Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
ko‘rgandek barimiz quvnashgan holda chuvqon (baqirish) solishib, yog‘liqlarimizni (qo‘l 
ro‘moli) aylantirib ularni chorlagani turdik. Bizga qarshi ular ham do‘stlik belgisi bildirib
javob qaytargan bo‘ldilar. Biz pastda, ular tog‘ ustida ikki o‘rta uzoqroq bo‘lib, tovush 
yetar lik emas edi. Oradan biror soat o‘tar o‘tmas tog‘dan tushib, to‘p qarag‘ay ichiga 
kirganlaricha, ikki uch soat kutdik, u yerdan chiqmadilar. Bu ishdan gumon olib, bizga 
qo‘rqinchlik tushgach, buni payqab kelish uchun ikki kishini yubordik. Bular yoshirincha 
borib qarasalar, bizni tutishga Qorako‘l shahridan yuborilgan o‘ttizcha askar bo‘lib 
yotmish ekanlar. Buni ko‘rib shoshilinch bilan qaytib kelayotganlarida yo‘lda ular 
tomonidan o‘ldirilgan Qo‘ychi botirning ikki yigitini ko‘rmish edilar. 
Shu bilan ishning qanday ekanligi bizga ma’lum bo‘lg‘ach, darhol qurolli kishilarimizni 
tog‘ betidagi yoshirin o‘rinlarga joylab, shu kuni bir-birlarimizni poylashib yotdik. Kech 
yaqinlashgan sayin, havo buzilib, qor yog‘ib, tun qorong‘uligi bosti. Biz kelayotgan 
yolg‘izoyoq yo‘limizni dushman to‘sib turg‘onlikdan, otishib-chopishib bo‘lsa ham, shular 
oldidan o‘tishimiz yoki orqamizga qaytishimiz kerak, bundan boshqa choramiz yo‘q edi. 
Ko‘pchilik yo‘ldoshlarimiz qo‘shqulon, xotin bolalik bo‘lganliklari uchun, dushman oldidan 
kesib o‘tishga jur’at qilolmadilar. Buning ustiga qor qattiq yog‘ib, oldi-orqa yo‘limiz 
butunlay yo‘qoldi. Ulug‘ tog‘lar oralab yo‘lboshchisiz yolg‘izoyoq yo‘l bilan qo‘rqinch 
ostida kelayotib, har tomondan dushman bilan o‘ralgan holda, bu kabi og‘ir kunga 
qolishimiz bizni eng qattiq dahshatga tushirmish edi. Axiri, o‘zaro kengashgandan 
so‘ngra, oldimizdagi dushman qo‘liga tushmaslik chorasini o‘ylab, orqamizga qaytdik. 
Ko‘z ko‘rmas qorong‘u kechasi, ming turlik mashaqqat bilan tog‘dan tog‘ga oshib o‘ltirib, 
tongga yaqin bir soy ichiga kelib tushdik. Shu kecha har qancha mashaqqat tortgan 
bo‘lsak ham, hozircha rahmsiz dushman qo‘lidan qutilgan hisob bo‘ldik. 
Agar bu vahshiylar qo‘liga tushar ekanmiz, xotin bolalar bilan bir qatorda birortamizni 
qoldipmay, otib chopib yo‘qotib yuborish, bularning odatlari edi. Xudo saqlab, shu tuni 
qalin qor yoqqanlikdan ertalab izimizni topisholmay, boshqa yo‘l bilan o‘tib ketgan deb 
gumon qilib, ketlariga qaytgan ekanlar. Shu bahona bo‘lib ularning nohaq zulmlaridan 
bizlarni xudo qutqarmish edi. Ikkinchi kuni esa, u soydan ko‘chib, Chelak dovoni 
tuyug‘idagi qalin qarag‘ay ichiga kirib, omon olmoqchi bo‘lib ketayotganimizda, Issiqko‘l 
bo‘yidagi qirg‘izlarning oqsoqollaridan bir necha kishilar oq bayroq ko‘tarishib oldimizda 
ko‘rindilar. Qarasak, bular bizni yo‘ldan qaytarish uchun byr qancha aldov yolg‘on 
va’dalar bilan hukumat tomonidan yuborilmish kishilar ekan. Qochoqlar ichidagi 
chog‘aylarga (kambag‘allarga) tarqatish uchun bir muncha tayinlangan narsalar ham 
bor. Bularning sirti totliq, ichi zahar so‘zlariga besh olti odamdan boshqa ko‘pchiligi 
aldanib, qaytishga moyil bo‘ldilar. 
Shu bilan kelgan yo‘limizni qoldirib, Suttibuloq oshuvi orqalik ikkinchi yo‘l bilan, 
otlarimiz oriqlagan, o‘zimiz xorib charchagan holda, Issiqko‘l usti Boysovrun yayloviga 
qaytib keldik. Bu yerda sayaq urug‘i qirg‘izlardan ota qadrdonlarimiz ko‘p edi. Har 
qaysilari bizni chaqirib, ziyofat qilgani turishdi. Tanimiz sog‘ bo‘lsa ham, ko‘nglimiz 
tinchsiz bo‘lg‘anlikdan, yemak ichmagimiz o‘zimizga tatimas edi. Shu yerda uch to‘rt kun 
turganimiz so‘nggida, qirg‘iz yo‘ldoshlarimiz har qaysilari o‘z el-yurtlariga tarqalib 
ketdilar. Bular ichida ko‘zga ko‘ringan besh olti kishi boshimizga tog‘ ag‘darilgandek, 
nima qilishimizni bilmay hayronlikda qoldik. 
Axiri, maslahat bilan To‘qmoqqa qaytmoqchi bo‘lganimizda o‘zim yo‘ldoshlarimdan 
ajrab, falon joyda topishaylik deb, ularni kechalab yo‘lga soldim. Bu yer bilan 
To‘qmoqning oralig‘i ikki yuz chaqirimcha bor edi. So‘ngra qadrdon qirg‘izlardan bir 
yo‘lboshchi olib, ko‘l bo‘ylab yolg‘izoyoq, yoshirin yo‘l bilan uch kun yurganimizda 
Issiqko‘ldan 30 chaqirimcha yiroqlikdagi Maydontol degan qalin to‘qay ichidagi Irisbek 
qirg‘izning uyiga kelib tushdik. Bu kishi ersa, xudo rahmat qilsin, bizning eng ishonimlik 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin