Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120
 
 
JILAQARAG’AY DOVONI 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Yuqorida aytilganicha Shodmon hojim qishlog‘i Kichik 
Kemenga kelganimizda, kutishib turgan qirg‘izlar bizni qarshi oldilar. Yaylovdan qaytgan 
qalin el oralab, tun bo‘yi yurganimizcha tongga yaqin bir yerga kelib tushdik. Biroz uxlab 
es olgan so‘nggida, u yerdan otlanib kun bo‘yi yurganimizcha, axir peshin kezida qalin 
qarag‘ay ichida tikilgan bir qirg‘izning uyiga keldik. Bu esa bizni kutib turgan Nazarqul 
degan safar yo‘ldoshimizning uyi ekan. Bizni bu yerga qo‘ndirib, o‘zi orqada qolmish 
uylarni ko‘chirib kelmoqchi bo‘lib, uch to‘rt yigitlar bilan tun qator qilib ketdi. Ertasi 
quyosh ko‘tarilgan kezda edikim, biror yuz oilalik qirg‘izlar bola chaqalari bilan yengil 
yuklarini olgan, boshqa mol chorvalarini, tikilgan uylarini qoldirib, yolg‘izgina uyurlari 
bilan yilqilarini haydashgan holda yetib keldilar. Xitoy yerlarida pul bo‘lg‘udek narsalar 
bilan hurjin xalashlari to‘ldirilmish edi. Ko‘pchiligi bola chaqa, xotin qizlardan to‘plangan 
edi. Qanday ham bo‘lsa, safar sunnatiga muvofiq Nazarqulni safar amiri qilib, o‘zim 
boshliq olti odamni unga kengashchi saylagan so‘nggida, oldi orqamizga mer gan 
yigitlardan soqchilar belgilab, yo‘lga tushdik. 
Ichimizda ikki besh otar, uch to‘rt bardanka, qolgani ov miltiqlari bo‘lib, yigirmadan 
oshiqroq qurolimiz bor edi. Shu yurganimizcha Ko‘kquyruq o‘zanini bo‘ylab o‘ltirib, orada 
uch qo‘nib, Chuy daryosining boshi Oqsuv, Chelak degan ikki oshuv ayrilishiga yetdik. 
Bu yurgan yerimiz yo‘lsiz bo‘lib, bo‘ri yurmagan tog‘u tosh oralab yurishga to‘g‘ri 
kelganlikdan, tog‘ safarlarida ko‘p yurib ko‘zi pishgan yetuk yo‘lboshchi kerak edi, 
baxtimizga qarshi, va’dalashgan qolovuz (yo‘lboshchi) kishimiz kelmay qoldi. Kelayotgan 
yo‘limizda biz bilan qochgan qirg‘izlarning qo‘rada yotgan qo‘ylari, egasiz qolgan 
moltovarlari, uskunalariga ko‘zimiz tushdi. Inson turmushiga kommunistlarning zulmi 
shundayin haroblik keltirganini ko‘rib, ko‘nglimiz vayron bo‘lganlikdan ko‘z yoshlarimizni 
artib ulgirolmadik. 
Qochgan xabarimiz el ichiga tarqalgach, bizni qo‘lga tushirish uchun oldimizdan 
chegara soqchilarini to‘stirib, ortimizdan qirg‘iz kommunist otryadlarini yubormish edilar. 
Biz qochqunlar uch kun o‘zan bo‘ylab yurganimizcha, Oqsuv oshuvi ostiga kelganimizda 
ketimizdan yuborilgan qirg‘iz kommunistlar askarlarining qorasi yiroqdan ko‘rinib qoldi. 
Oramizda bir oz otishuvlar bo‘lib, shu kechani soqlik bilan o‘tkazdik. Yetgan yerimiz ulug‘ 
tog‘larga taqalgan, o‘ng qo‘limiz Chelak dovoni edi. Lekin bu dovonlarni oshib, yo‘llarini 
ko‘rgan boshchimiz bo‘lmag‘anlikdan qaysi biriga kirishimizni bilmay orsor (hayronlikda) 
qolganimiz ustiga, quvg‘inchi to‘sqinchilar oldi orqamizdan o‘ramish edi. «Ikki yo‘l kelib, 
qaysi biriga kirishni bilmay qolgan kishi o‘ng qo‘liga yursin», degan Rasululloh so‘zini 
maslahat berdim ersa, boshqa sabablar chiqib bunga yurishga to‘g‘ri kelmadi. Oxiri, so‘l 
qo‘ldagi Chelak dovonidan oshib olsak, qozoq yeriga tushib, bulardan qutulib 
ketishimizni o‘ylab, shunga kirishni to‘xtam qildik. 
Ertasi saharlab ostidan bir daryo suvi toshib chiqayotgan ulug‘ tog‘ beli ustiga chiqib, 
shu yerga uch to‘rt qurollik qirg‘iz bolalaridan qo‘ydik, o‘zimiz ko‘pchilik qo‘sh 
qulonlarimiz (ko‘chgandagi yukimiz va yilqilarimiz) bilan bel (tog‘ bag‘ridan o‘tib) oshib, 
yolg‘iztuyoq kiyiklar izi orqali yurganimizcha bulutga tiralgan to‘rt tog‘ orasidagi suv 
g‘aznasi (ombori) Ko‘kko‘l degan joyga tushdik. U yerdan o‘tib, ko‘k muz oq qordan 
boshqa hech narsa ko‘rinmagan, bosh oyog‘i bulutlar bilan o‘ralgan Chelak dovoni ostiga 
kelib qo‘ndik. Kuz havosi sovuq, qattiq qor uchqunlab turardi. Qor o‘rtalarida ko‘rinib 
qolgan qora toshlar orasida boshi chiqib turgan bir turlik o‘simliklardan boshqa o‘tin 
topilmaydigan shunday qismchilik joylarda qirg‘iz xotinlari osh ovqat tayyor qilishdi. 
Bularning epchilligi meni hayratda qoldirdi. 
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning «Har kim ersa bir narsaga bog‘lanib 
yaratilganlikdan ul narsa unga osonlashadi, har ishni o‘z egasiga topshiringlarkim, 
ishinglar yengillashadi», degan hikmatlik so‘zlarining sirlarini shunda tushungan edim. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin