Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
chorasini izlash har bir Vatan bolasining muqaddas vazifasidir. Buning uchun bizlar diniy 
va milliy hissiyotlarimizni saqlash bilan bir qatorda, birlik-ittifoqligimizni kuchaytirib, eng 
avval ilm qurolini qo‘lga kiritishimiz kerakdur. Havodan boshqa, o‘t-suvdan boshlab 
inson hayotiga kerakli barcha narsalarni qulf-kalit qilib, o‘z omborlariga qamab oldilar. 
Ming turli qilgan hunar-tadbirlari, har kuyga solib o‘qigan baytgazallari bilan, vaqti 
kelganda odam bolasini bir parcha non oldida bosh egishga maj-bur qildilar. «Uldirmay 
olar jonimni, bo‘gizlamay ichar qonimni, o‘lchab berar nonimni», deb bundan necha yuz 
yillar ilgari aytgan qozoq shoirining so‘zi hozir bizning ustimizga kelib o‘rnashdi. 
Dinsizlik tufayli o‘girlik, odob axloqsizlik, bir biriga hurmatsizlik, vijdonsizlik ko‘paydi. 
Hozirgi madaniyat davrida diyonat bilan taraqqiyot birga yasholmaydi degan xato fikr 
oqillar oldida emas, jahon bo‘yicha johillar orasida tarqalmishdur. Haqiqatda esa, din 
poklikdur. Poklikka qurilgan axloqdur. Dinimizning asli aqldur, quroli ilmdur. Hozirgi 
taraqqiyot islom axloqi asosida olib borilsa, insonlar uchun eng foydalik madaniyat 
bo‘lishida shak yo‘qdir. Umuminsoniy haq huquqlar butun xalq oldida, ayniqsa, hukumat 
doiralarida qonuniy ravishda himoyalanib saqlanar ekan, o‘shandagina madaniyati 
fozilaga erishiladi. 
Shu kunlarda ustimizda hukmron bo‘lgan dinsizlar madaniyati ersa fosiq madaniyat 
deyiladi. Bunday madaniyat insonlarni ham axloqiy, ham ruhoniy fazilatlaridan butunlay 
ajratadi. Kommunistlarning mustabid hukmronligi ostida yashayotgan hamma, insonlik 
huquqlaridan butunlay mahrum bo‘lib, hayvonlar qatorida erksiz ishlayotganligini ko‘rib 
turibmiz. 
Hozirgi davrda qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham, kundan kunga ilm o‘sayotganligi ko‘riladi. 
Buning rahbarligi orqasida, insoniyat olami kommunistlar ofatidan qutilar kun bo‘lar 
degan xayoliy umidlar ham ko‘ngilga keladi. Lekin markaziy arboblardan boshlab, 
tubandagi tabaqaga kelguncha, hamma ish ustida o‘ltirgan hukumat xizmatchilari 
shaxsiyatparast, vijdonsiz odamlardangina iborat bo‘lsa, bu umidning vujudga chiqishi 
mumkin emasdir. Chunki, ilmga agar aql chirogi rahbarlik qilmas ekan, har kim uni o‘z 
qobiliyatiga qarata ishlatadi. Shuning uchun yomonlar ilmidan hozirgidek doimiy 
yomonlikdan boshqa natija chiqmaydi. 
Buning yana bir sababi ersa, ko‘pincha ish boshida o‘ltiruvchilar ikki guruh 
kishilaridangina iboratdir. Birinchisi ko‘rlarcha yetakchisi orqasidan ketayotgan, qizil 
belatidan boshqa ishonadigani yo‘q, mansabparast kommunistlardir. Ikkinchisi esa 
hozirgi madaniyat sohasidagi fanlardan yetarlik darajada o‘zlashtirib, ilmiy jihatdan xalq 
uchun foyda yetkuzarlik ma’lumotni egallagan bo‘lsa ham, o‘z nafsi uchun hamma 
narsani qurbon qiladigan odamlar, ayniqsa, iqtisodiy o‘rinlarni egallagan, ko‘proq shu 
vijdonsiz kishilardir. 
Endi ish shunday bo‘lgach, ilm ma’rifat rivojlangan sari fikrlar o‘zgarib, o‘z ichidan 
o‘nglanib qolishga ko‘z tutish xayoliy umiddan boshqa narsa emas. Payg‘ambarimiz 
Muhammad alayhissalomdan «Qiyomat qachon bo‘ladi?», deb so‘raganda: «Xukumat 
ishlari yomon odamlar qo‘liga o‘tganda bo‘ladi. Men ko‘rsatgan oydan yoriq, to‘gri 
yo‘ldan ummatlarim chetga chiqqanlarida, xalq boshiga shunday fitnalar kelgusidirkim, 
o‘sha zamonning eng dono bilgichlari ham chora topolmay, hayronlikda qoladi», dedilar. 
Bundan 1360 yil ilgari bergan shu xabarlarini hozirgi kunda ko‘zimiz bilan ko‘rib 
turibmiz. Qur’on nima degan bo‘lsa, Rasululloh alayhi vasallam nima xabar bergan 
bo‘lsalar, uning haq rostligida hech gumonimiz yo‘qdir. Ko‘ngliga gumon kelganlar 
ko‘zlari ko‘rganda, albatta, ishonadilar. 
Inson yaratilgandan beri yer ustiga har turlik ofat-balolar kelganligi yolgiz tarixdagina 
emas, bal-ki, Tangri tomonidan payg‘ambarlarga tushib, bizgacha yetgan Tavrot, Injil, 
Qur’on kabi ilohiy kitoblarda ham xabar berilmishdir. Lekin bu dunyo ahli qanchalik ko‘p 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin