47
3.
Soliqqa tortishning tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‘batlan-
tirish tamoyilini tushuntiring.
4.
Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili nima va siz uni qanday
tushunasiz?
5.
Soliqqa tortishning oddiylik va xolislik
tamoyili nima va unga
sizning munosabatingiz?
6.
Soliqqa tortishning boshqarishga qulaylik tamoyilining mohiyati
nimada?
7.
Soliqqa tortishning soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar
arzonlashtirish
tamoyili, deganda nimani tushunasiz?
8.
Soliqqa tortishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyilini tu-
shuntiring.
9.
Soliq kodeksining qaysi moddasida soliqqa tortish tamoyillari
keltirilgan?
10.
Soliq kodeksida belgilab berilgan soliq
tamoyillarining mohi-
yatini tushuntiring.
48
II BOB. O‘ZBEKISTON SOLIQ TIZIMI ASOSLARI
2.1. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga
umumiy tavsif
Iqtisodiy adabiyotlarda yuridik va
jismoniy shaxslardan
olinadigan soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlarning
yig‘indisi soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar tizimi, deb tushuniladi. Soliqlarni joriy qilishga faqat
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli.
16
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston
Respublikasi
hududida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi.
Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga quyidagilar
kiradi:
1)
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2)
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3)
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4)
aksiz solig‘i;
5)
yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus
to‘lovlar;
6)
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston
Republikasi
Prezidentining qarorida belgilangan normativlar bo‘yicha tegishli
mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.
7)
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar:
yagona ijtimoiy to‘lov;
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona
ijtimoiy to‘lov belgilangan tartibga muvofiq
davlat maqsadli
jamg‘armalari (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi) hamda O‘zbekiston Kasaba
uyushmalari federatsiyasi Kengashi o‘rtasida taqsimlanadi.
fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga
sug‘urta
badallari;
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar;
Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;
16
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbekiston», 2017. 123-modda
Dostları ilə paylaş: