www.ziyouz.com kutubxonasi
13
ortiqroq ko‘rdim. Chunki bu yerda 1931 yildan 1946 yilgacha bo‘lib o‘tgan ulug‘ tarixiy
voqealarga o‘zim boshchilik qilib emgakim (mehnatim) singgan, ko‘zim ko‘rgan edi.
Boshqa vijdonsizlar kabi tarix yuzini qoralashdan saqlanib, o‘tgan hodisalarda bo‘lgan
voqealarni hech yoqqa burmasdan, bo‘lganicha to‘g‘ri yozishni o‘zimga lozim tutdim.
Lekin, bu ikki o‘lkaning
tarixi, siyosiy hollari bir-birlariga qattiq bog‘langan edi va ham butun dunyoga maydon
1
o‘qigan sovet hokimiyatining, 1917 yili qurilgan kunidan boshla 1931 yilgacha o‘tgan
dahshat vahshatlik kunlarni xirmondan bir dona, balki dengizdan bir qatra bo‘lsa ham,
yozib o‘tmoqni tarixiy vazifam deb bildim. Shuning uchun cheksiz qudratli ulug‘ Tangriga
sig‘ingan holda Sharqiy Turkistonga o‘tkunimcha ko‘rganlarimni, qilgan ishlarimni bayon
qilmoqchi bo‘lib so‘zga kirishdim.
KOSHG’ARGA O’TISHIM Hayot tarixi insonlarning sinfiy kurashlaridangina iborat degan xato fikr Karl Marks
tomonidan o‘rtaga yetishgan kunidan boshlaboq, xalqaro yopirilib yotgan hasad o‘ti
qo‘zg‘alib, inson olamiga fitna-fasodlar eshigi ochilmish edi. Bu fikrni ko‘rlarcha qabul
qilguvchi odamlar qo‘liga hukumat o‘tgandan so‘ngra, xalq o‘rtasida sinfiy ayirmachilikni
va ham xususiy mulkni yo‘qotish uchun, ishchilar hokimiyati otidan dahshatli qonunlar
chiqardilar.
Uning natijasida qora ishchi, nodon dehqonlardan boshqa xalq ichida haqlik, haqsiz
degan fitna g‘avg‘osi boshlandi. Dindorlarcha Alloh odati, dahriylarcha tabiat qonuniga
qarshi turishib, hayot olamida bir tekis haqli yaratilgan insonlar ichidan bir qismini,
o‘zlari chiqazgan xayoliy qonunlariga asoslanib, hayot huquqlaridan butunlay mahrum
qildilar. Bu orqali otilgan-chopilgan gunohsiz kishilar hisobi yo‘q edi. Ulardan oshib
qolgan haqsizlar va ham qochibpisib yurib qo‘lga tushmagan kishilar haqida har turli
jazo belgiladilar. Ba’zilarning borliq narsalari yorg‘u (musodara qilish)
qilinib, bola-
chaqalari ko‘chalarga haydalib, o‘zlari uzoq yerlarga surgun qilindi; ko‘plari esa, uzun
muddatli qamoqqa olinib, og‘ir xizmatlarga solindi. Xalq o‘rtasidagi ba’zi bir odamlarni
qo‘rqitish va aldash yo‘llari bilan yoshirin xizmatlarga bog‘ladilar.
Urush-so‘kish va qiynashlar dahshatidan imonlik-imonsiz, vijdonlik-vijdonsiz kishilar,
bu mansabparast jallodlar oldida bir tekis turishga majbur edilar. Chunki topshiriqlari
to‘liq ravishda bajarilmas ekan, ular uchun belgilangan og‘ir jazolar darhol amalga
oshmog‘i shubhasiz edi. Hech qanday gunohsiz, o‘zlariga qarshi deb bilgan kishilarni
tovush chiqmas yer osti uylariga kirgizib, qiynov ostida o‘ldirish kabi vahshiyliklari
odatdagi ishlaridan edi. Bu jallodlar qo‘liga tushgan baxtsiz mazlumlar, qiynovning
qattiqlig‘idan ko‘ngillaridagi so‘zlari, ko‘milgan mollarini yoshirib qolish buyon tursin,
umrlarida eshitmagan, kishi xayoliga ham kelmaydigan siyosiy tuhmat so‘zlarini iqror
qilishga majbur bo‘lganliklaridan, ko‘plari fojiali halok bo‘ldilar.
Inqilob boshlanish davrida ko‘zga ko‘rinarli kishilar o‘z uylariga sig‘maganligidan, men
ham o‘z Vatanim To‘qmoq (Qirg‘izistondagi Chuy viloyati markazi) shahrida turolmay,
bizdan yuz chaqirim yiroqdagi So‘quluq degan joyda, tungonlar ichida kun kechirishga
majbur bo‘ldim; chunki Buxoro o‘qishini shu zamon odaticha bitirib qaytganim so‘nggida,
diniy ilm o‘quvchilari oz bo‘lsa ham shular ichidan topilur edi. Buning ustiga ular
boshqalarga qaraganda, har to‘g‘riliq bizga yordamchi edilar. Tungon xalqining kelib
chiqishi, tarixini o‘rni kelganda albatta yozishimiz bizning vazifamizdir.
1919 yil oxirlarida Pishpekga (Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri) qarashli Qora-
bolta, Oqsuv kabi 18 rus qishloqlari birlashgan holda bolsheviklarga qarshi qo‘zg‘olon