1.3.2-chizma. Soliq stavkalarini belgilash mezonlari
Qo‘shilgan qiymat solig‘i eng asosiy soliq turlaridan biri bo‘lib, bu
asosan oborotdan olinadigan va sotuvdan olinadigan soliqlarning o‘rniga
kiritilgan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha dastlabki yilda 32 foizli stavka
qo‘llanilgan bo‘lsa, bugungi kunda umumiy tartibda 20 foizlik va nollik
stavka bo‘yicha soliq undirilmoqda.
Egri soliqlarning yana bir turi bo‘lgan aksiz solig‘i bo‘yicha ham
tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo‘llanilgan bo‘lib, bu soliq turida
soliq stavkalarini tabaqalashtirishda boshqa soliqlardan farqli ravishda
soliq stavkalari soliq to‘lovchilarning ishlab chiqarish faoliyati sohalar
yoki soliq to‘lovchilarning joylanishiga qarab emas, balki aksiz solig‘iga
tortiladigan tovarlar ro‘yxati bo‘yicha tabaqalashtirilgan.
Umuman olganda, soliq stavkalarini tabaqalashtirish soliq
tizimining eng muhim asosiy muammolaridan biri bo‘lib, o‘ta nozik
bo‘lgan masala hisoblanadi, chunki unda davlat byudjeti va soliq
to‘lovchilarning manfaatlari aks etgan hisoblanadi.
Jahon soliq tizimining asosiy va ajralmas
qismlaridan biri – bu soliq imtiyozlaridir. Har
qanday davlat uning xo‘jalik yuritish tizimi
qanday bo‘lishdan qat’iy nazar davlat byudjetini daromadlar bilan
Soliq imtiyozlari
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliq
stavkalarini
tabaqalashtirish mezonlari
soliq obyektlarining
paydo bo‘lishiga
ko‘ra (suv
resurslardan
foydalanganlik
uchun soliq)
soliq to‘lovchilar-
ning joylashgan joyi
(shahar, borish
qiyin bo‘lgan va
tog‘li tumanlar)ga
ko‘ra
faoliyat turiga ko‘ra
(yagona soliq
to‘lovi, qat’iy soliq)
soliq obyektining
joylashuvi va umumiy
maydoniga ko‘ra
(jismoniy shaxslarning
mol-mulkiga
solinadigan soliq)
daromad olinish
manbaiga ko‘ra
(jismoniy
shaxslardan
olinadigan daromad
solig‘i)
qazib olinadigan
foydali qazilmalar
turlariga ko‘ra (yer
qa’ridan
foydalanganlik
uchun soliq)
yer uchastkalarining
bonitetiga ko‘ra
(yer solig‘i)
32
ta’minlashda asosiy vositalardan biri – bu soliqlar va soliqsiz
to‘lovlardir. Ammo joriy etilgan soliqlar sof fiskal shaklda o‘rnatilishi
mumkin emas. Chunki faqat byudjet manfaati nuqtayi nazaridan
o‘rnatilgan soliqlarni amal qilishi uzoq vaqtni o‘z ichiga olmaydi.
Shuning uchun muayyan darajada soliq imtiyozlaridan foydalanish
taqozo etiladi.
Soliq tizimida soliq imtiyozlaridan foydalanishning bir qator
obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy sabablari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir:
Birinchidan, soliq imtiyozlari mavjudligining asosiy sabablaridan
biri bu soliq to‘lovchi (yuridik va jismoniy shaxs)larning jamiyatda
tutgan mavqeyi, ijtimoiy holati turlicha ekanligi. Shu jihatdan barchaga
bir xil tartibda (miqdorda) soliq solish ma’noga ega bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, davlat iqtisodiyotga ta’sir etib uni tartiblash vazifasini
amalga oshiradiki, bunda turli xil dastaklardan foydalanadi. Bu
dastaklarning asosiylaridan biri bu jamiyatdagi ba’zi muhim sohalarni
yoki soliq to‘lovchilarning faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida soliq
imtiyozlari belgilanadi. Ya’ni davlat soliq imtiyozlari orqali
iqtisodiyotni samarali va qulay boshqarish yoki tartiblash imkoniyatiga
ega bo‘ladi, bundan ko‘rinadiki, soliq imtiyozlari davlatni o‘z funksiya
va vazifalarini yuzaga chiqaruvchi muhim dastak sifatida yuzaga
chiqadi.
Uchinchidan, soliq imtiyozlari qo‘llanilishining asosiy sabablaridan
yana biri bu milliy daromadni qulay, samarali va oqilona taqsimlashga
erishishdan iborat. Ya’ni bundan soliqlar sifatida byudjetga jalb etilishi
lozim bo‘lgan moliyaviy resurslar imtiyoz berish tufayli byudjetga jalb
etilmasdan soliq to‘lovchilarning o‘zlariga maqsadli ravishda qoldiriladi.
Buning afzallik tomoni shundaki, soliq to‘lovlarini byudjetga undirish
va uni yana qayta taqsimlash ishlarini osonlashtiradi va ish faoliyat
turlarini rag‘batlantirishga erishiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq islohotlarini samarali yuritish
maqsadida soliqlar vositasida ta’sir etish, ular bo‘yicha imtiyozlarni
qo‘llash, iqtisodiyotning turli sohalarini bir tekis rivojlanishini
ta’minlash bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshiriladi. Davlat soliq
imtiyozlarini qo‘llash orqali iqtisodiyotning turli sohalariga turlicha
ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ayrim rentabelli va norentabelli sohalar
o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash muammosi yuzaga keladi.
Qayd etish joizki, soliq imtiyozlari xususida turli xil fikrlar mavjud.
Soliq imtiyozlarining mohiyatini to‘laroq anglab etish uchun avvalo ana
shu turli xil fikrlarni keltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Q.Yahyoev fikriga ko‘ra «Soliq to‘lovchilarni soliqdan ozod etish,
ular to‘laydigan soliq miqdorini (soliq bazasini) kamaytirish yoki soliq
33
to‘lash shartini yengillashtirish soliq imtiyozidir»
10
. Shuningdek, ushbu
iqtisodchining ta’kidlashicha soliq imtiyozi, degan termin o‘rniga soliq
yengilligi termini bu jarayonning mohiyatini ochib beradi.
Sh.Gataulin soliq imtiyozlariga quyidagicha ta’rif beradi: «Soliq
imtiyozlari amaldagi qonunlarga muvofiq ravishda soliqlardan to‘liq
yoki qisman ozod qilishdir (skidkalar, chegirib tashlashlar va
hokazo)»
11
.
T.Malikovning ta’kidlashicha soliq imtiyozlari deganda soliq
to‘lovchining soliq majburiyatlari hajmining to‘liq yoki qisman
qisqarishi, to‘lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi
tushuniladi. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari
tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish
obyektining o‘zgarishida, soliqqa tortish bazasining kamayishida
(qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va boshqalarda o‘z
ifodasini topadi. Soliqqa tortilmaydigan obyekt minimumi, alohida
shaxslar va soliq to‘lovchilarning ayrim toifalarini soliq to‘lashdan ozod
qilish, soliqqa tortish obyektidan ayrim elementlarni chiqarish, soliq
stavkalarini pasaytirish, maqsadli soliq imtiyozlari, soliq kreditlari
(soliqlarning undirilishini kechiktirish) va boshqalar soliq
imtiyozlarining ko‘rinishlaridir (turlaridir). Masalan, korxonalar
foydasidan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni
kengaytirish va uy-joy qurilishini rivojlantirish xarajatlarini
moliyalashtirishni, tadbirkorlikning kichik shakllarini, nogironlar va
pensionerlarning bandligini ta’minlashni, ijtimoiy, madaniy va tabiatni
muhofaza qilish sohalarini rag‘batlantirishga qaratilgandir. Individual
xarakterga ega bo‘lgan imtiyozlarni berish, odatda, taqiqlanadi
12
.
