Umumdavlat va mahal-
liy soliqlar hamda bosh-
qa majburiy to‘lovlar
49
8)
davlat boji. Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni
amalga oshirganlik va bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar,
shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun
olinadigan majburiy to‘lovdir. Bunday vakolatli muassasalarga misol
qilib sud va notarial idoralari, O‘zbekiston Respublikasi diplomatik
vakolatxonasi va uning konsullik muassasalarini keltirish mumkin.
Davlat bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
9)
bojxona to‘lovlari. Bojxona organlari bojxona ishini amalga
oshirishda belgilangan tartibda bojxona to‘lovlarini undiradi. Bojxona
to‘lovlarining quyidagi turlari mavjud:
bojxona boji;
import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan qo‘shilgan
qiymat solig‘i;
import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan aksiz solig‘i;
bojxona yig‘imlari.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan
umumdavlat soliqlari:
10)
yagona soliq to‘lovi;
11)
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy
belgilangan soliq.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:
1)
mol-mulk solig‘i;
2)
yer solig‘i;
3)
benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan
soliq;
4)
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;
5)
yagona yer solig‘i (soliq solishning soddalashtirilgan tartibidagi
soliq)
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lovchisi bo‘lib
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq,
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslar
hisoblanadi.
Mol-mulk solig‘i va yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasining
qonun hujjatlariga binoan joriy etiladi va uning butun hududida
undiriladi.
Ushbu soliqlar stavkalarining miqdori O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarori asosida belgilanadi.
50
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq,
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar Qoraqalpog‘iston
Respublikasi davlat hokimiyati organlari, viloyatlar va Toshkent shahar
xalq deputatlari kengashlari tomonidan joriy etiladi. Ushbu soliqlar va
yig‘imlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarori asosida belgilanadi.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari soliq
to‘lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi
organlari tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi.
Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda yagona yer solig‘i bo‘yicha
imtiyozlarni berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Yuridik shaxslar tomonidan byudjet bilan hisob-kitoblar hisobi
byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar hisobi hisobvaraqlarida mahalliy
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar har bir turi bo‘yicha yuritiladi.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida
to‘lanishi, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik soliq va boshqa
majburiy to‘lovlarni to‘lovchilar zimmasiga yuklanadi.
Mahalliy soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lanishining
tasdig‘i bo‘lib amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bank muassasasi
yoki vakolatli organ bergan hujjat hisoblanadi.
Soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linishi hukumat
idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi
asosida kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan
muhim vazifalaridan kelib chiqib, o‘z byudjetiga va uni ta’minlaydigan
soliqlarga va boshqa majburiy to‘lovlarga ega bo‘lishi kerak. Respublika
hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni, jumladan, sog‘liqni
saqlash, maorif, fan, mudofaa, xavfsizlikni saqlash, aholini ijtimoiy
himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator shu kabi strategik vazifalarni
bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham soliqlari ham salmoqli
bo‘lishni talab etadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘i, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va
maxsus to‘lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i respublika byudjetiga tushadi.
Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika
51
byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish
uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma etmasa
subvensiya yoki subsidiya beriladi. Umumdavlat va mahalliy soliqlar
yagona mohiyatga ega bo‘lib, ular byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan
to‘lovlar hisoblanadi.
Mahalliy soliqlar mahalliy davlat hokimiyati organlari bajaradigan
vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi.
Mahalliy hokimiyat organlari asosan fuqarolarga yaqin bo‘lganligidan
ularga ijtimoiy masalalarni, jumladan, maktab, sog‘liqni saqlash,
madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni
bajaradi. Lekin bu soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ularning byudjet
xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi, xolos.
Shuning uchun ham mahalliy byudjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng
dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati
shundaki, ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi va ulardan boshqa
byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.
Mahalliy byudjetlarning soliq va boshqa majburiy to‘lovlari kam
bo‘lganligidan bu byudjetlarning daromadlar va xarajatlarini
barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani
yechishda umumdavlat soliqlaridan ajratmalar beriladi (masalan,
qo‘shilgan qiymat solig‘idan, aksiz solig‘idan va boshqalar).
O‘zbekiston soliq tizimida sodda-
lashtirilgan (ixchamlashtirilgan) soliq
tizimiga o‘tgan yuridik va jismoniy
shaxslar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagi
soliqlarni to‘laydilar:
1.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi
to‘lanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qo‘llanilishi mumkin.
Aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib
olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga (bundan
maxsus pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy
texnologiyalar asosida pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va
kichik korxonalar mustasno) yagona soliq to‘lovi tatbiq etilmaydi.
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar uchun import qilinadigan tovarlar
bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini to‘lash majburiyati
saqlab qolinadi.
2.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari foyda solig‘i,
qo‘shilgan qiymat solig‘i (tovarlar, ishlar, xizmatlarni import qilish
Dostları ilə paylaş: |