Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
104
O‘n oltinchi bob
 
QATL
Taqir Tepa uzra quyosh endi mag‘ribga og‘a boshlagan va uning gir aylanasi ikki qavatlama o‘rab 
olingan edi. 
Choshgohda prokuratorning yo‘lini kesib yelib o‘tgan otliq qo‘shin shaharning Xevra darvozasiga 
chiqdi. Uning uchun keta-ketguncha yo‘l ochiq edi. Kappadokiya piyodalari tirband bo‘lib ketgan 
yo‘lni ochib, odamlar, xachirlaru tuyalarni ikki tomonga siqib chiqargan, shu sababli qo‘shin otlarni 
bemalol choptirib, oppoq chang quyunini osmoni falakka o‘rlatgancha, Vifleem yo‘li bilan Yaffa yo‘li 
bir-birini kesib o‘tgan chorrahaga chiqqan edi. Keyin u shimoli-g‘arbiy yo‘ldan shamoldek yelib ketdi. 
Bundan sal oldin, yo‘lning ikki yoqasiga yoyilgan boyagi Kappadokiya piyodalari uni Yershalaimga 
bayramga kelayotgan karvonlardan tozalashga ulgurgan edilar. Ziyoratchilar yelkalariga ortmoqlagan 
safar chodirlarini maysa ustiga tashlashib, yo‘l yoqalab tizilishgan Kappadokiya piyodalari orqasida 
to‘p-to‘p bo‘lib turishardi. Otliq qo‘shin bir chaqirimcha yo‘l bosib, shiddatli legionning ikkinchi 
kohortasidan ham o‘zib ketdi va yana bir chaqirim yo‘l bosib, Taqir Tepa poyiga birinchi bo‘lib yetib 
bordi. Bu yerda qo‘shin otlardan tushdi. Komandir qo‘shinni vzvodlarga bo‘ldi, vzvodlar esa uncha 
baland bo‘lmagan bu tepaning faqat Yaffa yo‘liga to‘g‘ri bo‘lgan ozgina joyini ochiq qoldirib, qolgan 
hamma etagini gir aylantirib o‘rab oldi. 
Otliqlardan keyin sal vaqt o‘tishi bilan tepa etagiga ikkinchi kohorta ham yetib kelib, tepaga bir 
pog‘ona yuqori ko‘tarildi va u ham tepa atrofini gar-dishsimon o‘rab oddi. 
Nihoyat Mark Kalamushkush qo‘mondonligidagi kenturiya yetib keldi. U yo‘lning ikki chetini 
yoqalab turnaqator tizilib kelar, yo‘l o‘rtasida esa maxfiy soqchilar nazorati ostida aravada o‘limga 
mahkum bo‘lgan va bo‘yinlariga aramey va yunon tilida «Qaroqchi va isyonchi» deb yozilgan oq 
taxtachalar osilgan uchta mahbus borardi. Bu arava orqasidan yangi yo‘nilgan to‘sinli ustunlar, 
arqonlar, belkuraklar, chelaklaru boltalar ortilgan boshqa aravalar kelardi. 
Bu aravalarda yana olti nafar jallod ham bor edi. Aravalar orqasidan kenturion Mark, Yershalaim 
ibodatxonalari soqchilarining sardori hamda boya shoh qasridagi qorong‘i xonada Pilat bilan qisqa 
muddatli suhbat olib borgan qaytarma qalpoqli rido kiygan o‘sha odam ot minib borishardi. Bu 
marosim saf tortib kelayotgan lashkar bilan yakunlanib, uning orqasidan alomat tomoshani ko‘rish 
ishtiyoqida do‘zax o‘tidek jazirama kun taftidan ham tap tortmagan ikki mingga yaqin bekorchi 
kelardi. 
Shahardan ergashib chiqqan bu tomoshatalablar safiga endi yo‘lda uchragan sinchkov ziyoratchilar 
ham qo‘shilishib, hammalari izdihomga bemalol ergashib kelaverdilar. Mana shu uzundan-uzun 
olomon to Taqir Tepaga yetib borgunicha jarchilar boya choshgoxda Pilat shohsupada turib aytgan 
so‘zlarini chinqiroq ovoz bilan qayta-qayta takrorlab bordilar. 
Tepa etagini o‘rab olgan otliq qo‘shin hammani yuqoriga, ikkinchi qurshov tomonga o‘tkazib 
yubordi, ikkinchi kenturiya esa tepa boshiga faqat qatlga daxldor odamlarnigina o‘tkazib, butun 
olomonni jadallik bilan tepaning gir aylanasiga yoyib yubordi, natijada tomoshatalab olomon yuqorida 
— piyodalar zanjiri, pastda — otliqlar tizmasi oralig‘ida qoldi. Endi ular qatlni piyodalarning siyrak 
tizmasi orasidan kuzatishi mumkin edi. 
Alqissa, mash’um izdihomning tepa boshiga ko‘tarilganiga, mana, uch soatdan ko‘proq vaqt o‘tdi, 
garchi quyosh endi Taqir Tepa ustidan og‘a boshlagan bo‘lsa ham, hanuz uning harorati dosh berib 
bo‘lmaydigan darajada ediki, Tepani ikkita halqaga olgan suvoriylar ham, navkarlar ham issiqdan 
qattiq iztirob chekishar, daqqinafaslikdan xunob bo‘lishar va uch jinoyatchini ichlarida rosa bo‘ralab 
so‘kishib, ularning tezroq o‘lishini astoydil istardilar. 
Tepa etagida turgan kichkina jussali suvoriylar komandirining peshanasi jiqqa ho‘l, ogpyuq 
ko‘ylagi qora terga botgan bo‘lib, u birinchi vzvodning ko‘n chelagi oldiga dam-badam borar, undan 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin