Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
42
Bu ish (Nosirxonto‘ra qo‘zg‘oloni) boshlanish oldidan Qirg‘iziston
atrofiga va boshqa
joylarga maxsus kishilar yuborilmish ekan. Xudo saqlab, u kunlari men Qorako‘lda
bo‘lganim uchun hech ishdan xabarim yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham uyga kelib, hafta
o‘tmay, shu chog‘dagi vahshiylik odatlari-cha, shirin uyqu,
tun yarimida GPU jallodlari
tomdan tushib, meni bosdilar. Kecha qorong‘usida qurollik harbiy kishilarga tuyuqsizdan
ko‘zlari tushib, qo‘rqqanlikdan mo‘ltirashib turgan xotin-bolalar hollarini nima deb
aytishga to‘g‘ri keladi? Shuning uchun bu kabi dahshatlik ko‘rinish ko‘rmagan ko‘p
kishilar yurak o‘ynaq kasalliklariga yo‘liqmish edi. So‘ngra ko‘zga ko‘ringan
yozuvchizuvlarni yig‘ishtirib, meni hay-daganlaricha, Pishpekga keltirgach, hech nima
so‘ramasdan yer osti uyi — zindonga kirgizib qamab qo‘yish-di. Bu yo‘li ushlanib,
uch oy
chamali yotganim ichida har yoqlama qattiq tekshirish o‘tkazgan so‘nggida, bu ishdan
mening xabarim yo‘qligi bular oldida aniq-lanmish edi. Shu bahona bo‘ldi, haqiqatda esa,
g‘oyi-biy kuch yordami yetti bo‘lg‘aykim, bu kabi dahshatlik qamoq balosidan ko‘p
uzoqlamay yana qutulib chiqdim.
Endi bundan buyon bu yerda turishim o‘z boshim yoki dinim uchun xatarlik ekanligini
aniq tushunmish edim. Shuning uchun G’ulja tomon ketmoqchi bo‘layotgan do‘st
kishilardan Abish degan qirg‘izga yo‘liqib, u bilan safar yo‘ldoshi bo‘lishga va’dalashib,
ikkovimiz qo‘l olishdik. So‘ngra bek soqlik bilan safar jamalg‘asini qilishga kirishdim. Ot-
uloq, oziq-ovqat tayyorlangach, 1930 yili sentyabr oyi boshlarida qo‘l olishgan
yo‘ldoshim Abish keldi. Men shu kunlarda esa To‘qmoqdan olti chaqirim bo‘lgan
Sho‘rtepadagi yerimda deh-qonchilik ishlari bilan quymalashib yotgan edim. Ishlarim
chala bo‘lsada mo‘ljalim
buzilmasligi uchun, borlig‘in Tangriga topshirib, oqshom nomozi
o‘tagan so‘nggida chalaqozoq tog‘alardan Abdurashid xo‘ja, tun-gon Mokemir,
yo‘ldoshchi qirg‘iz Abish — to‘rt kishi otlanib el yota To‘qmoqdagi qo‘roga keldik.
So‘zim shu yerga yetgach ko‘nglim munglanib, ko‘zim yoshlandi,
chunki yuqorigi
yo‘ldoshlarim va bulardan boshqa ko‘p sonli mungdoshlarimdan endi hayot olamida
birorta ham kishi qolmapti. Yoshlik — yigitlik chog‘larimdan beri xalq uchun boshlangan
g‘am-qayg‘ulik kunlarim esa, umrim davomicha uzilmay shu hozirgi dav-riga erishdi.
Ko‘z ochkan kunimdan boshlab ko‘zlagan maqsadim — Sharqiy Turkiston ozodligi —
qanchalik to‘kilgan Vatan bolalarining muqaddas yosh qonlari hisobiga qo‘lga kelmish
edi. Nachoraki, o‘zini ezilgan-yanchilgan xalqlarni zolimlardan qutqazuvchi, dunyo
bo‘yicha haqsiz-mazlumlarga yordam beruvchi hisoblagan aldamchi, kazzob Stalin
hukumati olti million uygur musulmonlarini o‘z foydasi uchun qurbon qildi. Ko‘yni qashqir
ogzidan qutqardi, lekin kechqurun qo‘l-oyogini boglab qassobga topshirdi. Ko‘ring, endi
shu kunlarda (1967 yil) bu bechora mazlum qardoshlarimiz Xitoy bosqinchilari, yirtqich
kommunistlar tish-tirnoqlari orasida chaynalib; diniy, milliy huquqlari buyon tursin,
insoniy huquqlaridan ham butunlay ajrab, yutilish oldida turibdilar. Agar biror ba-hona
bo‘lib, umumiy dunyo siyosati o‘zgarmas ekan, Chiqish, Botish — ikki Turkiston ahllari
ko‘p uzoqlamayoq bosqinchilar to‘lqinlari ostida ko‘milib ketishlari mumkindir.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shu kecha oilam ustiga tuyuqsizdan kelib,
ulardan uzilib
chiqishimdagi tortgan ruhiy-vijdoniy azoblarimni eslasam, oradan 40 yil o‘tgan bo‘lsa
ham, o‘sha fojia zarbasidan ko‘nglim yarasi hali ham bitmaganlikdan, qalamim uchidan
oqqan qora siyoh u kunni eskarib qonga aylanur edi. Chunki, hech ishdan xabari yo‘q
marhuma onalari boshliq u kunda barisi yosh, uyg‘oq — uyquluq o‘g‘il, qizlarim ustilariga
tun qorong‘usida
eshikdan kirib kelishim bilan, barilari ko‘zimga jaldirashib qarab
turishdi. Endi sizlarni Allohga topshirdim. Yer usti tor ko‘rinib, hech joyga sig‘may
qoldim, yo‘ldoshlarim ko‘chada qarashib turibdi. «Omin» denglar deyishim bilan, cho‘ng-
kichik demay uvvos tortqonlaricha qo‘l-oyoqlarimni quchoqlashib, «Bizni kimga tashlab
ketasiz?» - deb yig‘lashgani turdilar. Ko‘nglim buzilib boshimga tog‘ ag‘darildi, nima