52
bundan mustasno), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer
qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar, yer
solig‘i, mol-mulk solig‘i hamda boshqa mahalliy
soliqlar va majburiy
to‘lovlar (ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im bundan mustasno)
o‘rniga byudjetga 2007-yil 1-yanvardan boshlab soliq solishning boshqa
tizimini tanlash huquqisiz yagona soliq to‘lovini to‘laydilar.
3.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (aksiz solig‘i va
tovarlarni import qilganlik uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini
istisno
etganda) amaldagi barcha umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda
yig‘imlar o‘rniga o‘zi yetishtiradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini
ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha yagona yer solig‘ini
to‘laydilar. Yagona yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarori asosida belgilanadi.
4.
Konchilik sanoati tarmoqlarining
ayrim korxonalari uchun
qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lanishini nazarda tutadigan foydaning bir
qismiga soliq solishning alohida tartibi joriy etilishi mumkin.
Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lovchilar, uni hisoblash va to‘lash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi asosida belgilanadi.
5.
Lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha
faoliyatni amalga oshirish
doirasidagi yuridik shaxslar foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i,
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq o‘rniga yalpi tushumdan
yagona soliq to‘lovini to‘laydilar. Yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovi
stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida
belgilanadi.
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi, deganda nimani
tushunasiz?
2.
Soliqlar qaysi davlat organi tomonidan joriy qilinadi?
3.
Umumdavlat soliqlari tarkibiga qaysi soliqlar kiradi?
4.
Mahalliy soliqlar tarkibiga qaysi soliqlar kiradi?
5.
Qaysi soliqlar mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi va
qanday tartibda?
6.
Qaysi mahalliy soliqlar O‘zbekiston
Respublikasining butun
hududida undiriladi?
7.
Soddalashtirilgan soliq tizimiga qanday yuridik va jismoniy
shaxslar o‘tishi mumkin?
53
8.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qachondan boshlab
yagona soliq to‘lovi to‘lashga o‘tdilar?
9.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni sanab bering.
10.
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash
fondidan yagona
ijtimoiy to‘lov qanday taqsimlanadi?
11.
Soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga ajratishning sa-
babi nimada deb o‘ylaysiz?
Dostları ilə paylaş: