www.ziyouz.com kutubxonasi
48
balo ofatlarni ko‘rib, boshidan kechirgan bo‘lsalar ham, shu kunlarda bizlarning bosh ustimizga kelib o‘rnashgan dinsizlik balosini ko‘rmagan edilar. Ayniqsa, bu balodan boshqalarga qaraganda eng qat-tiq zararlanganlar biz Turon Turkiston musulmonlari bo‘ldik. Chunki, chor bosqinchilarining shum qadamlari yetgan kundan boshlaboq o‘z hukumatimizdan ajragan bo‘lsak ham, diniy, milliy, vataniy huquqlarimiz o‘z qo‘limizda edi, qachonki bu madaniy yo‘qsillar qo‘liga hukumat o‘tdi ersa, shu kundan bosh-lab yuqoridagi huquqlarimizdan ham ajradik. Nega bunday bo‘ldik? deganimizda, Qur’onning aytishicha, bandaga berilgan ne’matlarning zavoliga o‘zi sababchi bo‘lur. Hech vaqt qaytarib olmagay, berganini qaytarib olishdan Alloh o‘z bandalariga nahiy qilib, ularga bu ishni loyiq ko‘rmas ekan, o‘ziga qanday loyiq ko‘radi? Xudo Qur’onda «Sizlarga bergan ne’matlarimga qanchalik shukr qilsanglar, men ham shunchalik orttiraman. Agar qadriga yetmasanglar, u ne’matlardan ajraysizlar, yana qattiq azoblik javobga tortilasizlar», deydi. Vatanimizni, dinimizni dushmanlardan saqlash, Kuron hukmicha, hamma musulmonlarga farzdir. Chunki, xudo Qur’onda: «Dushmaninglarga qarshi imkoniyat boricha qurol tayyor qilinglar», deydi. Rasululloh zamonlaridagi musulmonlarga o‘sha zamon qurollarini tayyorlamoq farz bo‘lmish edi. Bizlarga esa, o‘z Vatanimizni ozod qilish va uni saqlash uchun zamon qurol jabduqlarini qo‘llamoq va zamonaviy ilmlarni o‘qimoq farzdir. Agar buni qilmas ekanmiz, Qur’ondagi Alloh amriga tushunmagan bo‘lamiz. Vatanimizni ozod qilish, o‘z davlatimizni qo‘lga keltirish va uni saqlash uchun, har davrning o‘ziga yarasha butun sabablarini qilish, Kur’onda aytilgan Alloh amri deb bilishimiz kerak. Ba’zi bir johillarning aytganlaridek, Kur’onda: «Bu dunyo kofirlarniki, oxirat-sizlarniki», deyilgan emas, balki «Islom hammani yengadi, hech kimdan yengilmaydi, hammaning ustida bo‘ladi, ostiga tushmaydi. Har ikki dunyo yaxshiligini Allohdan so‘ranglar», deyilgandir va ham bularni qo‘lga keltirish choralarini ko‘rsatib, butun sabablarini to‘liqlab qilishga buyurmishdir. Endi xudo va payg‘ambar so‘zlarida hech shak yo‘qdir. Nima bo‘lguluq, ko‘rguluklar boshimizga tushdi ersa, undan ibrat olib, kelajagimizni o‘nglashimizdan boshqa uning chorasi yo‘qdir. B a y t: Borlig‘im saqlay desang ilm hunardan qil yaroq! Yo‘q esa olg‘ay boringni qilmay hech kim so‘roq. Yer yuzi o‘zgardi ammo, o‘zgarishdan bizda yo‘q, Sindi Turkiston elining boshida yuz ming tayoq. Och ko‘zing Turon eli, zing‘irt bo‘lurmu qo‘ychibon, Bormu bu yongliq bulon, payqab qara boshdin oyoq! Har o‘g‘il voris bo‘lur qolgan otaning moliga, Bo‘ldi Turkiston elining vorisi yuzsiz qaroq. Mol egasidur qaroqchilar bu ajoyib ishga boq! Baxt ochilmas ul kishilar, kim erurlar ilmsiz, Ilmsizlar xor bo‘lur xohi qarodur, xohi oq. Qaysu millat ustidin hokimlik etsa boshqalar, Bu kabi xorlik hayotdin o‘lganidir yaxshiroq. Ilmu iymon ikkisidin bahralik bo‘l ey o‘g‘il! Bu ikkovlon birla olg‘aysan qo‘lingga shamchiroq.