39
solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida
har yili yangidan tasdiqlanadi.
Ikkinchi usulda soliqni soliq subyektiga daromadni to‘laydigan
yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish haqidan,
xizmatchining maoshidan daromad solig‘i shu tariqa undiriladi.
Soliq
korxonada xodimning daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu
soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashni istisno qiladi,
chunki soliq
solinadigan daromad va soliq summasi aniq hisob-kitob qilib chiqiladi.
Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar ko‘pincha
soliq agenti sifatida qaraladi.
Soliqning daromad manbayida to‘lanishi shuni anglatadiki, soliq uni
deklaratsiyalar buyicha to‘lashdagi singari soliq
idorasi tomonidan
hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaxs
foydasiga to‘lovni amalga oshiradigan soliq agentlari to‘lov manbalari
(korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar)da
hisoblaydilar va ushlab qoladilar.
Uchinchi usul soliq to‘lovchilarning soliq idoralariga
deklaratsiyalarni, ya’ni ularning olgan daromadlari va o‘zlariga tegishli
bo‘lgan soliq imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishni
nazarda
tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish
stavkalari asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq miqdorini nazorat
qiladilar.
Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyatidan,
shuningdek, intellektual faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxslar (fan,
adabiyot, san’at asarlarining mualliflari,
kashfiyotlar, ixtirolar
mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari
soliqqa tortiladi.
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1.
Soliq elementlari tarkibiga nimalar kiradi?
2.
Soliq obyekti nima?
3.
Soliq agenti, deganda kimlarni tushunasiz?
4.
Soliq stavkalari nima va u qanday turlarga bo‘linadi?
5.
Proporsional soliq stavkalariga misollar keltiring.
6.
Progressiv soliq stavkalari asosida qaysi soliq turi undiriladi?
7.
Soliq imtiyozlari qanday turlarga bo‘linadi?
8.
Soliq imtiyozlari qanday mezonlar asosida belgilanadi?
9.
Soliqni undirishning qanday usullari mavjud?
10.
Soliqlarni kadastrli undirishning qanday o‘ziga xos xususiyatlari
mavjud?