www.ziyouz.com kutubxonasi
29
bir og‘iz so‘zni amalga oshirish bu yokda tursin, og‘zidan chiqar chiqmas javobga tortilib,
jallodlar qo‘lida yo‘qotilgan kishilar hisobsizdirlar.
Shunday qilib meni qamashdan bularning maqsadlari qo‘rqitib boshqalar kabi
majburiy xizmat topshirish edi, chunki u davrda xalq ko‘ziga ko‘rinarli obro‘ylik kishilar
haqida shunday siyosat qo‘llab ikki yoqlama foydalanmoqchi bo‘lishardi. Ular deganlarini
qildirib, qilmaganlar uchun belgilangan og‘ir jazolarni amalga oshirar edilar. Shunday
bo‘lsa ham mehribon Tangri yordami bilan bir oy to‘lmay turib, turmadan bo‘shanib
chiqishim bilan ular o‘ylaganlari-dek o‘z ishimni yumshatib, orqaga chekinish o‘rniga
yana ham qattiqroq kirishdim. Shunga ko‘ra dunyoni bosayotgan balo seliga to‘qnashib,
30 yillargacha dinsizlikka qarshi har vaqt tashviqot yurgizib keldim. Tajribasizlik natijasi
bo‘lsa kerak, o‘z ko‘nglimda «hech bir musulmon dunyolik shaxsiy foydasi uchun
oxiratini buzib o‘z diniga xiyonat qilmaydi», deb o‘ylar ekanman. Keyin ma’lum bo‘ldiki,
bunday odamlar millat ichida qo‘l bilan sanalg‘udek topilishiga ham ishonolmay qoldim.
Hozirgi madaniyat olamida millatning o‘z xuquqini saqlash sharafi uning qurol kuchigagina boglanmishdir. Shuning uchun to‘liq mudofaa kuchiga ega bo‘lmagan millatlar insoniy huquqlaridan butunlay ajrab, hayvonlar qatorida xo‘rlik bilan yashamoqqa majburdirlar. Ayniqsa dinsizlik olamining markazi hisoblangan bir davlatga chegaradosh bo‘lgan millat, o‘z huquqiga ega bo‘lishi uchun ham moddiy, ham ma’naviy kuch quvvatini, ya’ni zamonaviy qurol, zamonaviy ilmni qo‘lga keltirishidan boshqa chorasi yo‘qdir. Endi bu o‘rinda shu kungi Ovrupo madaniyati ustida to‘xtalib, Vatan bolalariga bu haqda eng muhim tushunchalar berib o‘tamiz. Shuni bilishlari kerakki, madaniyat demak nimadan iborat bo‘lib, qanday bo‘lishi kerak. Mana bu so‘zning haqiqati bilan javobiga kim tushunar ekan, asl tuzuk madaniyatni ziyondosh, buzuq madaniyatdan ajrata oladi. Agar madaniyat deb ko‘rinishda obodon, haqiqatda harob, shu dinsizlar, odob- axloqsizlar madaniyatini aytadigan bo‘lsak, ulug xato qilgan bo‘lamiz. Chunki dunyodagi borliq narsalar inson turmushiga yordam yetkazish uchun yaratilmishdir. Buzuq madaniyatda esa, aksincha, insonlar ul narsalar uchun qurbon qilinadi. Madaniyat taraqqiyotining ilgari-keyin chiqara-yotgan butun yangiliklari inson hayotini yaxshilash uchun xizmat qilishi lozimdir. Xayot olamida eng ulug, oliy darajalik yaratilgan narsa shubhasiz shu insondir. Shuning uchun inson huquqlarini eng yuqori darajada saqlash haqiqiy madaniyatning ayrilmas bir tarmogidir. Ma’lumdirki, dunyoda yashagan har bir kishining eng ayamlik, qizganib saqlaydigan besh narsasi bordir. Birinchi joni, keyingilari dini, moli, oilasi, ona Vatanidir. Mana bu besh narsani saqlash uchun onglik insonlar qanday jonbozlik qiladilar! Dunyoning har bir yerida to‘kilgan va to‘kilayotgan inson qonlari ko‘z oldimizda ko‘rinib turadi. Bu fojianing birdan bir sababi shu yuqorida aytilgan narsadan boshqa emasdir. Shunday bo‘lgach qaraymiz: madaniyat qaerda, qaysi millatda bo‘lsin, shu yuqorida aytilgan insoniyat haqlarini saqlash uchun hukumat qo‘lida adolat quroli bo‘lib turar ekan, ana shu chogdagina butun xalq haqiqiy madaniyatga erishib, tinchlik bilan rohatda turmush kechira oladilar. Buning natijasida insoniyat xususiyati bo‘lgan har kimning erk ixtiyori o‘z qo‘lida saqlanadi. Yer yuzining qaysi o‘lkasida bo‘lishni kim tilar ekan, hech qanday to‘sqinlik ko‘rmaydi. Agar madaniyat shu yuqorida aytilganicha foydalik bo‘lsa, Sharq faylasufi Forobiyning aytishicha, bunday madaniyatni «Madaniyati Islomiya» yoki «Fozila» deydilar. Mana shundagina butun madaniy taraqqiyotni yolgiz inson foydasi uchun ishlatish mumkindir. Yo‘q esa, hozirgi ustimizdagi madaniyat kabi, buni qo‘llanuvchilar xato ketganliklaridan, yolgiz jinoyatchilarni emas, balki butun inson olamini halokat chuquriga tushurishi shubhasizdir. Chunki shu kunlardagi dinsizlar madaniyatlari ta’siri ostida