Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Soliqqa tortishning 
oddiylik va xolislik 
tamoyili 
Soliqqa tortishning 
boshqarishga qulay-
lik tamoyili
 


45
Ma’muriy boshqaruvchilik bilan soliqqa tortish tamoyillarini 
ro‘yobga chiqarishga qaratilgan maqsadga erishish o‘rtasida muvozanat 
saqlanib qolishi nihoyatda muhimdir. Murakkab tuzilgan choralarning 
samarasi kam bo‘ladi, ularni amalga oshirishdagi muvaffaqiyat ko‘pdan 
ko‘p axborot to‘plash va undan foydalanishga bog‘liq. Soliq xizmati va 
soliq madaniyatining rivojlanganlik darajasini ham hisobga olish kerak. 
Mazkur tamoyil davlat va soliq 
to‘lovchilar tomonidan soliqlarni yig‘ish 
uchun ketadigan xarajatlarni mumkin qadar 
kamaytirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun 
respublikamizda soliqqa tortish tartibini 
takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlarni maqbullashtirish, kompyuter 
texnologiyalari, soliq axborotlarining to‘g‘riligini bevosita nazorat qilish 
usullarining qo‘llanilishi orqali soliq to‘lovchilarning xarajatlarini 
kamaytirish maqsadida davlat hisobidan saqlanadigan servis-markazlar, 
soliqqa tortish masalalari xususida soliq organlari tomonidan bepul 
maslahatxonalar tashkil etilgan. 
Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi 
xuddi shunday soliqlarning stavkalari bilan 
qiyoslanishi, ya’ni mintaqaning o‘ziga xos 
xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa 
mamlakatlar bilan teng bo‘lgan xo‘jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga 
keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo‘yilgudek bo‘lsa, bu hol 
respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib 
yuboradi, aksincha, yengil sharoit yaratilsa, mamlakat byudjetiga salbiy 
ta’sir qiladi. 
Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari 
muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tatbiq etish 
iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir. 
O‘zbekiston Respublikasi
 
Soliq kodeksida soliq qonunchiligi 
prinsiplari berilib, ular quyidagilardan iborat:
15
1.
Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliq va boshqa 
majburiy to‘lovlarni to‘lashi shart (6-modda), ya’ni soliq to‘lash qonun 
bilan majbur qilib qo‘yiladi. Aslida majburiylik soliqlarning iqtisodiy 
mohiyatidan kelib chiqadi. Hech kimning zimmasiga Soliq kodeksida 
nazarda tutilmagan yoki uning normalari buzilgan holda belgilangan 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilishi 
mumkin emas. 
15
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. -T.: «Adolat», 2018. 6-11 moddalar 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin