22
shaxslar soliq subyekti sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki bu yerda
soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar
mavjudki, ular soliq subyekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok
etmaydilar.
Soliq agenti - yuridik va jismoniy shaxslardan soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni ushlab qolish hamda davlat byudjetiga o‘tkazib
beruvchi yuridik shaxslar. Bunday yuridik shaxslar o‘z
faoliyatida
bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar,
ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur korxonada o‘z mehnati,
investitsiyasi bilan ishtirok etishi natijasida olgan foydasi,
daromadlaridan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ushlab qoladi
hamda davlat byudjetiga o‘tkazib beradi. Soliq agentlari davlat
byudjetiga soliqlarni bevosita yoki bilvosita ishga
yollaganligi natijasida
to‘lanadigan ish haqidan, dividendlardan, doimiy muassasa orqali
faoliyat ko‘rsatmaydigan norezident yuridik va jismoniy shaxslardan
ushlanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini
ushlab qoladi va byudjetga
o‘tkazib beradi, ushlab qolinmagan, kam ushlab qolingan va o‘z vaqtida
o‘tkazib berilmagan soliq summasi uchun subyektlar qonunchilikda
belgilangan moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Har bir yuridik shaxs soliq munosabatlarida soliq subyekti bo‘lishi
bilan
birgalikda soliq agenti sifatida ham ishtirok etadi. Soliq agenti iqtisodiy
adabiyotlarda asosan fiskal agent sifatida qayd etiladi.
Soliq obyekti
deganda – soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va
soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan foydasi, daromadi, tovar
oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq
obyekti sifatida foyda yoki
daromad, muayyan tovarlarning qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik
shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar
kiradi. Soliq obyekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’naviy
boyliklarning ayrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi,
egalik
qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliq subyektlarining huquqlarini soliqqa
tortishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy yoki ma’naviy boyliklar soliq
obyekti qilib albatta unga mulkiy huquqga ega bo‘lgandagina yuzaga
chiqadi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki egasiz imoratga
nisbatan soliq subyekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan taqdirda ham soliq
obyekti
sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo‘lgan mulkiy huquqqa
soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq obyekti aslida yuridik va
jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: