www.ziyouz.com kutubxonasi
103
Keyin uzoq bir yerdan ikki marta qarsakbozlik eshitilipti.
— Ayollar teatridayam bitta oyimcha topshiryapti, — deb birdan tilga kiripti Nikonor
Ivanovichning mallasoch, paxmoq soqol qo‘shnisi va bir xo‘rsinib qo‘yib ilova qilipti: — Eh, agar
g‘ozlarim bo‘lmagan-da edi! Lianozovada, azizim, mening urishqoq g‘ozlarim bor. Mensiz qirilib
ketishmasaydi, deb qo‘rqaman. Jangari qush nozik bo‘ladi, parvarish talab qiladi... Eh, g‘ozlarim
bo‘lmaganda-yu!.. Pushkin bilan meni avrab bo‘psanlar, — shunday deb u yana xo‘rsinib qo‘yipti.
Shu mahal zal charog‘on bo‘lib yorishib ketipti-yu, Nikonor Ivanovichning tushida endi hamma
eshiklar-dan zalga oq qalpoq kiyib, cho‘mich ushlagan oshpazlar kirib kela boshlapti. Oshpaz
shogirdlari esa yog‘och bochkada suyuq osh bilan yassi qutida kesilgan qora non olib kirishipti.
Tomoshabinlarga jon kiripti. Quvnoq oshpazlar tomoshabinlarni oralab yurib, ularning tovoqlariga
suyuq osh suzishar, ion ulashisharmish.
— Ovqatlaninglar-u, yigitlar, — deb qichqirisharmish ular, — keyin valyutalaringaznn
topshiringlar! Nima qilasizlar bu yerda bekorga vaqtinglarni o‘tkazib? Nima, zormyasizlar shu shildir
sho‘rvaga? Undan ko‘ra, uyingizga borib, keragicha otib olib, miriqib gazak qilganlaring
yaxshimasmi!
— Mana, masalan, sen boboy, nima qilib yalpayib o‘tiribsan? — deb shaxsan Nikonor Ivanovichga
yuzlanipti bo‘yni xo‘rozning toji kabi qip-qizil, xo‘ppa-semiz oshpaz unga bittagina karam bargi suzib
yurgan bir tovoq yovg‘on sho‘rva uzatarkan.
— Yo‘q! Yo‘q! Io‘q menda valyuta! — jon-jahdi bilan baqiripti Nikonor Ivanovich. —
Tushunyapsan-chi, yo‘q!
— Yo‘q? — deb o‘kiripti oshpaz do‘rillagan ovoz bilan, so‘ng: — Yo‘q? — deb so‘rapti u zaifona
muloyim ovoz bilan, keyin: — Yo‘q, yo‘q, — deb tasalli bera boshlapti u feldsher ayol Praskovya
Fyodorovna qiyofasiga kirib.
Chunki uyqusida bosinqirayotgan Nikonor Ivanovichning yelkasiga shu ayol ohista turta boshlagan
edi. Shunda birdan oshpazlar gumdon, teatr va uning pardasi g‘oyib bo‘ldi. Nikonor Ivanovich yosh
to‘la ko‘zini ochib, shifoxonadagi o‘z xonasini, maslahat beraverib hammani bezor qilgan surbet
oshpazlarni emas, oq xalat kiygan ikki odamni, ya’ni doktor bilan qo‘lida tovoq emas, ustiga doka
yopilgan shpritsli tarelka ushlagan Praskovya Fyodorovnani ko‘rdi.
— Axir bu nima degan gap, — achchiq alam bilan derdi Nikonor Ivanovich unga ukol
qilishayotgan chog‘da, — yo‘q, axir u menda yo‘q! Pushkin bersin ularga valyutani. Yo‘q!
— Ha, yo‘q, yo‘q, — deb yupatardi uni saxovatli Praskovya Fyodorovna, — yo‘qni yo‘ndirib
bo‘larmidi.
Nikonor Ivanovich ukoldan keyin ancha yengil tortib, endi hech qanday tush ko‘rmay uxlab ketdi.
Lekin uning baqiriqlari oqibatida vujudga kelgan vahima 120-xonaga o‘tib, u yerda yotgan bemorni
uyg‘otib yubordi (bu bemor tura solib, o‘z boshini qidirishga tushdi) va 118-xonaga kirib, noma’lum
us-taning qalbini g‘ulg‘ulaga soldi. U hasrat to‘la ko‘zlarini oyga tikarkan, hayotidagi kuzning oxirgi
nadomatli oqshomini, podvaldagi xonasi eshigi ostidan tushib turgan shu’lani va mahbubasining
yelpingan soch tolalarini esladi.
Vahima 118-xonadan balkon osha Ivanning xonasiga uchib o‘tdi-yu, u uyg‘onib ketib, yig‘lab
yubordi.
Lekin vrach bezovta bo‘la boshlagan bu notavonlarni birpasda yupatdi va ular yana uxlab ketishdi.
Hammadan keyin, daryo uzra tong yorisha boshlaganda, Ivan ham mizg‘ib ketdi. Dori uning butun
vujudini xuddi dengiz to‘lqini ko‘mib yuborgandek qamrab olgach, u taskin topdi. Jismi yengillashdi,
boshi esa mudroqning iliq shabadasidan halovat topdi. U uyquga ketarkan, qulog‘iga chalingan eng
so‘nggi saslar — o‘rmondagi qushlarning tong oldi chug‘ur-chug‘uri bo‘ldi. Lekin hademay ularning
ovozi o‘chib, Ivan tush ko‘ra boshladi. Tushida Taqir Tepa uzra quyosh endi mag‘ribga og‘a boshlagan
va uning gir aylanasi ikki qavatlama o‘rab olingan edi.