Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
Ayniqsa, o‘z do‘stlarimizdan Abish, Haydarali ularning xotinlari Oysha, Oyqon bu er 
xotinlarning bu kabi og‘ir yo‘llar, mashaqqatlik safarlarda menga ko‘rsatgan hurmatlari, 
qilgan xizmatlarini eskarib, hayotim boricha ularga rahmatlar aytib duo qilurman. Alloh 
ularni rahmat qilib, joylari jannatda bo‘lsin! Qandag‘ ham bo‘lsa, shu kechani qor-muzlar 
orasidagi qora toshlar ustida tong ottirdik. Ertasi oyna ustiga tushgan yog‘du kabi, qor 
muz ustida yaltirab turgan quyosh ko‘tarildi. Yo‘l bilgan, yuz ko‘rgan yo‘lboshchi kishimiz 
bo‘lmagach, endi nima qilishimiz kerak? 
Xotin bolalardan boshqa qariyosh demay butun er kishilar barimiz otlanib, toqqa 
tirmashdik. Ming mashaqqat bilan tog‘ tepasiga chiqib qarasak, mo‘ljali uch chaqirim 
kelguday, tog‘ teskayini qor muz qoplamish edi. Mana shu yerda biror yuz kishi yayov, 
otliq bo‘lib, bizdan ilgari qochgan kishilar yo‘l solgan bo‘lsalar, shular izidan yurib 
o‘tarmiz, degan umid bilan shu kuni ertadan kechgacha yo‘l izlab iz qidirdik. Biroq 
baxtimizga qarshi tuyoq yoki oyoq izi tushgan biror nishon topolmagach, kechki sovuqqa 
qolib, bo‘ron chopqunga uchramaylik deb, nochorlik bilan or-timizga qaytdik. 
Xudo o‘nglab, Ko‘kko‘l beli ustiga uch to‘rt qurollik qorovul qo‘yib o‘tgan edik, yo‘q 
ersa orqamizdan quvib kelayotganlar izimizga tushib ustimizdan bosar ekanlar. Iz quvib 
kelganlar bel ustiga chiqqanda bizning qorovullarimizdan qarshilik ko‘rib, ketiga 
qaytmish edilar. Shu bilan ikki qo‘nib muz tog‘lar orasida yo‘l topolmay, ovora bo‘lgan 
so‘nggida yana orqamizga qaytib keldik. Ot ulovlarimiz charchab, o‘zimiz 
qiynalganimizdan bel ustida bir ikki kun eruv (dam olish, hordiq chiqarish) qilib, shu 
orada ikki kishini yer chorlab (atrofni bilib kelish, razvedka qilish) kelish uchun Oqsuv 
dovoni tomonga yubordik. Ketgan kishilarimiz ikkinchi kuni tinchlik xabarini keltirgach, 
bu yo‘lning ikki kunlik olisligi bo‘lsa ham, boshqa iloji bo‘lmaganlikdan shunga kirishga 
majbur bo‘ldik. 
El yaylovdan ko‘chgan kezi, yo‘llar jimjit, issiq sovuq orasida havo ochiq bo‘lib, 
tinchlik bilan Oqsuv dovonini oshib, kelishgan keng bir yaylovga tushdik. Bu yerga 
kirgach qirga, tevarak to‘rt tomonga ko‘z soldim ersa, o‘tmishdagi erkinlik qo‘ynida kun 
kechirgan o‘rozlik o‘g‘uz urig‘i Ediqut eli u tog‘dan bu tog‘ga, u soydan bu soyga yer 
tanlab, ko‘chib yurganlari esimga tushib xayol dengiziga cho‘mdim. Keng yuzlik 
sabolarda (yog‘och tog‘oralarda, idishlarda) ko‘pirib yotgan qimizni qizil ko‘karlarga 
(yog‘och bokallarga) quyib ichganlari, qo‘y qo‘zi etlari ko‘ngillariga tekkach, qulun (biya 
bolasi) so‘yib yeyishga kirishgan kunlari ko‘z oldimga kelib, hayronlikda qoldim. Bir oz 
bo‘lsa ham erkinlik olamiga chiqqandek bo‘lib, hordiq chiqarish uchun bu o‘rinda ikki kun 
eruv qilib to‘xtagandan so‘ngra, Toysovrun, Boysovrun degan yaylovlardan hali el 
ko‘chmagan ekan, kechalab tun qoron-g‘usida u yerdan o‘tib, Jilaqarag‘ay dovoni 
ostidagi qalin qarag‘ayzor ichiga kirib qo‘ndik. 
Bizning bu yurgan yerlarimiz Turkiston beshigi, O’g‘uzxon poytaxti atalgan Issiqko‘l 
o‘lkasining shimol tomonidagi Tyan-Shan tog‘larining tarmoqlari edi. Bu yerga kelish 
oldida yog‘a boshlagan qor, yomg‘ir tun bo‘yi to‘xtamay yoqqan bo‘lsa ham, har tup 
qarag‘ay bir qirg‘iz o‘tovidek bo‘lib, tubiga tushgan musofir mehmonlarni qor yomg‘ir 
hujumlaridan o‘z oilasidek asramish edi. Ertasi havo ochilib kun ko‘tarilgach, bu yerdan 
ko‘chib shimol tomonga qarab, tog‘dan tog‘ga osha ot tortib yurganimizcha, boshi 
ko‘rinmay tuman bilan chirmalgan, bir ulug‘ tog‘ tubiga yetdik. Shu yerga kelganimizda 
havo buzilib qor ura boshlab, yolg‘izoyoq kelayotgan yo‘limiz yuzi yopilib, qayoqka 
yurishimizni bilolmay to‘xtalib qoldik. Qirg‘iz yigitlari esa yayovlab, tog‘ yuziga tirmashib, 
yo‘l izlashgani turdilar. Borgan sayin qor yog‘ishi qattiqlashganlikdan ko‘z qoplagan 
burosha (bo‘ron, qattiq shamol) bo‘lib, yo‘l izlashgan yigitlarimiz bir birlarini ko‘rolmay 
qolishdi. Buning ustiga yolg‘izoyoq yo‘l ustida uzundan uzun turib qolganimizdan, 
otlarimizning beli tolib yota boshladi. Qarasak, kun tushdan og‘ib boradi. Agar shu 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin