Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
hozirgi kunda inson olami yuziga butunlay ochiqdur. Shu sababdan tushungan Vatan 
o‘g‘lon-qizlarimiz zamonaviy har ilm-hunarni asosi bilan yaxshi tushunib, imkoniyat 
boricha bilib o‘zlashtirishga boshqalardan ortiqroq kirishmoqlari lozimdur» deganlarini 
bilaman. 
1976 yil fevral oyining oxirgi kunlari, men Leningrad shahrida xizmat safarida edim. 
Bobomlarning ahvoli og‘ir ekanligi to‘g‘risida xabar keldi. Tezda Toshkentga uchdim. 
Samolyotdan tushib to‘g‘ri bobomlarning Taxtapuldagi hovlisiga yo‘l oldim. Qarindosh-
urug‘, yaqinlar bilan to‘lgan hovliga kirishim bilan otamning «O’g‘lim, tezroq kir, bobong 
ketmoqda», degan nidosini eshitdim. Uyga kirishim bilan musaffo sokinlikda ko‘zlari 
yumuq yotgan bobomlarga ko‘zim tushdi. Atrof-yonlarida farzandlari. Ko‘zlariga termulib 
otam nihoyatda past, mungli tovush bilan Qur’ondan «Yosin» surasini tilovat qilib 
turardi. Ko‘zlaridagi yosh bilan shoshilinch holatda menga suv tutib, «Otamga suv 
tomiz», dedilar. Yig‘lab turib muborak lablariga dokada sekin suv tutdim. Ohista 
ko‘zlarini ochdilar. Otam bobomga tikilib turib, nihoyatda past ovoz bilan «O’g‘lingiz 
Uvaysxon yetib keldi», dedilar. 
Bobomning ko‘z qorachiqlari men tomonga yalt etib o‘girildi. Bir «uf» tortdilar, 
muborak, xotirjam yuzlariga ikki tomchi yosh dumalab tushdi. Ko‘zlarini asta yumdilar 
va shu zahoti kalimai shahodat ustida jon uzdilar. Hayotlarining oxirgi soniyalarida ul 
zotning oldida bo‘lish va muborak lablariga oxirgi suvni tomizmoq menga nasib 
etganidan Allohga ko‘p shukronalar qilaman. Bu ne’matni hayotligida qilgan ulug‘ 
duolarining ijobati, ul kishiga bo‘lgan cheksiz muhabbatimning bir belgisi deb bilaman. 
O’zbekistonning har joyidan va Markaziy Osiyo respublikalaridan yetib kelishgan ko‘p 
sonli kishilar bilan birga butun Toshkent ahli ul zotning tobutlarini Taxtapul mahallasidan 
yelkalarida ko‘tarib, vasiyatiga ko‘ra Ko‘kcha dahasidagi so‘nggi maskani bo‘lgan Shayx 
Zayniddin bobo qabristoniga oborib qo‘ydi. U kishining janozasini vasiyatiga binoan 
taqvo birodarlari Temurxonto‘ra o‘qishlari lozim edi. Ammo asrlar bo‘yi zolimlar 
tomonidan xalqimiz qalbiga singdirib kelingan qullik asorati bo‘lmish jur’atsizlik oqibatida 
janozani Ko‘kcha jome’ masjidida marhum Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon 
mufti hazratlari o‘qidilar. 
Hazrat Imom al-Buxoriy nasliga mansubligimiz bilan hurmatdamiz, Temur avlodidan 
ekanligimiz bilan faxrlanamiz, Alixonto‘ra Sog‘uniy vatandoshimiz bo‘lganligi bilan 
g‘ururlanamiz. Mana shunday buyuk siymolar shu Vatandan chiqqanligi uchun, ular 
umuminsoniy qadriyatlar asoschilari va targ‘ibotchilari bo‘lganliklari uchun va biz ham 
shu millat ahlidan ekanligimiz uchun bu Vatanni sevamiz! Uni milliy madaniyat, din, 
axloq go‘zalliklarining majmuasi bo‘lganligi uchun, o‘zlikni anglash g‘ururini qalblarda 
uyg‘otgani uchun yana ham ko‘proq sevamiz! Yosh avlod shu muqaddas Vatanimizga, 
ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lib fikr yuritmog‘i, mehnat qilmog‘i va hech kimdan kam 
bo‘lmaslikni maqsad qilib kelajakka intilmog‘i kerak! Shunda ulug‘ bobolarimiz ruhlari 
shod va Vatan kelajagidan xotirjam bo‘ladi. 
Shunday ekan «O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida» deb nomlangan 700 
betlik yangi tarix kitobida 1960-1980 yillarda o‘zbek xalqining mustabid sovet tuzumiga 
qarshi olib borgan kurashiga bag‘ishlab muhtaram tarixchi olimlarimiz juda oz ma’lumot 
berganini qanday izohlash mumkin! Bundan shu jannatmakon Vatanni bizga meros 
qoldirgan ulug‘ ajdodlarimiz ruhlari iztirob chekishi, qolaversa mustaqil O’zbekiston 
tarixining bu sahifalarini o‘qiydigan yosh avlodda ota-bobolarimiz mustabid tuzumga 
qarshi yetarlicha kurashmagan degan noto‘g‘ri fikr tug‘ilmaydimi? 
Axir, bu tuzumdan norozi bo‘lib, unga qarshi harakat qilgan boshqa shaxslar ham 
bo‘lgan. Masalan, milliy enqiklopediyada nomlari keltirilib, faoliyati boshqa kitob va 
jurnallarda ham keng yoritilgan, asarlari oliy o‘quv yurtlarida darslik qatorida 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin