Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Soliq stavkasi va 
soliqdan imtiyozlar
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan 
bog‘liq bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer solig‘i 
to‘lovchi mazkur faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi 
va yagona soliq to‘lovini yoki Soliq kodeksining 58-bobiga muvofiq 
qat’iy belgilangan soliq to‘lanishi nazarda tutilgan faoliyat doirasida 
qat’iy belgilangan soliqni to‘lashi shart. 
Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar uchun boshqa daromadlarga soliq 
solinmaydi, dividendlar va foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan 
daromadlar bundan mustasno. 
Birgalikdagi faoliyatdan olinadigan daromadlarga yagona yer solig‘i 
to‘lovchida dividendlarga soliq solish uchun belgilangan stavkalar 
bo‘yicha soliq solinadi. 
Yer uchastkalari ijaraga (shu jumladan ichki xo‘jalik pudratiga) 
berilganida yagona yer solig‘ini to‘lash majburiyati ijaraga beruvchining 
zimmasida saqlanib qoladi. 
Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish uchun 
egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq 
solish obyektidir. 
Soliq solinadigan yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq 
belgilangan normativ qiymati soliq solinadigan bazadir. 
Soliq solinadigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, yer 
uchastkalarining joylashishi, tuproq boniteti va yer mulkining boshqa 
tavsiflari yer kadastri ma’lumotlari bo‘yicha qabul qilinadi. 
Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil 
mobaynida vujudga kelgan yer uchastkalari uchun soliq solinadigan 
baza yer uchastkalariga bo‘lgan huquq vujudga kelgan oydan keyingi 
oydan boshlab hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasi maydoni 
kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni 
kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi. 
Yuridik shaxslarda yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga bo‘lgan 
huquqlar vujudga kelganda soliq solinadigan baza bu huquq vujudga 
kelgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yagona yer solig‘i bo‘yicha 
imtiyozga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, soliq solinadigan baza bu 
huquq tugatilgan oydan keyingi oydan boshlab ko‘paytiriladi. 
Yagona yer solig‘i stavkasi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarori asosida yer 
maydonlarining normativ qiymatiga nisbatan 
foizda belgilanadi. Har bir xo‘jalik bo‘yicha 
qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymati O‘zbekiston Respublikasi 
yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi 
tomonidan belgilanadi. Belgilangan mezonlarga muvofiq yagona yer 


118
solig‘i to‘lovchilariga kiritiladigan baliqchilik xo‘jaliklari sug‘oriladigan 
yerlarning tuman bo‘yicha o‘rtacha normativ qiymatidan kelib chiqib, 
yagona yer solig‘ini to‘laydilar. 
Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer 
solig‘ining 2018 yil uchun uning stavkasi quyidagi miqdorlarda 
belgilangan:
3.2.4-jadval 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin