Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
chiqqanimizdan so‘ngra, yordamga kelturgan ozdir ko‘pdir narsalarimizni tarqatdik. 
O’lganlar oilalariga ko‘z yoshimiz bilan qiroat o‘qib, ko‘ngil aytdik. Bu foydasiz fitnada 
manim o‘z shogirdlarimdan yigirmadan ortiqroq kishi shahid bo‘lmish edilar. Bulardan 
eng kattalarining yoshi o‘ttizdan oshmagan edi. Shunday qilib, bu joyda ikki-uch kun 
turganimizdan keyin yana To‘qmoqqa qaytib keldik. 
Qish o‘tishi yaqinlashib, yerdan ko‘katlar yangigina bosh ko‘tarmish edi. Bir kuni 
ertalab ko‘cha eshigimizdan kishi chaqirgan tovush eshitildi. Qarasam, o‘z 
mahallamizdagi Mirzaboy degan kishi ekan. U meni ko‘rgach, ko‘ziga yosh olib: «Sizga 
yaxshilikdan boshqani tilamaymiz. Hozirgi hukumat oldida, eshitishim bo‘yicha, 
ustingizdan har turli xabarlar borga o‘xshaydi. Endigi maslahat shulki, manavu ishlar yuz 
bosti bo‘lguncha, o‘rin o‘zgartib, boshqaroq yerda turishingiz yaxshiroq ko‘rinadi», dedi. 
Uning bu so‘zidan o‘ylanib, qandaydir ehtiyot yuzasidan, yot bir hukumat tuprog‘iga 
o‘tmoqchi bo‘lib, safar jamolg‘osiga kirishdim. Lekin boshqa chegaralar bizdan yiroq 
bo‘lganlikdan, Koshg‘ar tomoniga o‘tishni ma’qulroq ko‘rdim. Jonfido shogirdlarimdan 
tungon Dovudhoji safar yo‘ldoshim bo‘lib, yo‘lga tushdik. 
Bolosog‘un To‘qmoq bilan Koshg‘ar oralig‘i otliq o‘rtacha yurishda o‘n-o‘n bir kunlik 
yo‘ldir. Bolosog‘un shahrining eski turkcha nomi Moqul bolig‘ bo‘lib, moqul yaxshi, bolig‘ 
shahar demakdir. Islomdan ko‘p yillar ilgari Issiqko‘l bo‘ylaridagi Beshbolig‘ bilan 
Bolosog‘un shaharlarida uyg‘urlarga o‘xshash o‘troq madaniy turklaridan o‘g‘uz turklari 
yashagan edi. Rum podshohlarining laqabi Qaysar, eroniylarniki Xisrov bo‘lganidek, 
Beshbolig‘, Bolosog‘unga kim podshoh bo‘lar ekan, unga Ediqut laqabi qo‘yulur edi. 
Aslida, Turkiston beshigi va poytahti Beshbolig‘-Bolosog‘un shahridir. Hozir ham 
Issiqko‘lning kungay (janub), terskay (shimol) tomonlariga suv ichida qayiq bilan yurgan 
kishilarga Beshbolig‘ harobalari ko‘rinib turadi. Biz bola vaqtimizda ko‘lning sayozroq 
yeridan bir hammom binosi topilmish edi undan chiqqan pishiq g‘ishtlardan qirg‘izlar 
olishib, ulkan manaplar (aslzoda, oq suyaklar)
qabrlari ustiga bir necha gumbazlar 
yasatganlari hali esimizda bordir. Ko‘lning to‘lqinlari bilan chet yoqaga surilib chiqib 
qolgan o‘sha zamonning uy asboblari, dehqonchilik saymonlarini (ish qurollari, asbob-
uskunalari) shu kungacha ham topib oladilar. Bu Beshbolig‘ shahrining harob bo‘lishiga 
kelsak, biz ko‘rgan tarixlarning hech birovida buning bayoni ko‘zimizga tushmadi. 
O’tmishdagi tabiat o‘zgarishlari orqali, yer tebranishi bilan shahar o‘rinlari ko‘lga aylanib, 
suv ostida qolgan bo‘lishi ham mumkindir. Qanday bo‘lsa ham, Beshbolig‘ obidalaridan 
topilgan asarlar eskidan beri o‘troq turklarida ilm, madaniyat bor bo‘lganligini bildiradi. 
Bolosog‘un miloddan ikki ming yillar ilgari o‘tgan Erondagi Qiyoniy podshohlaridan 
Kaykovuz, Kayxisrovlar zamondoshi eroncha Afrosiyob, turkcha Do‘kuxon atalgan turk 
hoqonining uchinchi poytaxti bo‘lgan ekan. Uning birinchi poytaxti Samarqand bo‘lishini 
eski tarixchilar shubha qilishadilar. Biroq shahar chetidagi keng maydon harobasi, yerlik 
xalq og‘zida, Afrosiyob atalishi va bu yaqinlarda u yerdan miloddan eski davr asarlari 
topilishi, turk hoqoni poytaxti Afrosiyob bo‘lganligini quvvatlaydi. Bunga ko‘ra 
Samarqand shahri jahongir Iskandar Makedoniy tomonidan qurilgan degan, ba’zi 
tarixlarda yozilgan so‘z asossiz bo‘lib qoladi, chunki Iskandar Afrosiyob davridan ko‘p 
keyin kelganligi hammaga ma’lumdir. 
Tarix hijratning 536 yili qoraxitoy xoni Gurxon bilan sulton Sanjar Binokand 
(Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida Ohangaron suvining quyilish joyida bo‘lgan o‘rta asr 
shahri. Keyingi nomi Shohruhiya bo‘lgan) yaqinida to‘qnashib, sulton Sanjar qattiq 
yengilmish edi. Bu urushda Sanjar askaridan 30 ming kishi qurbon bo‘lmishdir. Shu bilan 
butun Movarounnahr Sanjar qo‘lidan chiqib, 71 yil qoraxitoy Gurxon qo‘lida qoladi. 
So‘ngra xorazmlik sulton Muhammad Gurxon askarini Buxoro, Samarqand, Farg‘onadan 
haydab chiqaradi. Taroz Talasda (hozirgi Jambul) bo‘lgan urushda Gurxon tarafdorlari 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin