Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
ajragani ustiga o‘z tilidan ham quruq qolar ekan, uning milliyati yutilib, hayoti munqariz 
(inqirozga uchragan, inqirozli) bo‘ldi demakdir. Bunga qaraganda shu kunlardagi Chiqish 
(Sharqiy) va Botish (G’arbiy) Turkiston bolalarining, ayniqsa Uyguristonning kelajagi shu 
dahshat ostiga tushganligi shubhasiz ko‘z oldimizda ko‘rinib turibdi. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Men Koshg‘arga kelgan kunlarimda sovet hukumatining 
yangi boshlang‘ich davri bo‘lib, dunyo hukumatlari oldida tanilmaganligidan hali bu 
yerda elchixonasi ochilmagan edi. Lekin bu mamlakatning ilgaridan beri Chotrol dovoni, 
Tibet orqalik Hindiston, Afg‘oniston bilan savdo aloqalari borligi ma’lumdir. Yorkent, 
Xo‘tan viloyatlarida turg‘un ozu ko‘p ingliz tobunlari ham bor edi. Shuning uchun bular 
bahonasi bilan Koshg‘arda bu davlatning elchixonasi ham uzun yillardan beri faoliyat 
ko‘rsatib kelmishdir. Ma’lumdirki, inglizlar qaysi joyga qadam qo‘ysalar, «madaniyatsiz» 
yerlik xalq g‘amxo‘rligi uchun kelganliklarini bildiradilar. Agar bu so‘z haqiqat bo‘lganda 
Sharqiy Turkiston xalqini bolshevizm balosidan qutqarish sharoiti ularga oson topulur 
edi. Biroq haqiqati bilan insoniyat g‘amxo‘rligini qiladigan payg‘ambarimiz Muhammad 
alayhissalomdan va ham uning chinakam ummatlaridan boshqa birovning bu kabi ulug‘ 
sharafga erishmog‘i mumkin emasdir. Shu kunlari Oltishahar Uyg‘uristondagi Xitoy 
hukumati esa qog‘oz yuzi, til uchi bilan davlat markazi Pekinga bog‘langan bo‘lsa ham, 
o‘rta asr Xitoy xonligi davridan qolgan esdalik bir haykal ko‘rinishida edi. 
Demak, har ikki Turkiston xalqi ongsizlik, ilmsizlik kasofatidan shu kabi qulay 
sharoitlar bo‘la turib ham, bulardan o‘z vaqtida foydalanish yo‘llarini topolmadilar. Ochiq 
bir maqsadni o‘z oldilariga shart qilib qo‘yib, tashkiliy ravishda ish olib borish uchun 
harakat qilgudek birorta odam yo‘q edi. O’zlarining kelgusi istiqbollari uchun hech kim 
qaygurmas edi. Chunki, bu bechora xalq xurofot zulmati, johiliyat botqogiga butunlay 
botgan edi. Bunga o‘sha davrdagi muhit aybdordir. K,ur’onning «Qul hal yastavillazina 
ya’lamuna vallazina la ya’lamun», ya’ni «Bilganlar bilan bilmaganlar har to‘grida teng 
kelolmaydilar» degan hikmatlik so‘zini, albatta, amalga oshirish kerak edi. 
Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqogiga botdi? Buning 
bosh sababi dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat 
tepasida bo‘ldilar. O’zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, 
zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa 
boglamadilar, o‘qish o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun 
Turkiston xalqining ichida uygonish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish 
imkoniyatlari bo‘lmadi. Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar 
sababchidur. 
Endi bu umidsizlanganim so‘shtida Afg‘oniston, Hindiston chegaralari bo‘shligidan 
foydalanib, u tomonlarga o‘tishimni o‘ylagan bo‘lsam ham, yolg‘iz bosh qayg‘usida bola 
chaqalardan ajrab, suyukli Vatanimni dushman qo‘liga tashlab ketishni o‘zimga loyiq 
topmadim. Ayniqsa, yo‘ldoshlarim tungonlar ichida jonfido shogirdim Dovudhoji mendan 
ajramasga shart qilib, qolishimga qattiq qarshilik ko‘rsatmish edi. Buning ustiga, Vaqtli 
Kerenskiy hukumati qurilgan so‘nggida Farg‘onaga muxtoriyat berilib, uning o‘n ikki 
kishidan iborat Muvaqqat hukumati tarkibiga polyak musulmonlaridan bo‘lgan Og‘aev 
ismli bir yurist ham a’zo saylanmish edi. Muxtoriyat Millat majlisi a’zolaridan biri esa 
akamiz Olimxonto‘ra janoblari edi. Bu ishga tishtirnog‘i bilan qarshi turishgan 
bolsheviklar, musulmonlarning eng kekchil dushmanlari sanalgan armanilardan 
to‘plangan askarlarni to‘liq qurollantirib, xalq ustiga keltirdilar. Bularning boshchi 
qo‘mondonlari esa turk qoniga chanqagan, qonichkich Dashnoq firqasining a’zolari 
bo‘lganlikdan Xo‘qand shahri ustida ko‘rsatgan vahshiyliklari o‘rta asr yirtqichlaridan 
Chingiz dahshatlarini unuttipmish edi. Ongsiz xalq buni unutgan bo‘lsalar ham, dushman 
suqqon nayzalarining zarbalaridan yuraklari parchalanmish, ko‘z qonlari bilan ko‘ngil 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin