41
ko‘rinishidagi talab etilmagan bir qismigina soliq yuki ko‘rsatkichi
hisoblanadi. Umuman olganda, yetarlilik tamoyili soliq siyosatini
belgilayotganda uni davlatning qabul qilingan
ijtimoiy-iqtisodiy siyosati
bilan qat’iy ravishda uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.
Soliq tizimi xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlarni, jumladan, chet el subyektlarini,
ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar
va zamonaviy texnologiyalar sotib
olish
uchun mablag‘ yo‘naltirishni, ya’ni
kapital jamg‘arish va shu yo‘l bilan texnologiyalarni takomillashtirish,
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi lozim.
Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga to‘sqinlik qilmasligi
hamda xo‘jalikni mustaqil yuritish omillarini cheklab qo‘ymasligi lozim.
Agar soliqlar katta bo‘lgani uchun tadbirkorlarning ishlab chiqarishni
kengaytirishdan, boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdan
manfaatdorligiga
putur yetkazsa, mamlakat iqtisodiyoti pastga qarab
ketishi xavfi tug‘iladi. Soliqlar miqdorining haddan tashqari katta qilib
belgilanishi ishlab chiqarish hajmlarining kamayib ketishiga, xo‘jalik
yurituvchi subyektlarining oborot mablag‘larini
kamayishiga va boshqa
shu kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.
Soliqqa tortish, agar u, birinchidan, ishchi kuchini ishlab chiqarish
uchun talab qilinadigan darajada saqlab turishga zarur bo‘lgan
iste’molning minimal hajmlariga salbiy ta’sir etsa, ikkinchidan,
mehnatga nisbatan iqtisodiy va moddiy rag‘batlarning
harakat doirasini
toraytirib qo‘ysa, uchinchidan, jamg‘arma miqdorini kamaytirsa va
mablag‘ning to‘planish jarayonini sekinlashtirsa ishlab chiqarish
imkoniyatlarini yomonlashtirib yuborishi mumkin.
Soliqqa tortish bazasi va uning hajmlarini noto‘g‘ri
belgilash
xodimlarning malaka oshirishga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik
faoliyati bilan shug‘ullanishga va boshqa sohalarga bo‘lgan intilishiga
salbiy ta’sir etadi.
Soliqqa tortishning iqtisodiy omillarga ta’siri ikki xil ko‘rinishda
bo‘ladi, ya’ni qiyosiy oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi.
Qiyosiy
oqibat mehnat natijalari, jamg‘arish, investitsiyalash, yangi
g‘oyalarni joriy etish va ishlab chiqarish faoliyatining boshqa xil
ko‘rinishlari bilan shug‘ullanish uchun nisbatan kamroq darajada
rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, progressiv (oshib
boruvchi) soliqqa tortishda bunday oqibatning rag‘batlantirishga zid
ta’siri yaqqol ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: