www.ziyouz.com kutubxonasi
37
Endi yuqoridagi so‘zga ko‘ra biz o‘zbeklar shu kun-gi holimizni yuzaki emas, chuqurroq tekshirib ko‘raylik. Qaysi holda turamiz, qanday xorlik ostida yashaymiz, hayotimiz ustidan kimlar hukm yurgizib, taqdirimiz kimlar qo‘liga topshirilmishdir? Jannat kabi bog‘i-bo‘ston, noz-ne’matlik Vatanimizga kimlar ega bo‘lib, ul joylarda kimlar o‘ltiradi? Vatanimiz, boz ustiga mol-dunyomiz, axloq-odoblarimizdan bizni kim ajratdi? Butun hayot, hosi-lot, erk-ixtiyorimizni majburiy ravishda qo‘limizdan kimlar tortib oldi? O’zbekiston, ayniqsa Qirgiziston, Qozogiston o‘lkalarida o‘z ahllaridan necha barobar bosqinchilar ko‘payib, butun yerlarimiz ruslashtirildi. Boshqalarga ko‘z bo‘yov uchun qogoz ustida «O’zbekiston», «Faloniston» degan nomlar berib, ish ustida Maskov tomonidan tayinlangan bir qancha Vatan xoinlari, amalparast, vijdonsiz, maslaksiz odamlarni yerlik xalqlar nomidan qo‘ygan bo‘lib, iqtisodiy, siyosiy, harbiy ishlarni o‘z qo‘llarida tutmoqdalar. Xalqimiz o‘z mehnatlari bilan topgan iqtisodiy boyliklarni va Vatanimizdagi tabiiy boyliklarni uyatsizliklarcha talamoqda. Xrzir yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida butun dunyo bo‘yicha mustamlakachilik davri yo‘qolish oldida turishiga qaramay, biz Turkiston xalqi sovet bos-qinchilarining ajoyib bir mustamlakachilik davrida turibmiz, hatto xalqimiz ruslashtirilib, yo‘qolib ketish xavfi bor. Bizlar butun huquqlarimizdan ajragan holda, bog-bo‘ston, noz-ne’matlik Va- tanimiz, ota merosi halol mollarimiz ko‘z oldimiz-da, baqraytib turib, bosqinchi dushmanlarimizga bo‘lib berilmoqdadir. Unumlik Vatanlaridan necha million tonnalab «oq oltin» — paxta chiqarib berayotgan baxtsiz dehqonlarimizning xo‘jaliklari bo‘lgunlikka tushib, shu kunlari qanday ogirchiliklar bilan kun kechiradilar. O’z eli, o‘z yerida garib bo‘lgan bu bechoralarga gamxo‘rlik qiluvchilar, bularni qaygurib eskaruvchilar bormi? Bu uyatsizlar «Itingni och saqla, or tingdan ergashsin», degan maqolni tilga keltirma-salar ham amalga oshirdilar. Haqiqatda Vatan qadrini bilmagan hozirgi (1960 yillardagi) O’zbekiston hukumati boshliglari kabi bir necha mansabparast, ochko‘z ki-shilarni orqaga ergashtirib, shular orqali o‘z maqsadlarini bajarmoqdalar. Zilzila bahonasi bilan (1966 yil 26 aprel Toshkent zilzilasi) bizga yordam yetkazmoqchi bo‘lib sel kabi qoplab kelayotgan bosqinchilar kimlar hisobiga yayrashib, kimlarning Vataniga ega bo‘ldilar? Yerlik xalqlarni shahardan chetga haydab, bularning joylariga necha qavatlagan imoratlar solinib, bu imoratlarga butunlay ruszabonlarni ko‘chirib keldilar. Uyidan ajragan bechora yerlik xalq yosh bolalari bilan ko‘chalarda diydirab yurib, arangina bir oshyona solish imkoniga ega bo‘ldilar. Mana bu fojialarga umumiy Vatan ahllari — o‘zbek xalqimiz, ayniqsa yangi hayot egalari, zamonaviy o‘qimishlik Vatan bolalarimiz, siyosatshunos vatanparvar, zamonaviy buyuk olimlarimiz ahamiyat berib qattiq qaygurishlari, albatta, lozimdir. Chunki bir millatning Vataniga tushgan ofatlar esa u millatning jasadlariga yopishgan vabo mikroblari kabidir. Agar unga qarshi chora ko‘rilmas ekan, ko‘p uzoqlamayoq hayot olamidan oti o‘chirilib, u millat tub tomiri bilan yulinib tashlanadi. Hozirda esa bizga qarshi qo‘yilgan bosqinchilar kuchi boshlangich davrga qaraganda yuz barobar oshganlikdan, biz Vatan ahllari ular oldida tog ostida qolgan chigirtkachalik ham kuchga ega emasdurmiz. Lekin bunga qarshi toglarni agdargudek kuchga ega bo‘lgan ularning dushmanlari esa payt poylab qarshilarida qarab turibdilar. Endi bizga bularning temir changallaridan qutulish uchun zamonaviy ilm-hunarlarni qo‘lga keltirib, vaqt kutib tayyorgarlik ko‘rishdan boshqa chora mumkin emasdir. B a y t: Sabr qil, boglar zamon dushman qo‘lin orqasiga, Vaqtin o‘tkazma o‘shanda, dushmanni ur boshiga. Chunki bir davlatning qurilishi uchun misoli bir zavod binosining qurilishi kabi shunga