniyati tug‘ilmish edi;
ongsizlik shumligidan shu ishni bajara olmadilar.