Soliqlarning va ular bo‘yicha beriladigan imtiyozlarning mavjudligi
doimo davlat vujudga kelishi bilan bog‘lanib kelingan. Buyuk
Sohibqiron Amir Temur tuzuklarida ta’kidlanishicha: «Soliqlar
davlatning iqtisodiy tayanchi va namoyon bo‘lishidir».
13
Agar Temur tuzuklarida berilgan soliqqa tortish tamoyillariga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, ularning asosini ham soliqqa tortishda beriladigan
imtiyozlar egallaydi. Unga muvofiq soliq to‘lovchilardan soliqlarni
aralashli undirish soliq siyosatining diqqat markazida turadi. «Temur
tuzuklarida» keltirilishicha: «Kimki biron sahroni obod qilsa yoki poliz
qilsa, yoki biron bog‘ ko‘kartirsa yoxud biron xarob bo‘lib yotgan yerni
obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat
10
Yahyoev Q. Soliq. –T.: «Mehnat», 1997. 20-bet.
11
Gataulin Sh. Soliqlar va soliqqa tortish. –T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 1996. 74-bet.
12
Malikov T. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. –T.: «Akademiya», 2002. 76-bet.
13
Temur tuzuklari. –T.: «Cho‘lpon», 1991. 98-bet.
34
o‘z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili (esa oliq - soliq)
qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig‘ilsin».
14
Bundan ko‘rinadiki,
soliqlardan beriladigan imtiyozlar bevosita davlatning (xazinani)
iqtisodiy qudratiga bog‘liq bo‘lib, unda soliq imtiyozlari bilan byudjet
(xazina) daromadlarini shakllantirishning o‘zaro bog‘liqligi aks
ettirilgan.
Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotida soliq imtiyozlarining tutgan
o‘rni ingliz iqtisodchisi J.Keyns nazariyasida alohida o‘rin egallaydi.
Keynschilar tomonidan soliq tizimi, aniqrog‘i soliq imtiyozlari,
makroiqtisodiyot sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishning tarkibiy
elementi sifatida hamda davlatning tadbirkorlar manfaatiga ta’sir etish va
byudjetning daromad qismini to‘ldirish borasidagi muhim iqtisodiy qurol
sifatida qaraladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin g‘arb davlatlarida
neoklassik yo‘nalish, institutsional - ijtimoiy yo‘nalish talablariga mos
tarzda soliqqa tortish tizimida imtiyozlar nazariyasiga ancha e’tibor berildi.
Mazkur iqtisodiy maktablar nazariy yondashuvlaridagi tub farqlar bo‘lishiga
qaramay ularning vaqillari umumiy tarzda soliq imtiyozlari orqali
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va uni tartibga solish vositasi sifatida
qaraganlar. Iqtisodiyotni boshqarishda soliq imtiyozlari rolini ular
quyidagicha ifodalar edi: «agar u yoki bu davlatning iqtisodiyoti ortiqcha
ishlab chiqarish bilan xususiyatlanuvchi o‘sish davrini o‘tayotgan bo‘lsa, u
holda davlat soliq imtiyozlarini kamaytirish, ya’ni soliqlarni ko‘paytirish,
soliqqa tortishni kuchaytirish orqali korporatsiyalar bo‘sh mablag‘larini
ko‘proq byudjetga jalb qilish lozim», deb hisoblaganlar. Agar mamlakat
iqtisodiyoti turg‘unlik holatini kechirayotgan bo‘lsa, iqtisodiyotni
jonlantirish uchun qo‘shimcha sarmoya jalb qilish lozim. Bunda soliq
imtiyozlaridan ham keng foydalanish zarurati tug‘iladi, degan xulosaga
kelishgan. Bu holatda iqtisodchilar davlatga, soliq miqdorini kamaytirish,
soliq imtiyozlarini ko‘paytirishni maslahat beradilarki, bu narsa byudjetga
qo‘shimcha mablag‘lar va kapital qo‘yilmalar uchun mablag‘lar tug‘ilishiga
imkoniyat tug‘diradi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning boshqa dastaklari
qatori soliq siyosati talab va taklif o‘rtasidagi mutanosiblikka erishish
orqali iqtisodiyotda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan. G‘arb
iqtisodchilari soliq tizimining ahamiyatini davlat faoliyatini amalga
oshirish uchun uni zarur moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash sifatida
ifodalanuvchi sof fiskal vazifa bilan cheklab qo‘ymaydilar. Ularning soliq
imtiyozlari nazariyasida soliqlarni tartibga solish vazifasiga katta e’tibor
beradilar. Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning
14
Temur tuzuklari. –T.: «Cho‘lpon», 1991. 98-bet.
