23
uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki
soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda
soliqni to‘lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Demak,
aytishimiz mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi soliq
obyektini
vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning egalik
qilishi soliq subyektini yoki soliq to‘lovchisini namoyon etadi.
Soliq manbayi
- bu soliq to‘lovchining to‘laydigan soliqlari
manbayi, ya’ni daromadi. Soliq obyekti va
soliq manbayini bir-biridan
farqlash lozim. Ayrim soliq turlari bo‘yicha, masalan, foydaga, yalpi
daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq
obyekti ham soliq manbayi ham bir xil bo‘ladi, ya’ni nima obyekt
bo‘lsa, uning o‘zi manba hisoblanadi.
Shu o‘rinda
soliqqa tortish predmeti, soliq obyekti va soliq
manbayini farqlash va ularning mohiyatini ochib berish uchun aniq soliq
turi bo‘yicha ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Yer solig‘i bo‘yicha
ko‘radigan bo‘lsak, uning soliqqa tortish predmeti bo‘lib, yer uchastkasi
maydoni, unga kimning egalik qilish huquqi mavjud bo‘lsa
soliq obyekti
paydo bo‘ladi va ushbu yer solig‘i qaysi manba hisobidan davlat
byudjetiga to‘lansa, masalan, yerdan turli xil ko‘rinishda foydalanish
natijasida olinadigan daromad uning manbayi hisoblanadi. Demak,
soliqqa tortish predmeti o‘z-o‘zidan kimdadir soliq to‘lash majburiyatini
vujudga keltirmaydi. Misolimizga qaytadigan bo‘lsak, yerga bo‘lgan
huquqni joylardagi mahalliy hokimiyat organlari beradi va shu bilan
birgalikda yerdan foydalanuvchida soliq to‘lash majburiyati vujudga
keladi, chunki unda ushbu yer uchastkasidan
foydalanish huquqi
mavjud. Demak, soliq predmetiga kimning egalik qilish huquqi mavjud
bo‘ladigan bo‘lsa, u soliq munosabatlarida soliq subyekti sifatida
ishtirok etadi.
Soliq bazasi
- soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan
miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining
miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan
obyektning miqdoriga ham bog‘liq.
Soliq bazasining miqdori
qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq obyektidan ruxsat
etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin.
Soliq bazasini soliq to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan
soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi. Shu
o‘rinda ta’kidlash joizki, soliq bazasi soliq obyektidan katta yoki kichik
bo‘lishi mumkin. Masalan, soliq to‘lovchiga soliqdan imtiyozlar ko‘zda
tutilgan bo‘lsa, bunday sharoitda soliq
bazasi soliq obyektidan kichik,
soliq obyekti qonunchilik bilan kengaytiriladigan bo‘lsa undan katta
bo‘lishi mumkin.