www.ziyouz.com kutubxonasi
46
Sog‘uniy, bag‘ring ezildi, bu Vatanning dardida Kim bilur, bu dardima darmon topar kun bormikin? Qog‘oz ustida o‘n olti erklik jumhuriyat hukumati deb yozilgan bo‘lsa ham, bularning
hech birovida haqiqatan qilchalik ham ixtiyorlari yo‘qdir. Bu mamlakatlarning asosiy
ishlari esa butunlay Maskovga bog‘langanligi uchun katta kichik har qanday ishlarini
Maskovdan buyruqsiz qilolmaydilar. Ayniqsa, O’zbekiston jumhuriyati boshqa
jumhuriyatlarga qaraganda har bir ish to‘g‘rilik eng tubangi holga tushganlikdan xalqi
diniy, milliy, shaxsiy, hatto insoniy huquqlaridan butunlay mahrumdirlar.
Xalq dushmani degan yolg‘on tuhmatni taqib, 1936-1937 yillarda necha minglagan
millatimiz ziyolilari, siyosatga tushungan Vatan yigitlari yo‘q qilingan kundan boshlab,
Maskov nima desa bosh ustiga deydigan, xalq tanimagan suymagan, lekin o‘ziga sodiq
kimsalarni, Maskov o‘z tilaganlaricha O’zbekiston qo‘g‘irchoq hukumati boshlig‘i qilib
belgilab, shular orqalik o‘z maqsadlarini bajarishga kirishgani gurdilar. Buning ustiga
1966 yili 26 aprelda Toshkent shahrida bo‘lgan zilzila bahonasi bilan, uylari buzilgan
o‘zbeklarga yordam yetkazish degan bo‘lib, barcha jumhuriyatlardan kishi chaqirdilar.
Haqiqatda esa zilziladan vayronlikka uchragan markaziy yangi shahar binolari edi. Yerlik
xalq ofatdan omon edilar. Shundoq bo‘lsa ham, buni shiltov (bahona) qilib, necha
minglagan o‘zbeklarni majburiy ravishda ko‘chirib, shahar tashqarisiga chiqazdilar.
Ayniqsa, Toshkentning eng tarixiy joyi hisoblangan Shayxontohur mahallasi butunlay
buzilib, undan nom nishona ham qolmadi. Shahar tashqarisiga chiqarilgan bechoralarni
Qurb-qaobod degan qiy dalaga oborib tashladi. Uylarini buzishda yetarlik moddiy
yordam berilmadi. Bu bechoralar yosh go‘dak bolalari bilan shu kunlarda ham
qiynalmoqdalar. XX asrga kelib o‘z Vatanlarida o‘zlari xor bo‘ldilar.
Bosqinchilarning birinchisi chor hukumati davridan 50 yil o‘tgach, kofirlar aksi urib, ba’zi bir o‘zgarishlar boshlagan bo‘lsa ham, u kunga davr diniy-milliy, ayniqsa til o‘zgarishlari bo‘lmagan edi. Endi esa, bu dinsiz kommunistlar davridan 50 yil unga qo‘shilib, bosqinchilarning kelganiga 100 yil to‘lmishdur. Bularning asli maqsadlari butun dunyoga dinsizlik tarqatish, o‘zlarining jirkanch sassiq tuzumlarini o‘rnatish bo‘lganlikdan, butkul ishlarini o‘zlarining buzuq siyosatlariga boglab, har narsa kommunistlar rahbarligi ostidagina bo‘lishi majburiy ravishda shart qilinmishdur. Shuning natijasida bular har ishga aralashvolib, hushyorlariga esiriklar (mastlar,
behushlar), sog‘lariga telbalar yo‘lboshchilik qilgandek, butun mamlakatda bu majnunlarning aralashmagan ishlari yo‘qdir. Xalqda ixtiyoriy hayot kechirish yo‘qolgani uchun ularning jon harakatlari, halol mehnatlari bi-lan chiqqan yer hosilotining yuzdan biriga ham o‘zlari ega bo‘lolmadilar. Oziq ovqat, yemaq ichmaq mahsulotlari bularning o‘z omborlarida saqlanib, xalqqa tilagan o‘lchamlarida berib turish kommunistlarning buzilmas qonunidir. Agar uch kun bermay to‘xtatar ekanlar, xalq boshiga qiyomat qo‘pib, shu kuniyoq ocharchilik boshlanishi ko‘rinib turadi. Mana shunday bo‘lib, hozirgi kunda ilgari tarixlarda yarqirab ko‘ringan, tillarda doston bo‘lgan Turkiston ulusi Turon musulmonlari yolgiz diniy huquqlaridangina emas, insoniy huquqlaridan ham ajrab, yutilish oldida turibdi. Kelajakda biz uchun eng qo‘rqinchlik ish esa, yo‘q bahonalar bilan o‘n minglab, yuz minglab seldek kelayotgan bosqinchilarning Vatanimizda o‘rnasha yotqanlaridur va ba’zi bir milliy hisi yo‘q vijdonsizlar ko‘z oldimizda yutulayotganligi ochiq ko‘rinib turibdi. Bular avlod oldida eng jinoyatchi odamlardir. Tarixlarda bosqinchilar doim shunday amalparast sotqinlardan keng ravishda foydalangan. Hozirgi kunlarda esa xitoy bosqinchilari internaqional niqobi ostida Saypiddin Aziziy, Burhon Shahidiy kabi vijdonsizlardan shu tariqa foydalanmoqda. Bu balolardan qutulish