35
muhim quroli sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy xulq-
atvoriga davlat ta’sirini ifodalaydilar. Ammo bunda soliq imtiyozlari
asosiy vosita sifatida qaralishi keng nazarda tutilgan.
Soliq imtiyozlarini belgilash asosida ishlab chiqarishni
rag‘batlantirish, chet el investitsiyalari kirib kelishini ta’minlash,
ijtimoiy himoyalashni tashkil etish, turli sohalarni rivojlanishiga aktiv
ta’sir etish muammosi yotadi. Shu o‘rinda soliq imtiyozlarini belgilash
mezonlari xalqaro soliq munosabatlariga mos kelishi hamda xalqaro
iqtisodiy munosabatlarda davlatning faol ishtirok etishida
moslashuvchan bo‘lishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni tartiblash va
boshqarish jarayonida bir qator vositalardan foydalaniladiki, bunda soliq
tizimining soliq stavkalari va imtiyozlaridan foydalanish eng samarali va
oson usullardan biri bo‘lib yuzaga chiqadi.
Soliq imtiyozlaridan ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda,
investitsiyalarni rag‘batlantirishda va boshqalarda keng foydalaniladi.
Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish va samarali qo‘llanilishiga qarab
quyidagi ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin:
soliqlardan butunlay ozod qilish;
yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish;
soliq to‘lashdan vaqtincha ozod etish;
soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish;
soliqdan qisman ozod qilish;
to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar
berish va boshqalar.
Soliq imtiyozlari vositasida iqtisodiyotni boshqarish davlatning
shunday faoliyati bilan bog‘liqki, u takror ishlab chiqarish jarayonida
vujudga kelgan nomutanosiblikni yo‘qotish uchun sharoit yaratadi.
Boshqacha qilib aytganda, agar soliqlarning ba’zi tizimi ishlab chiqarishni
tartibga solishning davlat strategiyasini aniqlasa, taktikasi soliq imtiyozlari
orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozlarini soliq subyekti, soliq obyekti,
soliqlarni undirish vositalari, muddatlari nuqtayi nazaridan bir necha
guruhlarga (turlarga) bo‘lish mumkin.
Soliq imtiyozlarini turli xil asoslar bo‘yicha guruhlash mumkin.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining huquqiy bazasi
takomillashib bormoqda. Hozirga qadar qabul qilingan barcha soliqqa
oid qonun hujjatlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning barchasiga
soliq imtiyozlarini belgilash bo‘yicha umumiy o‘xshashliklar
mavjudligiga guvoh bo‘lish mumkin. Ya’ni barcha qonun hujjatlarida
36
soliq turlari bo‘yicha imtiyozlar asosan quyidagi shakllarda namoyon
bo‘ldi:
soliqdan batamom ozod etish;
soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod etish;
soliq solinadigan bazani kamaytirish.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida, boshqa qonunlarda va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan soliq
imtiyozlarini quyidagicha guruhlash mumkin (1.3.3-chizma):
1.3.3-chizmadan ko‘rish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi soliq
qonunchiligida soliq imtiyozlarining eng so‘nggi turi bu soliq solish
usulini tanlash huquqidir. Bu imtiyoz faqat Soliq kodeksiga muvofiq
berilgan bo‘lib, avvalgi soliq qonunchiligida bu imtiyoz ko‘zda
tutilmagan edi. Bu imtiyoz turini mohiyati asosan mikrofirma va kichik
korxonalarga soliq solishning u yoki bu turini tanlash huquqi
berilganligi bilan ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |