Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Soliqqa tortish usullari
uch xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Ular 
quyidagilarga: soliqqa tortishning kadastrli, daromad manbayidan va 
daromad egasi daromadni olganidan so‘ng (deklaratsiya buyicha) 
soliqqa tortish usullariga ajratiladi. 
Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartiblari. 
Soliq qonunchiligida 
har bir soliq turining byudjetga to‘lash muddatlari belgilangan. Soliqni 
to‘lash muddatlari, deganda soliq to‘lovchilarning davlat byudjeti oldida 
soliq majburiyatlarini bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash 


25
muddatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: joriy (bo‘nak) 
to‘lovlari va haqiqiy daromad olinganidan keyingi to‘lovlar. 
Soliqni to‘lash tartibida esa: soliqni yo‘naltirilganligi (byudjetga 
yoki byudjetdan tashqari jamg‘armalarga), soliqni to‘lash vositasi 
(O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 48-moddasiga muvofiq 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash milliy valutada, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valutasida amalga 
oshiriladi) hamda soliqni to‘lash shakllari (naqd pul yoki naqd pulsiz) 
ifodalanadi. 
Soliq yuki - soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati 
natijasida to‘lagan soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq 
to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarining yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq 
to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha 
murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri soliqlarda soliq yuki aynan 
soliqni byudjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar zimmasiga 
tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki 
tovar (ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. 
Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukining 
bir yilda byudjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan 
aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o‘z navbatida mamlakatning 
iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning vakolatli 
funksiyalarni qo‘llashiga, qolaversa, bozor munosabatlarining 
rivojlanishi va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. 
Soliqlarni yuridik va jismoniy shaxslardan undirish jarayonida 
beriladigan imtiyozlar natijasida soliq yukini soliq to‘lovchilarning 
biridan ikkinchisiga yuklash jarayoni kuzatiladi. Shu o‘rinda soliq 
bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq yukini tartiblash yoki mantiqan 
aytganda me’yorlashtirish muammosi yuzaga keladi. Soliq yukini 
ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, 
mezodarajadagi soliq yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki 
makrodarajada ifodalanganda butun mamlakat miqyosida ifodalanib, 
asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig‘ida davlat byudjetiga kelib 
tushgan soliqlar yig‘indisini ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan yalpi ichki 
mahsulot (YaIM) yoki milliy daromad (MD)ga nisbati olinadi. 
Mezodarajada ifodalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga 
to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa, mikrodarajada esa aniq bir olingan 
subyektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalanadi. 
Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’-
siri, asosan, ularning stavkalari darajasining 
miqdori bilan belgilanadi. Respublika soliq 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin