QORAKO’L SHAHRI
Shu bilan To‘qmoqqa kelib ming turli tashvishlar orqali biror yil o‘tkarib edim, shu
orada o‘ntacha shogirdlarini ergashtirgan holda mashhur Lo‘liqori laqablik Ro‘ziqori
domla biznikiga mehmon bo‘lib Andijondan kelib qoldi. Bu kishi biz bilan Buxoroda bir
pir, bir ustoz bo‘lg‘onlikdan, eng hurmatlik sanalgan aziz mehmonimiz edi. Imkoniyat
boricha besh-o‘n kunlab mehmonnavozlik xizmatimizni bajo keltirdik. Qarasam, bu
yerning ob-havosi mijozlariga to‘g‘ri kelib qoldi. Asli maqsadlari esa Qorako‘l (Hozirgi
Qirg‘iziston shahri)
orqali Yorkentga, u yerdan G’uljaga o‘tmoqchi ekanlar. Yo‘lboshchilari
u tomondan xabar kelturguncha shu yerda turmoqchi bo‘ldilar. Darhol o‘z istaklaricha,
To‘qmoqdan o‘n ikki chaqirimlik tog‘ ichidagi Bektoshota mozo-riga chiqarib qo‘ydim.
Bektoshota — hozirgi tarixdan 900 yil ilgari o‘tgan Turkiston hoqonlaridan Jambuldagi
Avliyoota laqablik Qoraxon podshoh bilan zamondoshdir. Bek-toshota u kishining
laqablari bo‘lib, nomlari esa Abdulaziz bobodir. Mehmonlarimiz bu mozorga chiqa-
rilgach, ixloslik musulmonlar bular uchun har to‘g‘rida yordamlarini ayamadilar. Orada
30 — 40 kun o‘tgandan keyin bularni G’ulja tomonga kuzatib qo‘ydik.
Shu kunlar dahriylar davlatining boshlang‘ich davri bo‘lganliqdan GPU jallodlarining
Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
39
dahshatli hara-katlari avj olmish edi. Bular ketib 5 — 10 kun o‘tar-o‘tmas meni
Pishpekka chaqirib so‘roqka olg‘andin so‘ngra qamoqqa buyurdilar. Ketganlar ustidan
necha qayta so‘roq o‘tkazib ilintira olmagach, uch oy chamaliq qamoqda yotib, yana
bo‘shanib chiqdim. Bu esa to‘rtinchi yo‘l qamalishim edi.
Shu sababli safar taraddudini ko‘rib, To‘qmoqdan 250 chaqirim chamali sharq
tomondagi Qorako‘l shahriga bormoqchi bo‘lib, yo‘lga chiqdim. To‘qmoqda turgan
otushlik Abdurahmon tuyachi safar yo‘ldoshim bo‘ldi. Uydan chiqqach, orada bir qo‘nib
Issiqko‘lga yetdik. U kunlari eng ko‘ngilli, manzarali bo‘lgan ko‘lni bo‘ylab yurganimizcha
To‘qmoqdan chiqib beshinchi qo‘nalg‘uda sha-harda bo‘ldik. Qorako‘l shahrining qurilgan
o‘rni — go‘zal manzarali, ko‘rkli bo‘lib bir yog‘i ko‘m-ko‘k shi-shadek ko‘karib turgan ko‘l
qo‘ltig‘iga, ikkinchi tomoni, to‘g‘ri ko‘chalar bo‘lib, cho‘zilg‘anicha yam-yashil qara-g‘ayli
toqqa borib tutashgan edi. Biz borgan kunlari may oyiga to‘g‘ri kelganlikdan havo
ochig‘ida ko‘l ko‘kday ko‘rinib, dala, tog‘-toshlari yam-yashil bo‘lib ko‘zga tash-lanur edi.
Shaharga kirgach, marhum otamiz qadrdonlaridan otushlik Ro‘zioxun hojim uyiga
tushdik.
Qorako‘l shahri necha tomondan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan bir yer ustiga
qurilmishdir. Birinchidan, bu joylarni butun tarixiy kitoblarda Turkiston beshigi, turk
otasi O’g‘uzxon poytaxti deb ataydilar. Ikkinchidan, islomdan ilgari madaniyatli o‘g‘uz
turklari bo‘lgan Ediqut elining tupki vatanlari bo‘lib, Bolosog‘un esa turk hoqonlarining
poytaxti edi. Uchinchidan, Movarounnahr (Turon) mamlakatlarida mo‘g‘ullar hokimiyati
Temur sulton tomonidan zarbaga uch-ragach, To‘g‘luq Temirxon o‘g‘li Ilyosxo‘ja
qo‘shinini taqamish qilib yuz ming askar bilan kelayotgan Amir Temur Issiqko‘l bo‘ylab
Qorako‘l, Qorqora, Tekas, Ko‘ksuv, O’g‘uz orqali o‘tib, cho‘ng Yulduzga tushmish edi.
U yerdagi mo‘g‘ul qoldiqlari ham yengilgach, Ilyosxo‘ja o‘g‘li O’g‘lonxon o‘z askari
bilan Oltoy orqali Qoraqurum Mong‘uliyaga qochmishdir. Bular ortidan Mirzo Ulug‘bek
bobosi Temur sulton buyrug‘i bilan
o‘n ming otliq askar olib quvgan bo‘lsa ham, qochqinlarga yetolmay, Ertish suvidan
quvib o‘tkazib ortga qaytmish edi. So‘ngra Ulug‘bekga yetarlik askar qo‘shib Muzdovon
orqali Oltishaharga o‘tish, u yerlardagi mo‘g‘ullar hokimiyatini bitirgach, Koshg‘ar orqali
An-dijonga borishni buyurdi. O’zi bo‘lsa bor lashkari bilan g‘olibiyat zafar bayrog‘ini
ko‘targanicha Yulduzdan qaytib Toyoshuv, Dog‘ut, Kunas orqali To‘g‘luq Temirxon
poytaxti Olmalig‘ga, hozirgi Qo‘rg‘osga kir-di. Bu yerdagi xon xazinalaridan qoldiqlarini
sipi-rib olgandan so‘ngra, hoqon oilasiga ega bo‘lib, xon qizini o‘ziga nikohga olgach,
mo‘g‘ullar uni ko‘ragon (kuyov) deb atadilar. O’z rasmlaricha ulug‘lab, xon qizi tarog‘ini
yuz mo‘g‘ul, sirg‘asini yana yuz mo‘g‘ul oltin qutilarga solishib boshlarida
ko‘tarishganlaricha Sa-marqandga keltirdilar. Shular urug‘idan Taramochi, Sirg‘ali
nomida ikki qabila o‘zbeklashib, Samarqand, Shahrisabz atrofida hozirgi kunga dovur
yashab kel-moqdalar. Temur sulton shu safarida mo‘g‘ullarga eng so‘nggi qahshatqich
zarba berib, Turon-Turkiston elidan ularning hokimiyatini tub-tomiri bilan yulib
tashlamishdir. Chingiziylar davlatining so‘nggi hoqoni To‘g‘luq Temirxonning
Samarqandga keltirilgan xazi-nasi ichida yashil toshdan yasalgan birovi ko‘k, ikkinchisi
— ok tusli kattaroq taxt toshlari ham bor edi. Samarqandda «Xitoydan kelgan ko‘ktosh»
degan xalq og‘zidagi so‘z asli shundan chiqqan bo‘lishi kerak. Ko‘rganlardan
eshitishimizcha, bu toshlarning to‘rt puch-mog‘ida kosa og‘zidek to‘rt o‘yig‘i bor ekan.
Turkiston xalqi o‘zlariga bir kishini xon ko‘tar-moqchi bo‘lsalar, rasm odatlaricha shu
o‘yiqlarga tilla to‘ldirib qo‘yar ekanlar. So‘ngra, yuz kishi sig‘ib o‘ltur-g‘udek, katta bir oq
kiygiz ustiga xon bo‘lmish kishini o‘ltirg‘izib, to‘qson ikki bovli (unvonli) o‘zbek-turk
urug‘idan kelgan to‘qson ikki ulus beklari ko‘ta-rishib, taxt toshi ustiga qo‘yar ekanlar.
Palonchini xon ko‘tardik degan so‘z asli shundan chiqmishdir. Bu esa butun xalq uning
Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy
Dostları ilə paylaş: |