Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

3.2.3. Yagona yer solig‘i 
 
O‘zbekistonda 1999-yilda qishloq 
xo‘jaligi korxonalarini soliqqa tortishda tub 
o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-
oktabrdagi «Qishloq xo‘jaligi tovarlari 
ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig‘ini joriy etish 
to‘g‘risida»gi PF-2086-sonli farmoniga muvofiq 1999-yilning 1-
yanvaridan boshlab qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun 
yagona yer solig‘i joriy etildi. 
Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer 
solig‘ini joriy etilishi, o‘z navbatida ularni quyidagi soliqlar va 
yig‘imlarni to‘lashdan ozod qildi: 

foyda solig‘i; 

qo‘shilgan qiymat solig‘i; 

ekologiya solig‘i; 

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 

er solig‘i; 

er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; 

mol-mulk solig‘i; 

obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; 

boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar. 
Yagona yer solig‘i to‘lovchilari hisoblangan qishloq xo‘jalik 
tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona to‘lovlari, davlat boji, 
litsenziya yig‘imlari, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, 
shuningdek, aksizosti mahsulotlarga aksiz solig‘ini to‘lashning amaldagi 
tartibi saqlab qolindi. 
Yagona yer solig‘ini joriy qilishdan maqsad qishloq xo‘jalik 
yerlaridan foydalanish samaradoriligini oshirish, qishloq xo‘jalik tovar 
Yagona yer solig‘ining 
joriy etilishi va aha-
miyati


115
ishlab chiqaruvchilari mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy 
manfaatdorligini kuchaytirish, qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa 
tortish tizimini soddalashtirish va birxillashtirishdan iboratdir.
Mazkur soliqning amalga kiritilishi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilarni tasarrufidagi yerlaridan yanada oqilona foydalanishga 
da’vat etadi, chunki har bir gektar yer maydoni uchun undan daromad 
olish yoki daromad olmaslik holatidan qat’iy nazar belgilangan 
miqdordagi soliq summasini to‘lash lozim bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer 
solig‘ining joriy etilishi soliqqa tortish tizimida uning amal qilishi 
jarayonini yanada takomillashtirishdan dalolat beradi. Soliqqa 
tortishning ushbu tizimi xo‘jaliklar hisobchilarining soliqlarni hisoblash 
va to‘lash borasidagi ishlarini keskin kamaytirdi. Ilgari qishloq xo‘jalik 
korxonalari o‘nlab turdagi soliqlar va yig‘imlarni to‘lashar edi. Agar 
ayrim soliq turlarining har oyda va har chorakda to‘lanishini hisobga 
oladigan bo‘lsak, unda ayrim xo‘jaliklar davlat soliq organlariga soliqlar 
bo‘yicha 30 dan ortiq hisob-kitoblarni taqdim etishi, 1 yilda ana shuncha 
to‘lov topshiriqnomalarini to‘ldirishi kerak bo‘lar edi. Endilikda esa 
xo‘jaliklar 1 yilda 1 marta bir turdagi soliq summasini hisoblab 
chiqishadi. 
 
Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra 
qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab 
chiqaruvchi korxonalar hamda qishloq 
xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot 
tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassa-
salarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari yagona yer solig‘ining to‘lovchilari 
bo‘lib hisoblanishadi. 
Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik 
shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab 
chiqaruvchilar jumlasiga kiradi: 

yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi 
mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta 
ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq 
xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik 
shaxslar; 

qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati 
organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan yer 
uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; 

qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan 
mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta 
ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin