1.4. Soliqqa tortish tamoyillari Soliqlarning funksiyasini o‘rganish ularning iqtisodiyotdagi rolini
ko‘rsatib bersa, soliqqa tortish tamoyillari soliq munosabatlarini
amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish, uni undirish amaliyotining
mazmunini ochib beradi. Ko‘plab iqtisodchilar soliqqa tortish
iqtisodiyotning ravnaqiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tamoyillarni qayd
etishgan.
Soliqqa tortish tamoyillarini A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining
sabablari va tabiatlari» nomli kitobida ilk bor asoslab bergan:
1.
Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o‘zlari hukumat
muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda
qatnashishlari lozim.
2.
Har bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi
kerak, bunda o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to‘lanadigan
vaqti va tartibi uni to‘lovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham
birday aniq va ma’lum bo‘lishi zarur.
3.
Har bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan vaqtda va
tartibda undirilishi kerak.
4.
Har bir soliq shunday tarzda o‘rnatilishi kerakki, bunda soliq
to‘lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib
tushadigan mablag‘ga nisbatan ortiq bo‘lishiga mumkin qadar yo‘l
qo‘yilmasin.
Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali
tizimining quyidagi tamoyillarini ta’riflab o‘tish mumkin:
Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyiliga
muvofiq soliqqa tortish darajasi shunday
bo‘lishi lozimki, u davlat intilayotgan
iqtisodiyotni taraqqiy ettirish darajasiga
erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy
himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya resurslari to‘planishini
ta’minlashi lozim. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, soliq stavkalari
soliq yuki ko‘rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to‘lovchi soliq to‘lar
ekan, davlat tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bo‘lgani holda
ayni chog‘da o‘zining ba’zi xarajatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat
umumiy foydalanish yo‘llarining holati yaxshi saqlanishini ta’minlash
bilan soliq to‘lovchining transport xarajatlarini kamaytiradi, bepul
maorif, sog‘liqni saqlashni ta’minlash bilan yollanma xodimlarning
xarajatlarini qisqartiradi, demak, ish haqi xarajatlarini ham kamaytirgan
bo‘ladi. Shunday qilib, to‘langan soliqlarning faqat xizmatlar